Muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan askarlar Vatanga sodiqlik qasamyodini qabul qildi. Marosimda “Gazeta.uz” fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin ishtirok etib, chaqiriluvchilarning ota-onalari bilan suhbatlashdi.
Mualliflik va turdosh huquqlar sohasidagi qonunbuzilish holatlarini tizimli ravishda sodir etib kelgan veb-saytlar faoliyati vaqtincha cheklanadi. Intelektual mulk sohasida davlat nazorati kuchaytiriladi.
O‘zbekistonda shinalar, avtomobil ehtiyot qismlari va gilamlarga majburiy markalashni joriy etish imkoniyatlari o‘rganilmoqda. Rasmiylarga ko‘ra, bu sohalarda soxtalashtirish va kontrafakt darajasi yuqori.
Amazon kompaniyasining tematik reklamalarning avtomatlashtirilgan xaridi bo‘yicha konsultanti Irina Ablyazova — “Xorijdagi o‘zbekistonliklar” loyihasining navbatdagi mehmoni. Biz undan Amerikadan bo‘lmaslik ish topishga qanday yordam berishi, kompaniyaning qat’iy korporativ madaniyati, nima uchun rahbariyatga chuqur hurmat bilan munosabatda bo‘lish shart emasligi va AQShga qanday qilib borish mumkinligi haqida so‘radik.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Moskvada Rossiya prezidenti va tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvlar yakuniga ko‘ra, BMT Rossiyaning Mariupoldan tinch aholini evakuatsiya qilishda BMT va Qizil Xoch tashkilotining ishtirokiga «prinsipial» roziligini bildirdi. Payshanba kuni Guterrish Kiyevda Ukraina prezidenti bilan uchrashadi.
Senatda xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish, voyaga yetmaganlarga nisbatan nomaqbul harakatlarni sodir etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi.
25 aprel kuni Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida ekologlar ona qo‘ng‘ir ayiqni ikki bolasi bilan uchratib qolgan edi. Bir kun o‘tib ijtimoiy tarmoqlarda bolalarning bittasi o‘ldirilgani to‘g‘risida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan olib borilgan tezkor qidiruv natijasida gumonlanuvchi aniqlandi. Uning uyidan bir dona ayiq bolasining terisi topilgan. Lekin gumondor ayiq bolasini o‘lik holda topganini aytmoqda.
Navoiy viloyati Xatirchi tumani hokimi Sayfiddin Nizomov maktab o‘quvchilarini kerak bo‘lsa urish mumkinligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «avval o‘qituvchilar bolalarni kaltaklashgan va bu uni hozirgacha kelishiga yordam bergan». Tuman hokimligi matbuot xizmati «ijtimoiy tarmoqlarda vaziyat boshqacha talqin qilinganini» ma’lum qildi.
2021 yilda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ayollar va qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari yuzasidan 39343 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 34330 tasi yoki 87 foizi oilada sodir etilgan.
Adxamjon Sormonkulov va Sarvar Mamayusupov Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosarlari etib tayinlandi.
Mass-mediani qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi rahbari Komil Allamjonov BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Mishel Bachelet bilan uchrashuvda OAV erkinligini ta’minlash uchun xalqaro tashkilotlarning ko‘magi zarurligini ta’kidladi. U BMT boshqarmasi bilan hamkorlik matbuotni rivojlantirish va «aholini agressiv va shafqatsiz xorijiy tashviqotdan» himoya qilish uchun muhim deb atadi.
O‘zgidromet 27 aprel kuni kuchli yog‘ingarchilik tufayli Farg‘ona vodiysining ayrim hududlarida sel kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Jizzax viloyati Egizbuloq mahallasiga kelgan sel 70 dan ortiq qabrni oqizib ketgan. SES xodimlari aholi orasida turli kasalliklar tarqalishining oldini olish uchun suv va tuproq namunalarini olishdi hamda aholiga dori va antiseptik vositalari tarqatdi.
Ramazon xayitida 5 kun dam oladigan o‘zbekistonliklar, Antikorrupsiya agentligi devoriga korrupsiyaga atab chizib ketilgan graffiti, o‘zini haqiqiy andijonlik deb bilganlarni har kuni Andijon polkasiga raqsga tushishga chaqirgan hokim, turizm bo‘yicha hokim o‘rinbosarlariga sinov muddati bergan prezident va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 26 apreldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
1 sentabrdan O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlar uchun avia, temir yo‘l va avtobus chiptalarini xarid qilish, mehmonxona xarajatlari, muzeylar va boshqa madaniyat maskanlariga tashrif buyurish uchun keshbek tizimi joriy etiladi. Shuningdek, 1 iyuldan «Ziyorat turizmi» dasturi doirasida xorijiy aviakompaniyalarga ko‘rsatiladigan xizmatlarga 50 foizgacha chegirmalar joriy qilinadi.
Prezident kelgusi haftada Ramazon hayiti munosabati bilan ham aholiga 5 kunlik dam olish berilishini aytdi. Uning aytishicha, Navro‘z bayramidagi dam olish kunlarida Buxoro va Samarqandga qo‘shimcha 110 ming mahalliy turistlar borgan. 2022 yildan davlat tashkiloti xodimlariga yiliga bir marotaba mahalliy sayohatga chiqish xarajatlarining 20 foizini budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan qoplash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Prezident raisligidagi turizm sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha videoselektorda «Andijon polkasi» raqsini YUNESKO nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha taklif berildi. Davlat rahbari ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi.
O‘zbekiston turizm magistrali bo‘ylab 31 ta tuman (shahar) hududidan o‘tuvchi yo‘l bo‘yida kompleks turizm xizmatlarini (avtoturargoh, kemping, avtoservis, ovqatlanish, yoqilg‘i quyish) qamrab olgan 1 tadan «karvonsaroy» barpo etiladi. Shuningdek, hududlarda turizm klasterlari tashkil etiladi.
Prezident 4 ta hududdan tashqari barcha viloyat hokimlarining turizm bo‘yicha o‘rinbosarlariga 3 oy sinov muddati berdi. Shuningdek, davlat rahbari qaysi hokim muzeylar muammosi bilan shug‘ullandi, degan savolga ijobiy javob yo‘qligini ta’kidladi. Mutasaddilarga turizm sohasida pandemiyagacha bo‘lgan ko‘rsatkichlarni tiklash eng ustuvor vazifa etib belgilandi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 25,03 so‘mga pasayib, 11 221,87 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting