Arxiv

“Pandemiya davrida ko‘p davlatlar „egoist“ bo‘lib ketdi” — Shavkat Mirziyoyev
19 oktabr 2021, 17:31

“Pandemiya davrida ko‘p davlatlar „egoist“ bo‘lib ketdi” — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashuvda pandemiya davrida eng kuchli davlatlar ham qiyin vaziyatga tushib qolganini aytdi. Uning aytishicha, “ko‘p davlatlar „egoist“ bo‘lib ketdi”. “Qo‘shnilarimiz bilan munosabatlarni kuzatib turibsiz. Afg‘on muammosi bizni jiddiy o‘ylantiradi”, — deydi prezident.

Andijonda mast holda «Tez yordam» shifokorini do‘pposlagan shaxs qamoqqa olindi
19 oktabr 2021, 17:19

Andijonda mast holda «Tez yordam» shifokorini do‘pposlagan shaxs qamoqqa olindi

Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida bemorning o‘g‘li mast holatda «tez yordam» shifokorini do‘pposlab, unga og‘ir tan jarohati yetkazdi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Zo‘ravon besh yilgacha muddatga qamalishi mumkin.

Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktabga boshqa hududdan o‘qituvchi jalb qilish tartibi belgilandi
19 oktabr 2021, 17:04

Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktabga boshqa hududdan o‘qituvchi jalb qilish tartibi belgilandi

Hukumat qaroriga ko‘ra, ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga boshqa hududlardan jalb qilingan o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar joriy qilinadi. Shuningdek, pedagogika yo‘nalishlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berildi.

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
19 oktabr 2021, 16:21

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 1,67 so‘mga ko‘tarilib, 10 702,31 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

Toshkent havosida chang miqdori me’yoridan ikki baravar ko‘p — prezident
19 oktabr 2021, 13:45

Toshkent havosida chang miqdori me’yoridan ikki baravar ko‘p — prezident

Shavkat Mirziyoyev poytaxt saylovchilari bilan uchrashuvda Toshkent havosidagi chang miqdori belgilangan me’yorlardan 2 barobar ko‘pligini ma’lum qildi. Prezident qurilish maydonlarida changni bostiruvchi zamonaviy usullar va texnologiyalarni joriy qilish zaruriyati haqida ham gapirdi. O‘zLiDeP nomzodi kelgusi yilda har bir tumanda sayilgoh hamda shahar bo‘yicha 25 ta «yashil hudud» va alleyalar tashkil etilishini ta’kidladi.

O‘zLiDeP nomzodi poytaxtdagi tirbandliklarni hal etish bo‘yicha o‘zining takliflarini bildirdi
19 oktabr 2021, 13:17

O‘zLiDeP nomzodi poytaxtdagi tirbandliklarni hal etish bo‘yicha o‘zining takliflarini bildirdi

Prezidentlikka O‘zLiDeP partiyasidan nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi tirbandliklarni bartaraf etish uchun ko‘chalarda 21 ta yo‘l o‘tkazgichlar, 6 ta metro bekati atrofida hamda markaziy ko‘chalarda 80 ta ko‘p qavatli avtoturargohlar qurishni taklif qildi. «Yo‘l harakatini „aqlli tartibga solish“ tizimi joriy etiladi», — dedi u. Ko‘chalarni ta’mirlashga esa 3,2 trln so‘m ajratilishi ta’kidlandi.

Toshkentdagi har bir mahallaga 10 mlrd so‘mdan ajratiladi — Shavkat Mirziyoyev
19 oktabr 2021, 12:59

Toshkentdagi har bir mahallaga 10 mlrd so‘mdan ajratiladi — Shavkat Mirziyoyev

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent hokimligi qoshida 575 ta mahallani rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilib, har bir mahallaga 10 mlrd so‘mdan (jami qariyb 600 mln dollar) ajratilishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mahallalarni obod qilish uchun 2 mlrd so‘m ajratish amaliyoti «o‘z samarasini bergan».

Dekabrda Farg‘onada test rejimida 12 ta elektromobil ishlab chiqariladi
19 oktabr 2021, 11:50

Dekabrda Farg‘onada test rejimida 12 ta elektromobil ishlab chiqariladi

Farg‘ona viloyatida dekabr oyida «Central Asia Motors» korxonasida 4 ta yengil va 8 ta yuk elektromobillari test rejimida ishlab chiqariladi. Korxona to‘la quvvati bilan ishga tushgach, yiliga 10 ming elektromobil ishlab chiqarishi kutilmoqda. Ishlab chiqarilgan mahsulotning 40 foizi eksport qilinadi.

31 dekabrgacha go‘sht va kartoshka importini QQSdan ozod qilish taklif etildi
19 oktabr 2021, 11:22

31 dekabrgacha go‘sht va kartoshka importini QQSdan ozod qilish taklif etildi

Deputatlar 10 oktabrdan 31 dekabrgacha bo‘lgan davrda go‘sht, qoramol va parranda, kartoshka hamda muzlatilgan baliqni O‘zbekistonga olib kirish va realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmalarni QQSdan ozod qilishga oid qonunni qabul qildi.

Sug‘urta polisini olmaganlik uchun jarima miqdori 2 baravarga kamaytirilmoqda
19 oktabr 2021, 10:50

Sug‘urta polisini olmaganlik uchun jarima miqdori 2 baravarga kamaytirilmoqda

Deputatlar pasport tizimi qoidalarini buzish, noqonuniy valyuta ayirboshlash, yo‘lovchilarni litsenziyasiz tashish va sug‘urta polisini olmaganlik uchun jarimalarni bir necha baravarga kamaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi.

«O‘tkan kunlar» tarjimoni Mark Riz va’da qilingan gonorar 5 oydan beri to‘lanmayotganini ma’lum qildi
19 oktabr 2021, 10:41

«O‘tkan kunlar» tarjimoni Mark Riz va’da qilingan gonorar 5 oydan beri to‘lanmayotganini ma’lum qildi

Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar» romanini ingliz tiliga tarjima qilgan Mark Riz O‘zbekiston tomoni besh oydan beri prezident nomidan va’da qilingan pul mukofotini to‘lamayotganini ma’lum qildi. U, shuningdek, O‘zbekistonning chet eldagi elchixonalari uchun roman tarjimasining 1000 nusxasini sotib olishga va’da berilganini, bu ham bajarilmayotganini ta’kidladi. Davlat tilini rivojlantirish boshqarmasi vakili «masala kun tartibida», deb izoh berdi.

Apple yangi turdagi protsessorlarga ega MacBook Pro kompyuterlarini taqdim etdi
19 oktabr 2021, 10:12

Apple yangi turdagi protsessorlarga ega MacBook Pro kompyuterlarini taqdim etdi

Apple mahsulotlarining ikkinchi kuzgi taqdimotida MacBook Pro noutbuklari, AirPods Pro simsiz quloqchinlari va HomePod mini «aqlli» karnaylari namoyish etildi. Ushbu taqdimotning asosiy yangiligi MacBook Pro uchun ishlab chiqilgan yangi protsessorlar bo‘ldi.

Avtobloger Bobur G‘aniyev YouTube-kanalidagi faoliyatini to‘xtatishga qaror qildi
18 oktabr 2021, 22:36

Avtobloger Bobur G‘aniyev YouTube-kanalidagi faoliyatini to‘xtatishga qaror qildi

Avtobloger Bobur G‘aniyev huquq -tartibot idoralari xodimlarini haqorat qilgani va ularning talablarini bajarmagani uchun 15 kunga qamalganidan so‘ng YouTube-kanalidagi faoliyatini to‘xtatishga qaror qildi. U o‘z qarorini tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi va kanalni saqlab turishga ulgurmasligi bilan izohladi. Videomurojaat paytida u qo‘lga olinayotganda va hibsdaligida egnida bo‘lgan ustki kiyimini yoqib yubordi.

Maktablarda inklyuziv ta’limni rivojlantirish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
18 oktabr 2021, 22:30

Maktablarda inklyuziv ta’limni rivojlantirish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Hukumat O‘zbekistonda alohida ta’limga muhtoj bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’limni rivojlantirishga qaratilgan hujjatlarni tasdiqladi. Jumladan, umumta’lim maktablarida alohida ta’limga muhtoj bo‘lgan bolalar uchun boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarni ochish tartiblari belgilandi.

18 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
18 oktabr 2021, 21:30

18 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Prezidentning o‘z belgisi va shtandarti bo‘lishi, yangi imzolangan qaror va farmonlar, prezident saylovi tarixida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan birinchi teledebat — “Gazeta.uz"ning 18 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
18 oktabr 2021, 21:25

Jahon yangiliklari dayjesti

Kelgusi yil dunyo vaksina bozorida BioNTech/Pfizer va Moderna kompaniyalarining yetakchilik qilishi, Eron yadroviy bitimga qaytishi uchun AQShga hech qanday shart qo‘ymagani, NATO`ning Rossiyadagi axborot byurosi faoliyati to‘xtatilishi, Bayden va uning rafiqasining Vashingtonda niqob rejimi qoidalarini buzgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasidan foydalanish tartibi belgilandi
18 oktabr 2021, 19:56

Ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasidan foydalanish tartibi belgilandi

Ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasidan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Yerto‘ladad do‘konlar, kioskalar, do‘konchalar va boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish mumkin. Yerto‘lalar faqat kvartira egalarining roziligi bilan ajratiladi.

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 28 mlrd dollardan oshdi
18 oktabr 2021, 19:01

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 28 mlrd dollardan oshdi

Yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 28,2 mlrd dollarga teng bo‘ldi. Tashqi savdo saldosi 7,6 mlrd dollarni tashkil etdi. Uchinchi chorakda import hajmida eksport hajmiga qaraganda jadalroq o‘sish kuzatildi.

AQShning sobiq davlat kotibi Kolin Pauell vafot etdi
18 oktabr 2021, 18:45

AQShning sobiq davlat kotibi Kolin Pauell vafot etdi

AQSh Davlat departamentining sobiq rahbari, prezident Jorj Bush boshqaruvi ostida ishlagan Kolin Pauell 84 yoshida koronavirus asoratlaridan vafot etdi.

Deputat yordamchisi instituti joriy etildi
18 oktabr 2021, 17:59

Deputat yordamchisi instituti joriy etildi

Deputat yordamchisi institutini joriy etishga oid qonun qabul qilindi. Yordamchi deputatning vakili sifatida saylov okrugida doimiy faoliyat yuritadi va sudlanmagan bo‘lishi lozim. U deputat va saylovchi o‘rtasidagi muntazam aloqani yaxshilashga ko‘maklashadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting