26-fevral kuni Jizzax shahar hokimligida shahar hududida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan sel toshqin hodisalalarining oldini olishga bag‘ishlangan faollar yig‘ilishi bo‘ldi.
Joriy yilda Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi “Qo‘ytosh” suv inshooti hamda Zafarobod va Arnasoy tumanlaridagi ichimlik suvi tarmoqlarini rekonstruksiya qilish ishlari boshlanadi.
Poytaxt va tuman hokimiyatlari rahbariyatining vakillaridan biri oyda bir marta fuqarolar savollariga javob beradi.
2012-yilda “O‘zbektelekom” kompaniyasi mamlakat bo‘ylab “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha ishlaydigan 80 ta yangi sotuv ofislarini ochadi.
Joriy yilning birinchi choragida “Kapitalbank” tomonidan poytaxtda 500 ga yaqin o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish terminallari (infokiosklar) o‘rnatiladi.
FIFA Tartib-intizom qo‘mitasi O‘zbekiston milliy terma jamoasining besh nafar futbolchisi va O‘zbekiston futbol federatsiyasini jazoladi.
Namangan shahar hokimligida 2011-yilda shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2012-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonning 2012-yil Investitsiya dasturiga ko‘ra joriy yilda poytaxt aholisiga xizmat ko‘rsatish uchun yana 100 ta Mercedes-Benz avtobuslaridan xarid qilinadi.
O‘zbekiston futbol federatsiyasi 2012-yilda o‘zbek futbolining 100 yillik yubileyini nishonlash bo‘yicha tadbirlar rejasini tasdiqladi.
14-fevral kuni O‘zbekistonga BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiya (OTOIIK) ijrochi kotibi Noilin Xeyzer tashrif buyuradi.
Toshkent-Samarqand yo‘nalishidagi “Afrosiyob” tezyurar poyezdining 13-fevraldan kunlik qatnovni yo‘lga qo‘yildi.
Toshkentdagi anjumanda axborot muhitida shaxsiy axborotlar himoyasi va o‘sib kelayotgan avlodning internet madaniyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
O‘tgan yilda O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi tovar aylanmasi 354 mln AQSH dollarini tashkil etdi, bu 2010-yildagidan ikki barobar ko‘p.
Hukumat Chakana savdo qoidalariga kiritiladigan tarmoqli marketing ko‘rinishidagi savdo faoliyati ustidan nazoratni kuchaytiradigan o‘zgartirishlarni tasdiqladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi tashkil etildi.
10-fevral kuni Davlat konservatoriyasida “O‘zbekiston yakkaxonlari” Davlat kamerali musiqa ansambli konserti, 14-fevral kuni esa romans oqshomi bo‘lib o‘tadi.
Toshkent arxitektura va qurilish instituti qoshida O‘zbekiston-Germaniya arxitektura va qurilish markazi ochiladi.
Shu yil Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylarni qurish dasturiga ko‘ra 8510 ta uy quriladi, bu 2011-yildagidan 15 foizga ko‘p.
O‘tgan yili O‘zbekiston bojxona xizmati tomonidan 28,5 ming qonunbuzarliklar aniqlangan.
2011-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda internet tarmog‘idan foydalanuvchilar soni (mobil internet foydalanuvchilarini ham hisobga olganda) 8,8 millionga yetdi.
Қўшимча имкониятлардан фойдаланиш учун сайтда рўйхатдан ўтинг