Arxiv

Oktabr oyida harorat ekstremal qiymatlardan uzoq bo‘ldi — O‘zgidromet
6 noyabr 2024, 15:59

Oktabr oyida harorat ekstremal qiymatlardan uzoq bo‘ldi — O‘zgidromet

O‘zgidromet hisobotiga ko‘ra, bu yilgi oktabr harorat bo‘yicha o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin, ekstremal qiymatlardan uzoq bo‘ldi. Yomg‘ir odatdagidan tez-tez yoqqani tufayli oy juda yomg‘irli o‘tdi. Oktabrning ikkinchi yarmidan O‘zbekistonga haqiqiy kuz kirib keldi, deya bildirmoqda sinoptiklar.

Noventiq bosh direktori kompaniyaning 20 yillik tajribasi va Noventiq brendi ostidagi yangi davri haqida so‘zladi
6 noyabr 2024, 15:00

Noventiq bosh direktori kompaniyaning 20 yillik tajribasi va Noventiq brendi ostidagi yangi davri haqida so‘zladi

Noventiq Uzbekistan bosh direktori Oleg Mishagin kompaniyaning bozordagi 20 yillik tajribasi, Softline brendining Noventiq’ga o‘zgarishi va kompaniya O‘zbekistonda biznesga qanday yordam berayotgani haqida so‘zlab berdi.

Asaka tumani Ekologiya bo‘limi xodimi 20 ming dollar olishda gumonlanmoqda
6 noyabr 2024, 14:56

Asaka tumani Ekologiya bo‘limi xodimi 20 ming dollar olishda gumonlanmoqda

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari Qoraqalpog‘iston, Xorazm va Andijonda korrupsiyaviy jinoyatlarda gumonlangan qator mansabdorlarni qo‘lga oldi. Bir holatda Asaka tumani Ekologiya bo‘limi bosh inspektori fuqarodan 20 ming dollar olayotganida ushlandi.

“Yagona yechim — 1967-yildagi chegaralar asosida mustaqil Falastin davlatini tuzish”. Shavkat Mirziyoyev — Yaqin Sharqdagi vaziyat haqida
6 noyabr 2024, 14:44

“Yagona yechim — 1967-yildagi chegaralar asosida mustaqil Falastin davlatini tuzish”. Shavkat Mirziyoyev — Yaqin Sharqdagi vaziyat haqida

Shavkat Mirziyoyev TDT sammitida Yaqin Sharqdagi vaziyat haqida gapirdi. “Yagona yechim — 1967-yildagi chegaralar asosida mustaqil Falastin davlatini tuzishdir”, — dedi u. Shuningdek, BMTning Falastin qochoqlariga yordam berish bo‘yicha maxsus agentligi faoliyatini cheklashga qaratilgan harakatlarni keskin qoraladi.

Sud Sardor Kariyevning oilasi yashayotgan uy xatlanishini yoqladi
6 noyabr 2024, 13:58

Sud Sardor Kariyevning oilasi yashayotgan uy xatlanishini yoqladi

Toshkent tumanlararo ma’muriy sudi “Dok-1 Maks” ishida aybdor deb topilgan Sardor Kariyevning uch nafar farzandi va ayoli yashab turgan uyni xatlash masalasini qo‘llab-quvvatladi.

Donald Tramp o‘zini AQShning yangi prezidenti deb e’lon qildi
6 noyabr 2024, 13:08

Donald Tramp o‘zini AQShning yangi prezidenti deb e’lon qildi

AQSh prezidentligiga respublikachilardan nomzod Donald Tramp Floridada yig‘ilganlarga minnatdorlik bildirib, o‘zini AQShning 47-prezidenti deb atadi. “Bu Amerika xalqining hayratlanarli g‘alabasi bo‘lib, bizga uni yana buyuk qilish imkonini beradi”, — dedi u. Ovozlarni sanash hali tugagani yo‘q.

Toshkentda 2 noma’lum shaxs avtobusda salonni ayol va erkaklar uchun ajratish haqida poster yopishtirdi (video)
6 noyabr 2024, 13:08 1

Toshkentda 2 noma’lum shaxs avtobusda salonni ayol va erkaklar uchun ajratish haqida poster yopishtirdi (video)

Toshkentdagi avtobusda “ayollar — oldinda, erkaklar — orqada” yozuvli poster paydo bo‘ldi. “Toshshahartransxizmat” uni 2 yigit yopishtirib, holatni videoga ham olgani aks etgan kamera yozuvlarini e’lon qildi. Bu kabi poster avvalroq Samarqandda avtobusda ham uchragandi.

AQShda respublikachilar Senat ustidan nazoratni qo‘lga kiritdi
6 noyabr 2024, 12:29

AQShda respublikachilar Senat ustidan nazoratni qo‘lga kiritdi

G‘arbiy Virjiniya va Ogayo shtatlaridagi g‘alabalar tufayli respublikachilar Senatda ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu ikki g‘alaba respublikachilarga 100 o‘rinli Senatda kamida 51 o‘rinni egallash imkonini beradi.

Raqobat qo‘mitasi monopoliyaga qarshi organ roziligisiz davlat ishtirokidagi korxona tashkil etilgan 4 ta holatni aniqladi
6 noyabr 2024, 12:03

Raqobat qo‘mitasi monopoliyaga qarshi organ roziligisiz davlat ishtirokidagi korxona tashkil etilgan 4 ta holatni aniqladi

Raqobat qo‘mitasi Andijon viloyatining Oltinko‘l tuman hokimligi, Toshkent viloyatining ayrim sanoat zonasini boshqarish direksiyasi va Kinematografiyani rivojlantirish markazini davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishda monopoliyadan oldindan rozilik olmaganini aniqladi. Ularga tegishli ko‘rsatma berildi.

Isroilda mudofaa vaziri ishdan bo‘shatildi. Bunga qarshi namoyishlar bo‘lmoqda
6 noyabr 2024, 11:56

Isroilda mudofaa vaziri ishdan bo‘shatildi. Bunga qarshi namoyishlar bo‘lmoqda

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu mudofaa vaziri Yoav Galantni ishdan bo‘shatdi. Netanyahu buni urush davrida vazir va uning orasida ishonch yo‘qolgani bilan izohladi. Mamlakatda jarayonga qarshi namoyishlar boshlandi, unda, jumladan, Netanyahuning iste’foga chiqishi so‘ralmoqda.

Toshkent viloyatida layk uchun otasini urmoqchi bo‘lgan yigit 15 sutkaga qamaldi
6 noyabr 2024, 11:37

Toshkent viloyatida layk uchun otasini urmoqchi bo‘lgan yigit 15 sutkaga qamaldi

Chirchiq shahrida 100 mingta layk uchun otasini urishga tayyorligini aytib video olgan yigit 15 sutkaga qamaldi.

Endi faqat shu sohada oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar psixologik yordam ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi
6 noyabr 2024, 10:35

Endi faqat shu sohada oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar psixologik yordam ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonda endi faqat psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslargina psixologik yordam ko‘rsatishi mumkin. Psixologik yordamni bunday huquqqa ega bo‘lmagan shaxs tomonidan ko‘rsatish ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Emirates Dubai 7s sport-ko‘ngilochar festivali sport va musiqa ixlosmandlarini birlashtiradi
6 noyabr 2024, 09:00

Emirates Dubai 7s sport-ko‘ngilochar festivali sport va musiqa ixlosmandlarini birlashtiradi

Dubaydagi The Sevens Stadium stadionida 29-noyabrdan 1-dekabrgacha Emirates Dubai 7s festivali bo‘lib o‘tadi. Festival regbi, netbol va kriket bo‘yicha sport musobaqalarini yorqin musiqiy shoular bilan birlashtiradi.

Toshkentda Matiz “peshexod”dan o‘tayotgan 83 yoshli fuqaroni urib ketdi
6 noyabr 2024, 00:27

Toshkentda Matiz “peshexod"dan o‘tayotgan 83 yoshli fuqaroni urib ketdi

Toshkent shahri Yunusobod tumanida Matiz tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tayotgan 83 yoshli fuqaroni urib yubordi. YTH oqibatida piyoda shifoxonaga yotqizildi.

Toshkentda KHAYning Maxtumquli ko‘chasi bilan kesishmasi bir oyga yopiladi
6 noyabr 2024, 00:13

Toshkentda KHAYning Maxtumquli ko‘chasi bilan kesishmasi bir oyga yopiladi

Yashnobod tumanida yo‘l qurilish ishlari sababli KHAYning Maxtumquli ko‘chasi bilan kesishmasidagi yondosh qismi 5-dekabrgacha yopiladi.

Toshkent — Nyu-York reysi ikkinchi marta favqulodda to‘xtadi — bu safar erta to‘lg‘oq tufayli
5 noyabr 2024, 22:44

Toshkent — Nyu-York reysi ikkinchi marta favqulodda to‘xtadi — bu safar erta to‘lg‘oq tufayli

Uzbekistan Airways’ning HY101 “Toshkent — Nyu-York” reysi ikkinchi marta manzilga yeta olmadi. Ertalab samolyot yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Toshkentga qaytgandi. Keyinroq u yo‘lovchidagi erta to‘lg‘oq tufayli Kanadaga qo‘ndi.

5-noyabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
5 noyabr 2024, 22:02

5-noyabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

AQShda boshlanayotgan prezidentlik saylovlari, 1 mln dollar pora bilan ushlangan Chirchiq “zamhokimi”, TDT sammiti uchun Bishkekka borgan Mirziyoyev, chiqindidan elektr ishlab chiqarish uchun quriladigan 8 ta zavod va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

O‘zbekistonda “kelishilgan o‘yinlar” uchun jinoiy javobgarlik joriy etildi
5 noyabr 2024, 21:53

O‘zbekistonda “kelishilgan o‘yinlar” uchun jinoiy javobgarlik joriy etildi

Sport musobaqasi qatnashchi va tashkilotchilarining pora olishi, ularni moddiyat evaziga og‘dirib olish uchun jinoiy javobgarlik belgilandi. Bu katta miqdordagi jarima, 3 yilgacha ayrim huquqlardan mahrum qilish, 3 yilgacha (og‘irlashtiruvchi holatlarda — 8 yil) ozodlikdan cheklash yo mahrum qilish bilan jazolanadi.

Yaponiya dunyodagi birinchi yog‘och sun’iy yo‘ldoshni koinotga uchirdi
5 noyabr 2024, 21:37

Yaponiya dunyodagi birinchi yog‘och sun’iy yo‘ldoshni koinotga uchirdi

Yaponiyada yaratilgan dunyodagi birinchi yog‘och sun’iy yo‘ldosh — LignoSat koinotga uchirildi. U Yerdan taxminan 400 km balandlikda orbitaga chiqariladi. “O‘zimiz ishlab chiqara oladigan yog‘ochlar yordamida uylar qurish, kosmosda abadiy yashash va ishlash qobiliyatiga ega bo‘lamiz”, — deydi uning yaratuvchilari.

Chernogoriyadagi boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi JCHda O‘zbekiston 13 medalni qo‘lga kiritdi (+foto)
5 noyabr 2024, 21:16

Chernogoriyadagi boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi JCHda O‘zbekiston 13 medalni qo‘lga kiritdi (+foto)

Chernogoriyada boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati yakunlandi, unda O‘zbekiston terma jamoasi 13 medalni qo‘lga kiritdi. Erkaklar jamoasi umumjamoa hisobida 9 ta sovrin bilan birinchi o‘rinni egalladi, qizlar 4 ta medal oldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting