Ukrainaning yangi saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiy qasamyod qabul qildi va lavozimiga kirishdi.
Tojikiston g‘arbidagi qattiq tartibli koloniyada sodir bo‘lgan g‘alayonda 29 mahbus va 3 qo‘riqchi vafot etdi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Saudiya Arabistonida neft stansiyalariga uchuvchisiz qurilmalar hujumidan tashvishda ekanini bildirdi.
AQSH Savdo vazirligi Xitoyning Huawei kompaniyasini qora ro‘yxatga kiritdi. Donald Tramp esa Amerika axborot-kommunikatsiya infratuzilmalarida favqulodda holat e’lon qildi.
Turkiya Rossiyaning «Rosatom» davlat korporatsiyasi qurayotgan «Akkuyu» AES poydevori betonida ikki marta yoriqlar aniqlandi.
WhatsApp messenjerida qo‘ng‘iroqlar vaqtida hatto qabul qilinmagan taqdirda ham smartfonga virus joylashtirish mumkin bo‘lgan kamchilik aniqlandi.
Xitoy AQSH mahsulotlariga 60 mlrd dollarlik boj joriy etdi. Avvalroq AQSH bojlarni 25 foizgacha oshirgan edi.
Qozon shahri meri Ilsur Metshin deputatlarga bir oy davomida maktab oshxonalarida ovqatlanishni topshirdi, ular kuniga 69 rubl evaziga ovqatlanishga to‘g‘ri keladi.
Moskvaning Sheremetevo aeroportida «Aeroflot» kompaniyasining favqulodda qo‘nishni amalga oshirayotgan Sukhoi Superjet samolyotida yong‘in kelib chiqdi. 10 kishining halok bo‘lgani xabar qilinmoqda.
Qozog‘istonning beshta shahrida bo‘lib o‘tgan ruxsatsiz namoyishlarda 80 kishi qo‘lga olindi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin barqaror Runet to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Hujjat 1 noyabrdan kuchga kiradi.
Indoneziya prezidenti Joko Vidodo aholi soni ortib ketgani va suv toshish ehtimoli sababli poytaxtni ko‘chirish rejalashtirilayotganini e’lon qildi.
Jahon iqtisodiyotida o‘sish sur’atlarining pastligi va OPEK tarkibiga kirmagan davlatlarda neft qazib olish hajmining oshirilishi neft narxining tushishiga olib kelishi mumkin.
«Islom davlati» Shri-Lankadagi seriyali portlashlar uchun javobgarlikni zimmasiga oldi, biroq oroldagi hujumlarga aloqadorligiga oid dalillarni taqdim etmadi.
Shri-Lankadagi sakkizta portlash natijasida vafot etganlar soni 290 kishiga yetdi, 500 kishi jarohatlandi. Hodisalarda aloqadorlikda gumonlanib 24 kishi qo‘lga olindi.
Shri-Lankada mehmonxonalar va katolik cherkovlaridagi portlashlarda eng kamida 137 kishi halok bo‘ldi, 300 dan ortiq kishi jarohatlandi.
Parijdagi Notr-Dam ibodatxonasida yong‘in sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in hozirda ta’mirlanayotgan cherkov cherdagida boshlangan.
Dunyodagi eng ulkan Stratolaunch samolyoti Kaliforniyada ilk parvozini amalga oshirdi. Koinotga raketalar tashishga mo‘ljallangan samolyot havoda 2,5 soat davomida parvoz qildi.
Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovi 9-iyunda bo‘lib o‘tadi.
AQSH moliya vazirining xalqaro ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Devid Malpass Jahon banki prezidenti etib tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting