O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, 4 may kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmayapti.
2 may kuni O‘zbekistonda faqatgina 1 kishida koronavirus aniqlandi. Oldingi kunlari koronavirusning yangi holatlari 20 tacha atrofida edi.
Tug‘ruqxonalar oldida, istirohat bog‘larida va to‘y-bazmlarda Mikki Maus, Burunduq hamda boshqa mashhur multfilmlar qahramonlari kostyumlarini kiyib olgan odamlarni uchratish mumkin. Animatorlar niqoblari ortida kim yashirinadi, bu ish uchun qancha haq to‘lashadi va bunday kiyimning ichida bo‘lish qanchalik issiq — “Gazeta.uz” fotomuxbiri Madina A’zam ushbu savollarga javob izladi.
Aprel oyida tovarlar va xizmatlar narxlari 1,47%ga qimmatlashdi. Yillik inflyatsiya biroz pasayib, 10,4%ga tushdi. Oziq-ovqat narxlari oldingi yillarga nisbatan sekinroq, sanoat tovarlari esa tezroq o‘sgan.
Samarqandda «Mikrokreditbank» filiali rahbari tadbirkorga kredit ajratib berish evaziga 10 ming dollar pora talab qilib, aytilgan summaning 6 mingini olayotganda qo‘lga tushdi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
2 may kuni ertalab O‘zbekistonda Ramazon hayiti namozi o‘qildi. «Gazeta.uz» Andijon, Buxoro, Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari masjidlaridan fotoreportaj tayyorladi.
DXX Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi xalqaro o‘tkazish punktida Tojikistondan kirib kelgan yuk poyezdi vagonining g‘ildiraklari orasida 1 kilogramm 949 grammlik «opiy» giyohvandlik vositasi borligini aniqladi. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi.
2020 yil 1 may sanasi sardobaliklar xotirasida o‘chmas iz qoldirdi. Davlat tomonidan ularga ko‘plab yordam berilgan bo‘lsa-da, hozirgacha nohaqliklar qilingani haqida so‘zlovchilar topiladi. 51 yoshli Jumagul Keldiyarova «Gazeta.uz»ga so‘zlab bergan hikoyasida suv ombori yorilganidan keyin hayotida bo‘lgan o‘zgarishlar, do‘konsiz qolgani, Vazirlar Mahkamasiga shikoyat qilib boravergani uchun tuhmat bilan 5 sutkaga qamatilgani, mahalliy aholi ishsiz ekanligi, lekin shunga qaramasdan shukur qilib yashab kelishayotgani haqida so‘zladi.
Prezident o‘zining bayram tabrigida Ramazon hayiti dunyo ahlini o‘zaro do‘st va birodar bo‘lib, totuvlik va hamkorlikda yashashga da’vat etishini ta’kidladi. «Yurtimizda barqarorlikni ta’minlash, o‘zaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlash, qadimiy va o‘lmas qadriyatlarga tayangan holda taraqqiyot sari jadal odimlash — davr talabidir», — dedi u.
O‘zbekiston o‘tgan yil avgustida mamlakatga uchib kelgan harbiy samolyot va vertolyotlarni Afg‘onistonga qaytarishni rejalashtirmayapti, chunki ular AQSh mulki hisoblanadi va bu masala rasmiy Vashington tomonidan hal qilinishi kerak. Bu haqda «Amerika Ovozi»ga bergan intervyusida O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev ma’lum qildi.
1 may kuni Chirchiq shahri o‘zining tug‘ilgan kunini nishonlaydi. Bu yil shahar 87 yoshga to‘ladi. Ushbu sana munosabati bilan Toshkent shahar hokimligi Raqamli rivojlanish departamenti Chirchiqdagi binolar yoshi aks ettirilgan interaktiv xaritani tuzdi. Kartograf Jonibek Qutlimratov xaritaning tuzilishi jarayoni va Toshkent viloyatidagi eng muhim shaharlardan biriga asos solinishi tarixi haqida so‘zlab beradi.
Kuchga kirgan yangi tahrirdagi Yo‘l harakati qoidalari, old o‘rindiqdagi yo‘lovchi ham xavfsizlik kamarini taqishi shartligi, pensiya va nafaqalar miqdori 12 foizga oshirilishi, aviaspottingga ruxsat berilishi, yagona tergov axborot tizimi ishga tushirilishi, migrantlar va ularning oila a’zolariga moddiy yordam ko‘rsatilishi — 1 maydan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?
2020 yil 1 may kuni Kamola Abrorxonovaning ilmiy ishi qo‘lyozmalari Sardoba suv ombori yorilishi oqibatida suvda zararlangandi. 15 may kuni mirzaobodliklar bilan muloqotda prezident Shavkat Mirziyoyev Kamolaga istisno tariqasida falsafa doktori diplomi berilishini ma’lum qilgandi. Kamola «Gazeta.uz»ga suv ombori yorilishi uning hayotini qay darajada o‘zgartirib yuborgani, hozirda kafedra mudiri sifatida 35 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilarga rahbarlik qilayotgani, dotsent bo‘lgani va 2 yil davomida boshidan o‘tkazganlarini so‘zlab berdi.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi «Sputnik Afganistan» agentligining O‘zbekistonning uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatlari Afg‘oniston havo makonini buzib o‘tgani haqidagi xabarini rad etdi.
Musulmonlar idorasi Ramazon hayiti namozi vaqtlarini e’lon qildi. Hayit namozi Toshkent shahrida soat 05:40 da, boshqa hududlarda namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib o‘qiladi.
2020 yil 1 may kuni soat 05:55. «Sardoba» suv ombori yorilib, aholi zudlik bilan evakuatsiya qilina boshlandi. Texnogen ofat oqibatida 6 kishi vafot etdi, 70 mingga yaqin fuqaro yashash joyini tark etdi, minglab uylar vayronaga aylandi. Bunga sababchi deb ko‘rilgan 17 kishi qamaldi. «Gazeta.uz» fojia va undan keyingi voqelar xronologiyasini bir materialga jamladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi Ramazon hayitining birinchi kuni 2 may — dushanba kuniga to‘g‘ri kelishi to‘g‘risida qaror qabul qildi. 3 va 4 may esa qo‘shimcha dam olish kunlari sifatida belgilandi.
Avtopoyga va drift ishqibozlari uchun Toshkent shahrida poligon ajratilishi mumkin. Bu boradagi taklifni poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bildirdi va ularga havaskor darajasida qarash kerakligini aytdi. Hozir ushbu qoidabuzarlik uchun 5−15 sutkaga qamash jazosi qo‘llaniladi. Hokimning fikricha, «hamma narsaga taqiq qo‘yish shart emas».
Afg‘onistonda tinch aholiga qarshi qator terrorchilik hujumlari davom etmoqda. 29 aprel kuni Kobuldagi so‘fiy masjidida sodir bo‘lgan portlashda turli hisob-kitoblarga ko‘ra 10 dan 50 nafargacha odam halok bo‘lgan.
Prezident qarori bilan «Ishga marhamat» monomarkazlarida o‘qitilayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarga nafaqa bilan birga 540 ming so‘m miqdorida har oy stipendiya to‘lab beriladi. Shuningdek, yetim bolalar ikkilamchi bozordan davlat olib bergan uy-joyni rasmiylashtirishda notarius va kadastr xizmatlari uchun boj to‘lamaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting