Arxiv

Turkiya O‘zbekiston kovid-sertifikatlarini tan olishni boshladi
14 mart 2022, 16:11

Turkiya O‘zbekiston kovid-sertifikatlarini tan olishni boshladi

O‘zbekiston va Turkiya hukumatlari milliy darajadagi kovidga qarshi emlanganlik sertifikatlarini tan olish borasida kelishuvga erishdi. Sertifikatga ega fuqarolar davlatlarning hududiga COVID-19 tarqalishining oldini olishga qaratilgan cheklovlarsiz kirishi mumkin.

Navro‘z bayramida ichki sayohatlar uchun chegirmalar e’lon qilindi
14 mart 2022, 16:10

Navro‘z bayramida ichki sayohatlar uchun chegirmalar e’lon qilindi

Navro‘z bayrami munosabati bilan 19 martdan 23 martga qadar fuqarolarga avia va temir yo‘l chiptalar, shuningdek ziyoratgohlarga kirish uchun 10 foizdan 50 foizgacha chegirmalar beriladi.

O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari Ukraina atrofida yuzaga kelayotgan vaziyat yuzasidan fikr almashdilar
14 mart 2022, 15:56

O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari Ukraina atrofida yuzaga kelayotgan vaziyat yuzasidan fikr almashdilar

O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari telefon orqali muloqotda Ukraina atrofida yuzaga kelayotgan vaziyat yuzasidan fikr almashdilar. Ular vaziyatning yanada keskin tus olishiga yo‘l qo‘ymaslik va mojaroni tez fursatda tartibga solish uchun siyosiy-diplomatik sa’y-harakatlarni davom ettirish zarurligini ta’kidladilar.

Prokuror o‘rinbosari Samarqand tumaniga hokim bo‘ldi
14 mart 2022, 15:14

Prokuror o‘rinbosari Samarqand tumaniga hokim bo‘ldi

Samarqand viloyati prokurori o‘rinbosari bo‘lgan Sirojiddin Usmanov Samarqand tumaniga hokim etib tayinlandi.

Maktablarda bahorgi ta’til 21-martdan boshlanadi
14 mart 2022, 14:42

Maktablarda bahorgi ta’til 21-martdan boshlanadi

O‘zbekiston maktablarida 19-mart uchinchi chorakning so‘nggi kuni bo‘ladi, to‘rtinchi chorak esa 28-martdan boshlanadi. O‘quvchilar bahorgi ta’til vaqtida jami 8 kun dam oladi.

Davlat organlaridan tadbirkorlarning qariyb 11,5 mlrd so‘m mablag‘lari sud orqali undirib berildi — biznes-ombudsman
14 mart 2022, 14:37

Davlat organlaridan tadbirkorlarning qariyb 11,5 mlrd so‘m mablag‘lari sud orqali undirib berildi — biznes-ombudsman

Biznes-ombudsmanning ma’lum qilishicha, tadbirkorlar o‘zlariga qonuniy asosda tegishli bo‘lgan mablag‘larni davlat organlaridan sud orqali undirishga majbur bo‘lmoqda. 2021 yilning o‘zida sudlar tomonidan davlat organlari hisobidan tadbirkorlarga qariyb 11,5 mlrd so‘mlik qarzdorlik va 2,2 mlrd so‘mlik davlat boji undirib berilgan.

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi vaqtincha Lvov shahriga ko‘chirildi
14 mart 2022, 14:34

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi vaqtincha Lvov shahriga ko‘chirildi

O‘zbekiston TIV rasmiy vakili mamlakatning Ukrainadagi elchixonasi vaqtincha Lvov shahrida joylashganini ma’lum qildi.

Ayrim joylarda qisqa muddatli qor yog‘ishi kutilmoqda
14 mart 2022, 13:16

Ayrim joylarda qisqa muddatli qor yog‘ishi kutilmoqda

Hafta davomida aksariyat hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda shamol tezligi 17−22 m/s, momaqaldiroq paytida esa 25−28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi boks bo‘yicha Osiyo chempionatida birinchi o‘rinni egalladi
14 mart 2022, 13:10

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi boks bo‘yicha Osiyo chempionatida birinchi o‘rinni egalladi

Iordaniyada boks bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 11 ta oltin, 6 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, birinchi o‘rinni egalladi.

11 nafar o‘zbekistonlik Qozog‘istondagi yanvar voqealarida qatnashganlikda gumonlanmoqda
14 mart 2022, 13:04

11 nafar o‘zbekistonlik Qozog‘istondagi yanvar voqealarida qatnashganlikda gumonlanmoqda

Qozog‘iston bosh prokuraturasi xabar berishicha, yanvar voqealari bo‘yicha ochilgan ishlarga 11 nafar O‘zbekiston fuqarosi jalb qilingan. Ular tartibsizliklarda ishtirok etish va o‘g‘rilikda gumonlanmoqda.

«Yanvar voqealari oqibatida 230 kishi halok bo‘ldi» — Qozog‘iston bosh prokurori
14 mart 2022, 12:28

«Yanvar voqealari oqibatida 230 kishi halok bo‘ldi» — Qozog‘iston bosh prokurori

Qozog‘iston bosh prokurori yanvar voqealari vaqtida jami 230 kishi halok bo‘lgani, shundan 19 nafari harbiylar ekanini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, vafot etganlarning eng ko‘pi Olmaota shahriga (139 kishi) to‘g‘ri kelmoqda. 20 nafar fuqaro esa tasodifan otishmalar oqibatida halok bo‘lgan. Tartibsizliklarga Qozog‘iston MXQning sobiq raisi va sobiq mudofaa vaziri ham aloqadorligi aytilmoqda.

Uzcard faoliyatida qisqa muddatli nosozlik yuz berdi
14 mart 2022, 12:19

Uzcard faoliyatida qisqa muddatli nosozlik yuz berdi

Mobil ilovalarda Uzcard orqali to‘lovlar vaqtinchalik ishlamadi. Kompaniya bu ehtimoliy texnik uzilishlarning oldini olish uchun olib borilgan ishlar bilan bog‘liqligini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda 3 yillik IT-Visa joriy etilmoqda
14 mart 2022, 12:15

O‘zbekistonda 3 yillik IT-Visa joriy etilmoqda

1 apreldan IT kompaniyalar ta’sischilari va axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassislar uchun 3 yillik IT-Visa berish rejalashtirilmoqda. Ushbu viza egalari O‘zbekiston fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda ta’lim va tibbiy xizmatlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Toshkent viloyatida kuchsiz zilzila qayd etildi
14 mart 2022, 11:40

Toshkent viloyatida kuchsiz zilzila qayd etildi

Tojikiston hududida sodir bo‘lgan 4,7 magnitudali zilzila Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida ham sezildi.

Yakshanba kuni 20 dan ortiq koronavirus holati aniqlandi
14 mart 2022, 11:10

Yakshanba kuni 20 dan ortiq koronavirus holati aniqlandi

Yakshanba kuni O‘zbekistonda 22 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, bu shanba kungidan 47 taga kam (69 ta).

Shaxsning sha’ni va nomusini kamsituvchi ma’lumotlarni tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanadi
14 mart 2022, 10:56

Shaxsning sha’ni va nomusini kamsituvchi ma’lumotlarni tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanadi

1 iyunga qadar shaxsning sha’ni va nomusini kamsituvchi ma’lumotlarni oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilashga oid qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Shuningdek, ayolni o‘z homilasini sun’iy ravishda tushirishga majburlaganlik hamda yaqin qarindoshi bo‘lgan xotin-qizga qasddan tan jarohati yetkazganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Himoya orderi muddati esa 1 yilgacha uzaytiriladi.

Nurobod tumaniga yangi hokim tayinlandi
14 mart 2022, 10:54 2

Nurobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Sherali Yuldashev Samarqand viloyatining Nurobod tumaniga hokim etib tayinlandi. Tumanning avvalgi rahbari prezident tomonidan «faoliyatida jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun» ishdan olingan edi.

Davlat qarzining bir qismi milliy valyutadagi qarzga o‘girildi
14 mart 2022, 10:15

Davlat qarzining bir qismi milliy valyutadagi qarzga o‘girildi

YeTTB va O‘zbekiston birinchi valyuta svop kelishuvini amalga oshirdi. Buning natijasida 20 mln dollarlik xorijiy valyutadagi davlat qarzining bir qismi milliy valyutadagi qarzga o‘girildi.

Uzbekistan Airways biror marta ham samolyotda uchmagan ayollar uchun yangi loyiha boshladi
14 mart 2022, 10:06

Uzbekistan Airways biror marta ham samolyotda uchmagan ayollar uchun yangi loyiha boshladi

Uzbekistan Airways «Temir daftar»ga kiritilgan ayollar uchun «Ilk parvozim» ijtimoiy loyihasi boshlanganini ma’lum qildi. Uning doirasida shu vaqtgacha samolyotda uchmagan ayollar O‘zbekistonning diqqatga sazovor joylariga parvoz qiladilar.

Buxorodagi qal’a devorining bir qismi yog‘ingarchilik tufayli qulab tushdi
14 mart 2022, 09:55

Buxorodagi qal’a devorining bir qismi yog‘ingarchilik tufayli qulab tushdi

Buxoroda yog‘ingarchilik tufayli XVI asrga oid “Talipoch qal’a darvozasi” devorining bir qismi qulab tushdi. Qal’aning ushbu qismi 2003 yilda qayta tiklangan. Madaniy meros agentligi restavratsiya ishlarida shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yilgani va malakasiz hunarmandlar tomonidan amalga oshirilganini ta’kidladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting