Arxiv

Forbes 2022-yil uchun dunyo milliarderlari reytingini e’lon qildi
5 aprel 2022, 21:44

Forbes 2022-yil uchun dunyo milliarderlari reytingini e’lon qildi

Forbes’ning 2022-yilgi milliarderlar reytingida SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Mask 219 mlrd dollar bilan 1-o‘rinni egalladi. Fransuaza Bettankur Mayers (74,8 mlrd dollar) dunyoning eng boy ayoli bo‘ldi. Shuningdek, Rossiyaning Top-15 milliarderlari boyligining kamaygani qayd etildi. Dunyoning eng ko‘p milliarderlari yashaydigan shaharlari va davlatlari ro‘yxati ham e’lon qilindi.

Oliy sud bloger Otabek Sattoriy ishi bo‘yicha chiqarilgan hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi
5 aprel 2022, 21:32

Oliy sud bloger Otabek Sattoriy ishi bo‘yicha chiqarilgan hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi

Oliy sud muqaddam 6,5 yilga qamalgan surxondaryolik bloger Otabek Sattoriyga oid jinoyat ishiga kassatsiya tartibida berilgan shikoyatni ko‘rib chiqib, hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi.

Bucha ko‘chalaridagi jasadlar rus qo‘shinlari olib chiqilishidan oldin u yerda bo‘lgan — NYT
5 aprel 2022, 21:06

Bucha ko‘chalaridagi jasadlar rus qo‘shinlari olib chiqilishidan oldin u yerda bo‘lgan — NYT

The New York Times jurnalistlari Ukrainaning Bucha shahridan olingan sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini tahlil qilib, tinch aholining jasadlari ko‘chalarda mart oyi o‘rtalarida, shahar hali Rossiya harbiylari nazorati ostida bo‘lgan paytda paydo bo‘lgan degan xulosaga kelishdi.

Dollarning rasmiy kursi pasaydi
5 aprel 2022, 20:32

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 23,43 so‘mga arzonlab, 11 385,07 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.

1-sentabrdan maktab direktorlarini sertifikatlash tizimi joriy etiladi
5 aprel 2022, 19:14

1-sentabrdan maktab direktorlarini sertifikatlash tizimi joriy etiladi

1-sentabrdan maktab direktorlarini sertifikatlash tizimi joriy etiladi va shunga ko‘ra ular lavozimga tayinlanadi. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev “yangi o‘quv yiliga qadar tabiiy va aniq fanlarga ixtisoslashgan 173 ta maktab tashkil etilishi shartligi va bunga viloyat, shahar va tuman hokimlari javobgar ekanligini” ta’kidladi.

Maktab o‘qituvchilarini qayta tayyorlash bo‘yicha umummilliy loyiha boshlandi
5 aprel 2022, 18:52

Maktab o‘qituvchilarini qayta tayyorlash bo‘yicha umummilliy loyiha boshlandi

Shavkat Mirziyoyev maktab o‘qituvchilarini yangi metodika asosida qayta tayyorlash bo‘yicha umummilliy loyiha boshlanganini e’lon qildi. Unga ko‘ra, kelgusi 3−4 yilda barcha o‘qituvchilar yangi metodika asosida o‘qitiladi. Buning uchun har bir viloyat kesimida «trenerlar guruhlari» shakllantiriladi. Ushbu maqsadlar uchun qo‘shimcha 100 mln dollar yo‘naltiriladi.

Humo kartalari faoliyati vaqtincha cheklandi
5 aprel 2022, 18:22

Humo kartalari faoliyati vaqtincha cheklandi

5 aprel kuni Humo milliy to‘lov tizimida mablag‘larni ikki marotaba yechib olish holatlari kuzatildi. Shu sababli nosozlik bartaraf etilguniga qadar Humo o‘z terminallari va to‘lov ilovalari ishini vaqtincha chekladi.

«Maktab ta’limi eski qolipdan chiqa olmayapti» — Shavkat Mirziyoyev
5 aprel 2022, 18:08

«Maktab ta’limi eski qolipdan chiqa olmayapti» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident maktablardagi ta’lim sifati va muallimlar salohiyati pastligini tanqid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda maktabning eng katta muammosi o‘qitish metodikasi mutlaqo eskirganligida. «Afsuski, maktab ta’limi eski qolipdan chiqa olmayapti», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Qolaversa, yanvardagi yig‘ilishda yuklatilgan topshiriqlarni bajarmagan ayrim hokimlarga oxirgi marta 3 oy muddat berildi, keyin, jiddiy chora ko‘riladi.

DXX kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari aylanmalariga chek qo‘ydi
5 aprel 2022, 18:02

DXX kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari aylanmalariga chek qo‘ydi

DXX Toshkentning bir qator tumanlarida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari aylanmasiga chek qo‘ydi. Shuningdek, Yunusobod tumanida mariaxuana tayyorlanadigan narkolaboratoriya aniqlandi.

O‘zbekiston hakamlik sudlari sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani haqidagi xabarlar rad etildi
5 aprel 2022, 17:12

O‘zbekiston hakamlik sudlari sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani haqidagi xabarlar rad etildi

O‘zbekiston hakamlik sudlari assotsiatsiyasi Toshkent shahar hakamlik sudyasi 2,5 ming dollar pora olayotganda ushlangani haqidagi xabarlarni rad etdi. Jinoyat ustida qo‘lga olingan shaxsning Xalqaro arbitraj sudi sudyasi ekani ma’lum qilindi.

Germaniyada moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi «Gidra» darknet-sayti yopildi
5 aprel 2022, 16:37

Germaniyada moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi «Gidra» darknet-sayti yopildi

Germaniya politsiyasi giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi «Gidra» darknet platformasining serverlarini yopdi. Umumiy summasi 23 mln yevroga teng 543 bitkoin platforma bilan bog‘liq hisoblardan musodara qilindi. Ma’lumotga ko‘ra, bu dunyodagi eng ko‘p tovar aylanmasiga ega bo‘lgan noqonuniy savdo maydonchasi bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

«Inson huquqlari uchun mas’uliyatni zimmaga olish kerak» — Amnesty International
5 aprel 2022, 16:22

«Inson huquqlari uchun mas’uliyatni zimmaga olish kerak» — Amnesty International

O‘zbekistonda inson huquqlari sohasidagi yaxshilanishlar bilan bir qatorda, so‘z erkinligi, uyushmalar va tinch yig‘ilishlar erkinligiga nisbatan cheklovlar saqlanib qolmoqda, deyiladi Amnesty International hisobotida. Dunyoda so‘z, vijdon erkinligi, yig‘ilish erkinligi va boshqa erkinliklarga nisbatan tazyiq kuchaymoqda, deya ta’kidladi inson huquqlari tashkiloti.

Maishiy texnikalarni markirovkalash aprel oyida boshlanadi
5 aprel 2022, 16:16

Maishiy texnikalarni markirovkalash aprel oyida boshlanadi

15 apreldan maishiy texnika vositalarini majburiy raqamli markirovkalash joriy etiladi.

35 ta OTMga rektorlarni lavozimga tayinlash yoki ozod etish vakolati berilishi mumkin
5 aprel 2022, 14:13

35 ta OTMga rektorlarni lavozimga tayinlash yoki ozod etish vakolati berilishi mumkin

Moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalariga rektorlarni lavozimga tayinlash yoki ozod etish vakolati berilishi mumkin. Shuningdek, 5 xil toifadagi shaxslarning ta’lim tashkilotlarida pedagog sifatida faoliyat olib borishini taqiqlash taklif qilinmoqda.

Toshkentda avtomobil haydash «juda qo‘rqinchli» — Buyuk Britaniya elchisi
5 aprel 2022, 14:09

Toshkentda avtomobil haydash «juda qo‘rqinchli» — Buyuk Britaniya elchisi

«Dunyoning boshqa hech bir mamlakatida men ikki tomonlama qatnov o‘rtasidagi burilib olishlarga duch kelmaganman, bu juda qo‘rqinchli», — dedi Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Tim Torlou. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘chalarning to‘g‘ri dizayni, cheklangan tezlikka rioya qilish va haydovchilikka o‘qitishni qayta ko‘rib chiqish vaziyatni yaxshilashi mumkin.

«Kutganimizchalik arzon emas ekan» — Belarusdan O‘zbekistonga kelgan IT-mutaxassislarining dastlabki taassurotlari
5 aprel 2022, 13:01

«Kutganimizchalik arzon emas ekan» — Belarusdan O‘zbekistonga kelgan IT-mutaxassislarining dastlabki taassurotlari

Ukrainada urush boshlanganidan so‘ng O‘zbekistonga ko‘chib kelgan bir nechta IT-mutaxassislar o‘zlarining dastlabki taassurotlari bilan bo‘lishdi. Dasturchilar, nega aynan O‘zbekistonni tanlashgani, yashash sharoiti, ijara narxining qimmatligi haqida fikr bildirishgan.

Ko‘chmas mulk ijara shartnomasi faqat elektron shaklda hisobga qo‘yiladi
5 aprel 2022, 12:13

Ko‘chmas mulk ijara shartnomasi faqat elektron shaklda hisobga qo‘yiladi

Ko‘chmas mulk ijara shartnomasi endilikda faqat elektron shaklda hisobga qo‘yiladi. Hukumat tasdiqlagan ma’muriy reglamentga ko‘ra, ijaraga beruvchi ko‘chmas mulk shartnomasini tuzilganidan 3 kundan kechiktirmay soliq organida hisobga qo‘yishi, ijarachi esa uni besh kun ichida tasdiqlashi shart.

Jismoniy shaxslar to‘lov hujjatlariga STIR o‘rniga JSHSHIRni kiritadi
5 aprel 2022, 11:49

Jismoniy shaxslar to‘lov hujjatlariga STIR o‘rniga JSHSHIRni kiritadi

9 apreldan boshlab jismoniy shaxslar to‘lov hujjatlariga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami o‘rniga JSHSHIRni ko‘rsatishlari kerak bo‘ladi.

Intellektual mulkning buzilishiga qarshi kurash biznesni bo‘g‘ish deb hisoblanar ekan, bu norozilikni keltirib chiqaraveradi — IMA
5 aprel 2022, 10:50

Intellektual mulkning buzilishiga qarshi kurash biznesni bo‘g‘ish deb hisoblanar ekan, bu norozilikni keltirib chiqaraveradi — IMA

Intellektual mulk agentligi yirik kompaniyalar vakillari o‘z brendlarini soxtalashtirilishdan qanday himoya qilishlari haqidagi fikrlarini o‘rtoqlashgan «Gazeta.uz» materialiga javoban, qalbakilashtirishga qarshi qanday choralar ko‘rilayotgani va nima uchun huquqbuzarliklarga qat’iy jazo qo‘llashdan o‘zini tiyib turganini ma’lum qildi.

Hokimlarga o‘z hududida radar o‘rnatish huquqi beriladi
5 aprel 2022, 10:43

Hokimlarga o‘z hududida radar o‘rnatish huquqi beriladi

Prezident qarori bilan tuman (shahar) hokimliklariga o‘z hududlaridagi avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilishini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalarini o‘rnatish huquqi berilmoqda. Shuningdek, tumanlar va shaharlardagi aholi gavjum hududlarda piyodalar o‘tish joylariga piyodalar boshqaradigan svetoforlar o‘rnatiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting