Navro‘z kuni Qo‘qon shahridagi masjid imom-xatibi va uning to‘rt nafar oila a’zolari noma’lum etiologiyali zaharlanish natijasida vafot etgan. Mutaxassislar buni is gazidan zaharlanish, deya taxmin qilmoqda.
Moskva sudi qarori bilan Meta kompaniyasi ekstremistik tashkilot deb tan olindi, Facebook va Instagram Rossiyada taqiqlandi. Endilikda rossiyaliklar ushbu ijtimoiy tarmoqlarda reklama sotib olishsa, bu ekstremistik tashkilotni moliyalashtirish deb qaralishi mumkin. WhatsApp messenjeriga taqiq qo‘yilmadi.
Qozog‘istonda O‘zbekiston hududi orqali 1,6 mlrd so‘mlik 6 ta «inomarka"larni noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lganlar aniqlandi. Mashinalarning tegishli hujjati bo‘lmaganligi aytildi. O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi mashinalar Tojikistondan olib kirilganligi va mamlakat hududidan o‘tayotganda barcha hujjatlarga ega bo‘lganligini ta’kidladi.
24 fevraldan 20 martgacha Ukrainadagi urushda 925 nafar tinch aholi halok bo‘ldi, 1496 nafari yaralandi. Bu BMT tasdiqlagan raqamlar, biroq haqiqiy raqam bundan ham yuqori. 10 mln ukrainaliklar yoki butun mamlakat aholisining to‘rtdan biri uylarini tark etishga majbur bo‘ldi. Ularning 3,5 mlnga yaqini mamlakatdan chiqib ketgan.
O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari telefon orqali muloqot qilib, mamlakatlar o‘rtasidagi diplomatik aloqalarning 30 yilligi munosabati bilan tabriklar almashishdi. Shuningdek, Ukrainadagi vaziyat muhokama qilindi. Kreml yana bir marotaba Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning «pozitsiyasi va harakatlari haqida tushunish bilan fikr bildirganini» ma’lum qildi.
Bortida 132 kishi bo‘lgan Boeing-737−800 Xitoy janubida qulab tushdi. Qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.
2022 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 8,7 mlrd dollardan oshdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,01 mlrd dollar yoki deyarli 85 foizga ko‘proq. Eksport hajmi 4,1 mlrdga yetgan, bunda oltin eksportining ulushi 57,7 foizni tashkil etgan. Import hajmi esa 4,6 mlrd dollarni tashkil qilgan, avtomobillar importi 7,1 barobarga ko‘paygan.
Ahrorbek G‘ulomovning «Ahrorbek dorboz» truppasiga O‘zbekistonning turli hududlaridan artistlar yig‘ilgan bo‘lib, olti yildirki akrobatlar va masxarabozlarning chiqishlari bilan tomoshabinlarni hayratga solib kelmoqda. Dasturning mag‘zi — dorbozlar. Ko‘chma sirk qanday yashaydi, artislar qadimgi an’analarini nima uchun saqlab kelmoqdalar va ushbu an’analar zamiriga dolzarb muammolar qanday qilib singdirilgan — «Gazeta.uz» muxbiri Madina A’zam fotoreportajida.
Navro‘z bayramini nishonlash ko‘p asrlardan beri an’anaga aylangan. Bahorni xalq sayillari, san’atkorlar hamda dorbozlarning chiqishlari bilan qarshi olish urf bo‘lgan. “Gazeta.uz” 1970−1990 yillardagi arxiv fotosuratlarini taqdim etadi.
O‘zbekistonning barcha hududlarida Navro‘z sayllari bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahridagi sayllardan biri — «Gazeta.uz» fotomuxbiri Madina A’zam fotosuratlarida.
Samarqand shahridagi «Golden Kids» xususiy bog‘chasida bolalarga igna tiqib, ularni qo‘rqitib kelgan tarbiyachiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi holatni o‘rganmoqda.
Samarqandda ochiq kitob ko‘rinishidagi zamonaviy aeroport majmuasi ochildi. U soatiga 800 kishiga xizmat ko‘rsatish va haftasiga 120 reyslarni qabul qilish salohiyatiga ega. Boshqa aeroportlardan farqli ravishda, terminalga avtomobilda kelish mumkin, bino esa to‘siqlar bilan o‘ralmagan.
Musulmonlar idorasi Umra ziyoratini qisman sayyohlik firmalari orqali tashkillashtirish masalasi muhokama qilinayotganligini ma’lum qildi. Ramazon oyidan keyin Umra mavsumining oxirigacha ziyoratchilarning safar xarajatlari amaldagi qiymatda saqlab qolinishi aytildi.
O‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev perulik David Segarra ustidan g‘alaba qozondi. Ikkinchi raundda Meliqo‘ziyevning aniq zarbasi raqibini nokautga uchratdi (video).
2022-yil uchun baxtli mamlakatlar reytingida (World Happiness Report) O‘zbekiston 11 pog‘ona pastlab, 53 o‘rinni egalladi. Natijada Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlari orasida reytingdagi yetakchilik 40 o‘rinni qayd etgan Qozog‘istonga o‘tdi.
Navro‘z arafasida prezident Shavkat Mirziyoyev jazo muddatini o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 75 nafar shaxsni afv etish bo‘yicha farmonni imzoladi. Ular orasida 18 nafar chet el fuqarolari, 17 nafar ayollar, 6 nafar nogironlar bor.
Navro‘z bayrami arafasida amaldagi shaharlararo avtobus qatnovlariga qo‘shimcha ravishda kuniga yana 10 dan ortiq qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Transport vazirligi noqonuniy taksichilarga to‘g‘ri kelib qolmaslik uchun chiptalarni «Toshkent» avtovokzalidan xarid qilishni so‘ramoqda.
Yo‘l ta’mirlanishi tufayli shanba kuni soat 21:00 dan yakshanba kuni soat 06:00 ga qadar Alisher Navoiy shoh ko‘chasining Abay va Sharof Rashidov ko‘chalari kesishmasidagi hududi vaqtincha yopiladi. Shuningdek, Labzak ko‘chasining Alisher Navoiy shoh ko‘chasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasigacha bo‘lgan qismida harakat to‘xtatiladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar berishicha, Saudiya Arabistonida mehmonxona va boshqa turdagi servislarga talab oshgani, qolaversa, Ramazon oyida tashkil etiladigan «Umra» tadbirlari ham narx-navoga ta’sir ko‘rsatadi. Shunga ko‘ra, har bir ziyoratchi uchun belgilangan summaga qo‘shimcha to‘lov qilinishi mumkin.
O‘zbekiston va Qozog‘iston koronavirusga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarni tan olish borasida kelishuvga erishdi. Bundan buyon sertifikatga ega fuqarolardan mamlakatlar chegarasini kesib o‘tishda PZR-testi natijasi talab etilmaydi. Avvalroq, Tojikiston, Turkiya va Buyuk Britaniya ham O‘zbekiston kovid-sertifikatlarini tan olgandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting