Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesusning e’lon qilishicha, olimlar COVID-19 koronavirusiga qarshi ilk vaksina sinovlarini boshlab yubordi.
Qirg‘izistonda ilk bor koronavirusga chalinish holati qayd etildi. Umra safaridan qaytgan uch fuqaroda virus aniqlandi.
Nur-Sulton va Olmaota koronavirus sababli 19 martdan boshlab karantinga yopilmoqda. Fuqarolar va transport harakati cheklanadi, bozorlar va savdo markazlari yopiladi.
Qozog‘iston prezidenti mamlakatda favqulodda holat e’lon qilish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. 15 aprelga qadar bir qator choralar va vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi.
Germaniyadan kelgan ikki qozog‘istonlikda koronavirus aniqlandi, deya xabar qildi Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Yeljan Birtanov.
AQSH so‘nggi ikki haftada Yevropa ittifoqi davlatlariga tashrif buyurgan chet el fuqarolarining kirishini taqiqladi. Aktyor Tom Xenks o‘zi va turmush o‘rtog‘ining koronavirusga chalinganini ma’lum qildi.
COVID-19 tarqalishi pandemik xarakterga ega bo‘ldi, deya ma’lum qildi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adxan Gebreyesus.
AQSH mudofaa vaziri Mark Esper dunyo bo‘ylab koronavirus tarqalayotgani sababli bir qator davlatlar, jumladan, O‘zbekistonga tashrifini bekor qildi.
Koronavirus tarqalishi xavfi jahon oziq-ovqat narxlari indeksining pasayishiga olib keldi.
Neft narxi tushib ketgani ortidan moliya tizimi barqarorligi uchun xatarlar kuchaygani munosabati bilan Qozog‘iston Milliy banki qayta moliyalash stavkasini 9,25 foizdan 12 foizga qadar oshirdi.
XXI asr ayollar tengligi asri bo‘lishi kerak, dedi BMT bosh kotibi. U bugun ayollar hali ham bid’at va xurofotlardan aziyat chekayotganini ta’kidlab, kuchlar muvozanatini o‘zgartirishga chaqirdi.
Koronavirus bilan bog‘liq iqtisodiy xatarlar sababli AQSH 2008 yildan buyon ilk bor qayta moliyalash stavkasini favqulodda pasaytirdi.
Turkiya armiyasi Idlibda o‘z harbiylarining halok bo‘lishi ortidan Suriya qo‘shinlari pozitsiyalariga javob zarbalarini berdi. Turkiyada mojarolar manzarasida ijtimoiy tarmoqlarga va YouTube videoxostingiga kirish cheklangan.
Saudiya Arabistoni koronavirus tarqalishi tufayli ziyoratchilar uchun Makka va Madinaga kirishni to‘xtatdi.
Tokiodagi yozgi Olimpiya o‘yinlari koronavirus tufayli bekor qilinishi mumkin. Tashkiliy qo‘mita musobaqa davomida virus bo‘yicha xavfsizlikni kafolatlay olmasa, XOQ Olimpiadani bekor qiladi.
Misrning sobiq prezidenti, mamlakatni 30 yil boshqargan Husni Muborak 91 yoshida vafot etdi.
Ukrainaning Poltava viloyatida aholi Uxandan keltirilganlarni joylashtirishga qarshi norozilik bildirdi. Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri 14 kunlik karantin muddatini evakuatsiya qilinganlar bilan birgalikda o‘tkazishga qaror qildi.
Afg‘onistonda besh oy avval bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovi yakunlari e’lon qilindi. Amaldagi prezident Ashraf G‘ani g‘olib deb tan olindi.
910 kishi koronavirus qurboni bo‘ldi, ulardan ikkitasi Xitoydan tashqarida. JSST kasallik tarqalishi bir muncha sekinlashganini qayd etdi.
«Eng yaxshi aktyor» nominatsiyasida «Joker» filmidagi ijrosi uchun Xoakin Feniks «Oskar» mukofotiga sazovor bo‘ldi. 10 fevral kuni 2020 yilda mukofotga loyiq topilgan nominatsiya g‘oliblari e’lon qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting