Arxiv

O‘zbekiston Markaziy Osiyo va Xitoy hududlari rahbarlari forumini o‘tkazishni taklif qildi
20 aprel 2023, 17:08

O‘zbekiston Markaziy Osiyo va Xitoy hududlari rahbarlari forumini o‘tkazishni taklif qildi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov “Markaziy Osiyo — Xitoy” tashqi iqtisodiy va tashqi savdo faoliyatiga mas’ul vazirlarning birinchi yig‘ilishida 2023-yilning ikkinchi yarmida O‘zbekistonda Markaziy Osiyo va Xitoy hududlari rahbarlari forumini o‘tkazishni taklif qildi.

“Turonbank” yangilangan MyTuron mobil ilova va rasmiy daromadsiz avtokreditlarni taqdim etdi
20 aprel 2023, 17:00

“Turonbank” yangilangan MyTuron mobil ilova va rasmiy daromadsiz avtokreditlarni taqdim etdi

Endi “Turonbank” orqali faqat pasport evaziga birlamchi va ikkilamchi bozordan istalgan avto, shuningdek elektromobillar uchun ham kredit rasmiylashtirish mumkin. Kreditlarni olish qobiliyatini aniqlash uchun esa bankka kelish shart emas, MyTuron mobil ilovasi orqali onlayn aniqlasangiz bo‘ladi.

Toshkentda erkak 17 yoshli qizga hujum qildi
20 aprel 2023, 16:35

Toshkentda erkak 17 yoshli qizga hujum qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir erkak ko‘chada ketayotgan o‘quvchi qizga hujum qilgani aks etgan video tarqaldi. Qayd etilishicha, hodisa Toshkent shahrining Mirobod tumanida sodir bo‘lgan. Erkakning shaxsi aniqlanmoqda.

“Sog‘lom fuqarolik jamiyati davlat boshqaruvi tizimi yaxshi ishlashi uchun zarur” — YeI maxsus vakili
20 aprel 2023, 16:28

“Sog‘lom fuqarolik jamiyati davlat boshqaruvi tizimi yaxshi ishlashi uchun zarur” — YeI maxsus vakili

YeIning inson huquqlari bo‘yicha maxsus vakili Eymon Gilmor O‘zbekistonga ilk bor tashrif buyurib, adliya, ichki ishlar vazirlari va bosh prokuror, shuningdek, mamlakat prezidenti bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda. “Gazeta.uz” undan tashrif maqsadi va O‘zbekistondagi inson huquqlari ahvolini qanday baholashini so‘radi.

Oliy sud: 208 nafar qatag‘on qurbonlari nomi oqlandi (ro‘yxat)
20 aprel 2023, 15:52

Oliy sud: 208 nafar qatag‘on qurbonlari nomi oqlandi (ro‘yxat)

Oliy sud 3 ta jinoyat ishi bo‘yicha surgun qilingan va otilgan 208 nafar qatag‘on qurbonining nomini oqladi. Ularning aksariyati Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida yashagan. 2021−2023-yillar davomida sovet davrida qatag‘on qilingan jami 408 nafar o‘zbekistonlik oqlandi.

Hayit namozi munosabati bilan Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport harakati cheklanadi
20 aprel 2023, 15:31

Hayit namozi munosabati bilan Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport harakati cheklanadi

21-aprel kuni Toshkent shahridagi 116 ta masjidda hayit namozi o‘qilishi kutilmoqda. Shu kuni soat 00:00 dan 07:30 gacha poytaxtning ayrim ko‘chalarida avtotransport vositalari harakati to‘xtatiladi (ro‘yxat).

Nukus voqealari bo‘yicha sudlanganlarning apellyatsiyalari Toshkentda ko‘rib chiqiladi
20 aprel 2023, 15:10

Nukus voqealari bo‘yicha sudlanganlarning apellyatsiyalari Toshkentda ko‘rib chiqiladi

Toshkentda Nukus voqealari bo‘yicha birinchi sud jarayonida qatnashgan 22 nafar mahkumdan 16 nafarining apellatsiya ishi ko‘rib chiqiladi.

Toshkentda daraxtlarni betonlardan tozalash ekoaksiyasi boshlandi
20 aprel 2023, 14:51

Toshkentda daraxtlarni betonlardan tozalash ekoaksiyasi boshlandi

Poytaxtda “Daraxtlarni asraylik” shiori ostida ekoaksiyaga start berildi. Unda daraxtlar beton, asfalt va sun’iy qoplamalardan tozalanadi. Aksiya dastlab Olmazor tumanida, so‘ng bir oy ichida boshqa barcha hududlarda o‘tkaziladi. Keyinchalik uni butun O‘zbekiston bo‘ylab o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Bayram kunlari havo iliq va quruq bo‘ladi
20 aprel 2023, 13:20

Bayram kunlari havo iliq va quruq bo‘ladi

O‘zbekistonda 20−24-aprel kunlari havo harorati iliq bo‘ladi. Mamlakat bo‘ylab quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Barcha viloyatlarda haroratning ko‘tarilishi davom etadi.

O‘zbekistondagi banklar ustav kapitalining eng kam miqdori bosqichma-bosqich oshiriladi
20 aprel 2023, 12:35

O‘zbekistondagi banklar ustav kapitalining eng kam miqdori bosqichma-bosqich oshiriladi

Banklar ustav kapitalining eng kam miqdori bosqichma-bosqich oshiriladi. 2025-yil 1-yanvardan u 500 milliard so‘mni tashkil etadi.

Ramazon hayiti kunlari tibbiyot muassasalari uzluksiz ishlaydi — SSV
20 aprel 2023, 12:09

Ramazon hayiti kunlari tibbiyot muassasalari uzluksiz ishlaydi — SSV

O‘zbekistondagi tibbiyot muassasalari 21−24-aprel kunlari ham uzluksiz ishlaydi. Mamlakat bo‘yicha 2755 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan bo‘ladigan chaqiriqlar asosida kunu tun xizmat ko‘rsatadi.

“Azamat, Dubay otmen”, “Kuyovingiz bilan muhim ishimiz bor” va boshqalar — Toshkentda referendum targ‘iboti. Foto
20 aprel 2023, 12:01

“Azamat, Dubay otmen”, “Kuyovingiz bilan muhim ishimiz bor” va boshqalar — Toshkentda referendum targ‘iboti. Foto

Yangi Konstitutsiya bo‘yicha referendum o‘tkazilishiga 10 kun qoldi. Shaharlarda fuqarolarni saylov uchastkalariga borishga undaydigan targ‘ibotlar tobora ko‘payib bormoqda. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Toshkentdagi reklamalar va shaharning “sog‘lom fuqaro yakshanbasi”ga tayyorlanayotganini suratga oldi.

O‘zbekistonliklar Ramazon hayitida 4 kun dam oladi — prezident qarori
20 aprel 2023, 11:16

O‘zbekistonliklar Ramazon hayitida 4 kun dam oladi — prezident qarori

Ramazon hayitida o‘zbekistonliklar 4 kun — 21−24-aprel kunlari dam oladigan bo‘ldi. 24-aprel ko‘chirilgan dam olish kuni hisoblanmaydi, ya’ni 29-aprel 5 kun ishlaydiganlar uchun dam olish kuni bo‘ladi.

Foto: 10 yil deganda garmoshka-avtobuslar Toshkentga qaytdi
20 aprel 2023, 11:07

Foto: 10 yil deganda garmoshka-avtobuslar Toshkentga qaytdi

Shu kunlarda keltirilgan 400 ta avtobus va elektrobuslar Toshkent ko‘chalarida harakatni boshladi. Ular orasida 10 yildan beri O‘zbekistonda bo‘lmagan, uzunligi 18 metrdan iborat 118 dona garmoshka-avtobus ham mavjud. “Gazeta.uz” fotoreportaji.

Hayit munosabati bilan Toshkentdan Xiva va Samarqandga qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
20 aprel 2023, 10:33

Hayit munosabati bilan Toshkentdan Xiva va Samarqandga qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi

Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkentdan Xivaga 20 dan 23-aprelga qadar, Samarqandga esa 21-apreldan 24-aprelgacha qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekistonda hayit namozi o‘qiladigan vaqtlar e’lon qilindi
20 aprel 2023, 10:29

O‘zbekistonda hayit namozi o‘qiladigan vaqtlar e’lon qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 21-aprel, juma kuni Ramazon hayiti namozining hududlarda o‘qiladigan vaqtlarini e’lon qildi.

Andijon viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
20 aprel 2023, 10:07

Andijon viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Avazbek Ergashev Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

O‘zbekistonda aholiga 500 tonna elita kartoshka urug‘i bepul tarqatiladi
20 aprel 2023, 09:59

O‘zbekistonda aholiga 500 tonna elita kartoshka urug‘i bepul tarqatiladi

O‘zbekistonda aholi va dehqonchilik xo‘jaliklari import qilingan yoki mahalliy sifatsiz kartoshka ekmoqda. Shu sababli prezident mutasaddilarga aholi tomorqalari uchun 500 tonna elita kartoshka urug‘larini bepul tarqatishni, kartoshka yetishtiruvchilarga imtiyozli mablag‘lar ajratish vazifasini qo‘ydi.

Banklarda dollar kursi 11 410 — 11 495 so‘m atrofida sotilmoqda
20 aprel 2023, 09:44

Banklarda dollar kursi 11 410 — 11 495 so‘m atrofida sotilmoqda

Tijorat banklari 20-aprel kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 360 — 11 400 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 410 — 11 495 so‘m.

Ramazon hayiti 21-aprelda nishonlanadi — Musulmonlar idorasi
20 aprel 2023, 09:40

Ramazon hayiti 21-aprelda nishonlanadi — Musulmonlar idorasi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2023-yilgi Ramazon hayiti 21-aprel, juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting