Arxiv

O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev vafot etdi
4 sentabr 2023, 22:52

O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev 76 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

Samarqand markazida yo‘l o‘tkazgich qurish shahar uchun zararli — urbanist
4 sentabr 2023, 22:06

Samarqand markazida yo‘l o‘tkazgich qurish shahar uchun zararli — urbanist

Samarqand shahri markazida ikkita yo‘l o‘tkazgich qurish rejalashtirilmoqda. “Gazeta.uz” “[NO]Qulay shahar” loyihasi doirasida tunnel qurilishi kutilayotgan chorrahalardan biriga borib, vaziyatni o‘rgandi, fikr almashdi. Urbanist Iskandar Soliyevning fikricha, bu “yo‘l o‘tkazgichlar shahar uchun zararli va keraksiz”.

Hindiston quyoshni o‘rganish uchun kosmik stansiya uchirdi
4 sentabr 2023, 21:42

Hindiston quyoshni o‘rganish uchun kosmik stansiya uchirdi

Hindiston Quyoshni kuzatish va kosmik ob-havo xususiyatlarini o‘rganish uchun koinotga Aditya-L1 avtomat stansiyasini uchirdi. Avvalroq Hindiston kosmik uskunasi Oy sathiga muvaffaqiyatli qo‘ndirilgan edi.

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida plita qulashidan 6 nafar talaba qiz jarohatlangan — Bosh prokuratura
4 sentabr 2023, 20:13

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida plita qulashidan 6 nafar talaba qiz jarohatlangan — Bosh prokuratura

Bosh prokuratura matbuot xizmati SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida bino tomining plitasi qulashi natijasida 6 nafar talab qiz jarohat olganini ma’lum qildi. Universitet ikki nafar qiz jarohat olgani haqida xabar bergan edi. Bino qurilishi va ta’mirlanishi holati mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda.

Dividend imtiyozlari 2029-yilgacha uzaytiriladi, ixtiyoriy pensiya badali pulidan aksiya sotib olish mumkin bo‘ladi
4 sentabr 2023, 20:02

Dividend imtiyozlari 2029-yilgacha uzaytiriladi, ixtiyoriy pensiya badali pulidan aksiya sotib olish mumkin bo‘ladi

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga fuqarolar tomonidan ixtiyoriy pensiya badallari hisobiga aksiya sotib olish, xodimlarga o‘z korxonasi aksiyalarini xarid qilish ustuvor huquq berish, dividendlar bo‘yicha imtiyozlarni 2028-yil oxirigacha uzaytirish kabilarni nazarda tutgan qonun loyihasini ishlab chiqish topshirildi.

O‘zbekistonda o‘quvchilarga Qizil kitob sovg‘a qilindi
4 sentabr 2023, 17:47

O‘zbekistonda o‘quvchilarga Qizil kitob sovg‘a qilindi

Ekologiya vazirligi tomonidan 40 ming nusxada Qizil kitob nashr etilgan bo‘lib, ular O‘zbekiston bo‘ylab maktab o‘quvchilariga “ekologik ong va madaniyatni shakllantirish” maqsadida tarqatilmoqda.

“Siyosat izchilligi va ishonchli ma’lumotlar tahlili muhim” — Matilda Dimovska
4 sentabr 2023, 17:39

“Siyosat izchilligi va ishonchli ma’lumotlar tahlili muhim” — Matilda Dimovska

Siyosat izchilligi, muvofiqlashtirilgan harakatlar va ishonchli ma’lumotlar tahlili rivojlanishning zamonaviy muammolarini hal qilish kalitidir. BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska mamlakatdagi missiyasini yakunlanishidan oldin “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida shunday fikr bildirdi.

Surxondaryoga velosayohat: uzoq masofaga velosafarga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak?
4 sentabr 2023, 17:38

Surxondaryoga velosayohat: uzoq masofaga velosafarga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak?

“Gazeta.uz” muxbiri Sanjar Said noodatiy marshrut orqali Surxondaryoga velosayohatga chiqdi. U ilk maqolasida shu kabi sayohatlarga tayyorgarlik ko‘rish, safar afzalliklari va qiyinchiliklari, xarajatlar haqida ma’lumot berdi, o‘z tavsiyalari va dastlabki taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Ibratli oila” ko‘krak nishonini berish tartibi belgilandi
4 sentabr 2023, 17:20

“Ibratli oila” ko‘krak nishonini berish tartibi belgilandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “Ibratli oila” ko‘krak nishonini berish tartibi belgilandi. Ushbu ko‘krak nishoni bilan oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan namunali oilalar taqdirlanadi.

Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi Markaziy bankga o‘tkaziladi
4 sentabr 2023, 16:24

Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi Markaziy bankga o‘tkaziladi

“Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” davlat unitar korxonasi “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” AJga o‘zgartiriladi va uning ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketi Markaziy bankka o‘tkaziladi. Shuningdek, “Milliy kliring markazi” tashkil etiladi.

Avgustda O‘zbekistonda inflyatsiya 0,5 foizni tashkil etdi va yillik hisobda 9 foizdan pastligicha qolmoqda
4 sentabr 2023, 15:28

Avgustda O‘zbekistonda inflyatsiya 0,5 foizni tashkil etdi va yillik hisobda 9 foizdan pastligicha qolmoqda

Avgust oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 0,5 foizlik inflyatsiya qayd etildi, yillik inflyatsiya esa 9 foizdan pastligicha qolmoqda. O‘tgan oyda tuxum, guruch, go‘sht, sut qimmatladi, un, yog‘ va shakar esa arzonladi. Benzin, metan va propan narxi oshishda davom etmoqda.

O‘zbekiston Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan Yangi Nafas yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi
4 sentabr 2023, 15:00

O‘zbekiston Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan Yangi Nafas yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan 3-sentabr kuni Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi tashkil qilindi. O‘zbekistonning 16 shahridan 100 mingga yaqin yuguruvchilar ishtirok etdi.

SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali binosi tomining plitasi qulab tushdi. Jarohatlanganlar bor
4 sentabr 2023, 14:12

SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali binosi tomining plitasi qulab tushdi. Jarohatlanganlar bor

Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filiali faollar zali tomidan plita qulab tushdi. Universitet xabar qilishicha, voqea sabab ikki talaba jarohatlangan.

Foto: O‘zbekistonda yangi o‘quv yili boshlandi
4 sentabr 2023, 13:22

Foto: O‘zbekistonda yangi o‘quv yili boshlandi

O‘zbekistondagi barcha maktablar va oliy ta’lim muassasalarida o‘qish boshlandi. 4-sentabr tongida Toshkent ko‘chalari yanada gavjumlashdi, tirbandliklar ko‘payib, jamoat transportlari yo‘lovchilarga to‘ldi, maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq chalindi, talabalar esa darsga otlanishdi. “Gazeta.uz” fotoreportaji.

Oksana Chusovitina Turkiyadagi musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi
4 sentabr 2023, 12:40

Oksana Chusovitina Turkiyadagi musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi

Turkiyada gimnastika bo‘yicha bo‘lib o‘tgan World Challenge Cup series musobaqasida Oksana Chusovitina oltin, Abdulaziz Mirvaliyev kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Andijondagi bog‘chada bolalarni urgan tarbiyachi ishdan olindi
4 sentabr 2023, 12:29

Andijondagi bog‘chada bolalarni urgan tarbiyachi ishdan olindi

Marhamat tumanidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachi bolalar tanasining turli qismlariga tarsaki tushirgani aniqlandi. U lavozimidan ozod etilib, bog‘cha rahbariyatiga intizomiy chora qo‘llandi.

“Elektroenergiya tariflari islohoti O‘zbekiston moliyasiga ijobiy ta’sir qiladi” — Fitch
4 sentabr 2023, 12:18

“Elektroenergiya tariflari islohoti O‘zbekiston moliyasiga ijobiy ta’sir qiladi” — Fitch

O‘zbekiston budjet ko‘rsatkichlari yomonlashishining sabablaridan biri — elektr energiyasi tariflari islohoti keyinga qoldirilgani, deya qayd etdi Fitch agentligi. To‘liq miqyosdagi energetika islohoti qanchalik uzoqqa cho‘zilsa, yil oxirida 5,1 foiz bo‘lishi kutilayotgan budjet taqchilligi shunchalik sekin pasayadi.

Hafta davomida havo quruq va kam bulutli bo‘ladi
4 sentabr 2023, 11:52

Hafta davomida havo quruq va kam bulutli bo‘ladi

O‘zbekiston hududida haftaning birinchi yarmida +26…+29 daraja, ikkinchi yarmida +29…+32 darajagacha ko‘tariladi. Havo asosan havo quruq va kam bulutli bo‘ladi. Kechasi va ertalab salqin bo‘ladi.

Ayrim banklarda dollar kursi 12 165 so‘mgacha ko‘tarildi
4 sentabr 2023, 11:22

Ayrim banklarda dollar kursi 12 165 so‘mgacha ko‘tarildi

Tijorat banklari 4-sentabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 12 040−12 070 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 12 110−12 165 so‘m.

Davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda ko‘rsatish tartibi belgilandi
4 sentabr 2023, 10:29

Davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda ko‘rsatish tartibi belgilandi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan ayrim davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. Joylarga chiqib ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qo‘shimcha bir maralik to‘lov undiriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting