Prezident topshirig‘iga asosan ilk marotaba O‘zbekiston Milliy atlasi yaratildi. Unda mamlakatning tabiiy-geografik o‘rni, resurslari, atrof-muhit muhofazasi, aholisi, iqtisodiyoti va tarixi aks ettirilgan.
Senatning 21 yalpi majlisi 18 noyabr kuni chaqiriladi va unda asosiy e’tibor «Favqulodda holat to‘g‘risida»gi va «Gidrometeorologiya faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlarga qaratiladi. Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartishlar kiritish kutilmoqda. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy markazini axboroti va hukumatga yuborilgan so‘rov ham muhokama qilinadi.
JSST va Butunjahon qandli diabet jamg‘armasi O‘zbekiston va Qirg‘izistonda yuqumli bo‘lmagan kasalliklar, jumladan qandli diabetning oldini olish va nazorat qilish xizmatlaridan foydalanishni yaxshilash bo‘yicha loyihani amalga oshirmoqda. O‘zbekistonda 245 mingdan ortiq qandli diabet bilan kasallangan bemor bor.
NASA olgan quyuq changli tuman ostidagi Toshkent surati earth.com saytida kun fotosi sifatida e’lon qilindi. Iqlimshunos olim Tomas Gill Toshkentda qayd etilgan chang konsentratsiyasini «misli ko‘rilmagan» deb baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu shahar hududi atmosferasida qayd etilgan eng yirik PM10 qiymatlaridan biri bo‘lishi mumkin.
2022 yil uchun davlat budjeti loyihasiga ko‘ra, ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqalar miqdorlarini va ayrim xizmat turlari bo‘yicha tariflarni oshirish bilan bog‘liq xarajatlarga 11,7 trln so‘m yo‘naltiriladi.
Toshkentda Chilonzor metro liniyasini “Buyuk Ipak yo‘li” bekatidan TTZ massivigacha uzaytirish rejalashtirilgan. Yer osti liniyasini yotqizishning ikkita varianti — Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi yoki Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi orqali olib o‘tish ustida ishlanmoqda.
Baxtiyor Islomov prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. 2018 yilning avgust oyidan buyon ushbu lavozimni Rustam Inoyatov egallab kelayotgan edi.
Liviya hukumati Kaddafiyning o‘g‘li topshirgan prezidentlik saylovlarida qatnashish to‘g‘risidagi arizani rad etgani, Liverpul shahrida terakt sodir etilgani, AQSh Ukrainaga 80 tonna o‘q-dorilar yuborgani, Norvegiyada delta shtammining yangi varianti aniqlangani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov korrupsiyani keskin kamaytirishda biryoqlama yondashuv, jumladan, faqat o‘lim jazosini joriy qilish yoki faqat diniy ta’limni kuchaytirish bilan ish bitmasligini ta’kidladi. Vazirning fikricha, muammoni hal etish uchun kompleks yondashish, «agressiv kadr siyosatini yuritish kerak».
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Gruziya terma jamoasiga kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi.
O‘zbekiston Mozori Sharif aeroportini rekonstruksiya qilishni boshlashi, Andijonda 6 kishi zo‘rlaganini aytgan ayol tuhmat uchun javobgarlikka tortilishi, Behzod Musayev tunda Toshkent shifoxonalaridagi vaziyatni o‘rganishi — “Gazeta.uz"ning 15 noyabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
«Samarqand» xalqaro aeroporti faoliyatining to‘xtatilishi 15 dekabrga qadar uzaytirildi.
Qonunchilik palatasiga kiritilgan Davlat budjeti loyihasiga muvofiq, 2022 yildan e’tiboran avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yig‘im bekor qilinadi. Deputat Doniyor G‘aniyevning yozishicha, avtomobil oldi-sotdi shartnomasini notarial rasmiylashtirish uchun undiriladigan davlat boji ham yagona miqdorda — BHMning 3 baravari etib belgilanishi kutilmoqda.
Antikorrupsiya agentligi Mehnat kodeksiga davlat organlariga o‘zaro yaqin qarindosh yoki quda-anda bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilishni taqiqlovchi o‘zgartishlar kiritishni taklif qildi. Qarindoshligi haqida xabar bermagan xodimlarga 5,4 mln so‘mgacha, xodimlarning qarindoshligini bila turib chora ko‘rmagan mansabdorlarga esa 8,1 mln so‘mgacha jarima qo‘llanilishi mumkin.
Shavkat Mirziyoyev kelgusi yildan mahallalar ehtiyojlarini inobatga olgan holda investitsiya dasturlari ishlab chiqilishini, bunga esa hokim yordamchilari mas’ul bo‘lishini ma’lum qildi. «Bundan buyon investitsiya dasturlarini hokimlarning o‘zi mahallabay tamoyili asosida ishlab chiqadi. Ya’ni, dastur vazirlikda emas, balki mahalladan boshlab shakllanadi», — dedi davlat rahbari.
Uchinchi chorak yakuniga ko‘ra, deyarli barcha banklarning moliyaviy ko‘rsatkichlari ijobiy darajada saqlanib qoldi. Spot`ning yozishicha, eng daromadli banklar uchligiga faqat davlat ishtiroki yuqori bo‘lgan — O‘zsanoatqurilishbank, O‘zmilliybank va Ipoteka bank kirgan. 4 ta tirojat banki esa zarar ko‘rishda davom etmoqda.
Andijon tumanida 6 nafar erkak tomonidan dala shiyponida zo‘rlanganini aytgan 20 yoshli kelin tuhmat qilganlikda aybdor deb topildi. Sud unga 2 yil-u 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi. Noyabrdagi jinoyat ishi appelyatsiyada ham ko‘rib chiqilgan va hukm o‘zgarishsiz qoldirilgan.
Jizzax viloyatida prezident maktabi ochildi. Maktabga 10 000 nafar nomzod orasidan 144 nafar o‘quvchi qabul qilindi. Ushbu maktab 70,7 mlrd so‘m evaziga davlat budjeti hisobidan qurilgan.
O‘zbekistonlik qizlardan tashkil topgan IT Queens jamoasi AI Journey 2021 konferensiyasida qatnashib, dipfeyk materiallarni aniqlay oladigan ishlanmani taqdim etdi. Tadbir ishtirokchilari orasida bo‘lgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin loyiha muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etdi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 15,82 so‘mga pasayib, 10 721,24 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting