Yevropa iqtisodiyoti kunlari davomida Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi yuk tashuvini rivojlantirishda O‘zbekistonning roli muhokama qilindi. Mutaxassislar Transkaspiy transport yo‘lagi rivojlanishi uchun zarur omillar, jumladan, infratuzilmani kengaytirish va logistika, bojxona jarayonini raqamlashtirishni ta’kidladi.
DXX va IIV xodimlari reyd o‘tkazib, Qashqadaryo, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahrida narkotik moddalar saqlagan va uning savdosi bilan shug‘ullanganlarni qo‘lga oldi. Hozirda gumondorlarga jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Asialuxe Travel turoperatori Double 11 Sale aksiyasi doirasida Dubay, Parij, Bali, Maldiv orollari, Turkiya va boshqa mamlakatlardagi mehmonxonalarga 50 foizlik chegirmalar taklif etmoqda.
Chakanda (oblepixa) choyi, sitrus choyi, anorli choy va boshqa issiqlik ulashuvchi ichimliklar — Zira.uz jamlanmasida.
Manfaatlar to‘qnashuvi deklaratsiyasi o‘z ichiga oladigan ma’lumotlar ro‘yxati, energoresurslar uchun imtiyozlarni davom ettirish rejasi, rekord darajada oltin saqlayotgan O‘zbekiston, Toshkent metropolitenida paydo bo‘ladigan jamoat hojatxonalari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Toshkentda qazish ishlarini olib borayotgan ekskavator gaz quvurini uzib yubordi. Oqibatda Yakkasaroy tumanidagi 3500 ta yerli xonadon, shuningdek, Miroboddagi bir qancha ko‘chalar iste’molchilari tabiiy gazdan vaqtincha uzildi.
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida Matiz noto‘g‘ri qayrilish ortidan qarshi yo‘nalishdagi Lada Vesta bilan to‘qnashdi. YTHda ikkinchi mashina ichidagi 80 yoshli fuqaro jarohat oldi va shifoxonaga yotqizildi.
Markaziy bank 7 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotini me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilmagani uchun jarimaga tortdi. Shuningdek, jami 8 ta bank, to‘lov tashkiloti va tizimlari chora va sanksiyalar qo‘llanishi to‘g‘risida ogohlantirildi.
Daryo o‘zanlaridan noruda materiallar qazib olishga moratoriyga qaramay, Chirchiq daryosidan qum-shag‘al qazib olinishi davom etmoqda. Bu safar tabiatga 233 mlrd so‘m zarar yetkazildi. Avvalroq BP bu ish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarning litsenziyalari bekor qilinmayotganini afsus bilan qayd etgandi.
Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan prezident sog‘liqni saqlash tizimidagi xizmatlari uchun ayrim soha mutaxassislarini orden va medallar bilan taqdirladi.
Yanvar-sentabr oylarida banklar aholidan sotganidan 4,8 mlrd dollar ko‘proq valyuta sotib oldi. Ijobiy farq o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,3 barobar oshdi. Shu bilan birga, O‘zbekistonda valyuta ayirboshlash hajmi kamaydi.
Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar bilan O‘zbekistonda 2025-yildan boshlab jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i stavkalarini oshirish taklif qilinmoqda. Shuningdek, yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘ini aniqlash uchun binolarning minimal soliq bazasini ko‘tarish ko‘zda tutilgan.
Shahrisabz tumanida tomog‘i shishganidan shikoyat qilib xususiy poliklinikaga borgan 28 yoshli ayol olgan muolajasidan so‘ng vafot etdi. Ma’lum bo‘lishicha, shifokor unga “Seftriakson” antibiotigi va “Deksametazon” preparati aralashmasidan in’eksiya yuborgan. Hozirda o‘lim holati bo‘yicha tergov ishlari ketmoqda.
Optimo menejerlar va kassirlar uchun qulay interfeysga ega bo‘lib, biznesni avtomatlashtirishga yordam beradi.
2025-yilda davlat budjetidan elektr energiyasi, tabiiy gaz narxlaridagi tafovutni qoplash va issiqlik korxonalariga subsidiyalar uchun 12,3 trln so‘m ajratilishi rejalashtirilmoqda. Hukumat tariflar oshgani va 2025-yilda yana oshishiga qaramay, gaz hamda elektr energiyasi narxlarini subsidiyalashda davom etmoqchi.
AQSh prezidenti Jo Bayden prezidentlik saylovlaridan keyin xalqqa murojaatida hokimiyat Donald Trampga “tinch va tartibli” o‘tishini ta’minlashini aytdi. “Biz mamlakat tanlovini qabul qilamiz”, — dedi u.
O‘tgan sutkada Rossiyaning Ukrainaga hujumlari oqibatida 65 dan ortiq kishi jarohatlandi. Xarkovda turar joy binosining uch qavati vayron bo‘ldi. Zaporoje shahrida ham ko‘p qavatli uyga zarar yetkazildi, 9 kishi, jumladan, bir yoshli bola halok bo‘ldi, shaharda motam e’lon qilindi.
Taxtaqoracha dovonida tog‘dan ulkan tosh avtomobilga qulashi oqibatida uch kishi, jumladan, ikki nafar Vengriya fuqarosi halok bo‘ldi. O‘zbekistonning Budapeshtdagi elchixonasi chuqur ta’ziya izhor etib, marhumlarning jasadlarini vataniga qaytarishda ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.
Shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo muntazam norentabel avtobus yo‘nalishlarida yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning Ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
To‘qqizta kinopremyera, an’anaviy art-bozor, ijodiy mahorat darslari, teatr tomoshalari, konsertlar, bolalar uchun ko‘ngilochar shoulari, do‘konlardagi chegirmalar, ko’rgazmalar va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting