Arxiv

Xaridlardan qaytadigan 1 foizlik keshbek oy oxirida to‘lab beriladi
18 fevral 2022, 23:32

Xaridlardan qaytadigan 1 foizlik keshbek oy oxirida to‘lab beriladi

DSQ Soliq ilovasida yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan xaridlardan qaytadigan 1 foizlik keshbek fevralning 21 − 25-sanalarida to‘lab berilishini ma’lum qildi.

Jahon yangiliklari dayjesti
18 fevral 2022, 22:42

Jahon yangiliklari dayjesti

DXR hukumatining aholini Rossiyaga ommaviy evakuatsiya qilish boshlanganini e’lon qilgani, Buyuk Britaniya Ichki ishlar vazirligining badavlat muhojirlar uchun «oltin viza» dasturini to‘xtatgani, Kanadada politsiya namoyishchilarni hibsga olishni boshlagani, Bitkoin narxining 40 ming dollardan pastlagani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

18 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
18 fevral 2022, 22:00

18 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Sergelidagi buziladigan 409 ta yog‘och uy, ikkiga ajratilgan Turizm va sport vazirligi, 1 noyabrgacha Toshkentda ishga tushadigan pullik yo‘l bo‘yi «parkovkalari», «Yetti o‘lchab bir kesib» tramvaylar marshrutlari aniqlanishi, poytaxtga olib kelinadigan 18 metrli «garmoshkali avtobuslar», Navro‘zda ketma-ket 5 kun dam oladigan o‘zbekistonliklar va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 18 fevraldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Toshkent viloyatidagi gaz quyish shoxobchacida 623 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgan
18 fevral 2022, 21:20

Toshkent viloyatidagi gaz quyish shoxobchacida 623 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgan

Toshkent viloyatidagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida 623 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Energetika vazirligi bu 35 ming xonadonning bir kunlik iste’moli uchun yetarli ekanini ta’kidladi.

Prezident: «Qiyinchiliksiz oila bo‘lmaganidek, qiyinchiliksiz davlatning o‘zi yo‘q»
18 fevral 2022, 18:31

Prezident: «Qiyinchiliksiz oila bo‘lmaganidek, qiyinchiliksiz davlatning o‘zi yo‘q»

Shavkat Mirziyoyev Yangihayot tumaniga tashrifi chog‘ida mahalla davlatning asosi ekani, u obod bo‘lsa, mamlakat obod bo‘lishini ta’kidladi. «Ko‘rayapsizlar, zamon tahlikali bo‘lib turibdi. Qiyinchiliksiz oila bo‘lmaganidek, qiyinchiliksiz davlatning o‘zi yo‘q. Biz ham sabr bilan, ilm bilan, mehnat va harakatimiz bilan rejalarimizni amalga oshirayapmiz», — dedi u.

Sergelidagi 409 ta yog‘och uy buziladi — prezident
18 fevral 2022, 17:50

Sergelidagi 409 ta yog‘och uy buziladi — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Sputnik» mavzesidagi avariya holatiga kelib qolgan yog‘och uylar buzilib, ularning egalarini zamonaviy ko‘p qavatli turar joylarga ko‘chirish dasturi boshlanishini ma’lum qildi. Shuningdek, uy egasi ko‘chishni istamagan taqdirda, u ko‘chirilmasligi qo‘shimcha qilingan.

Keyingi yilda Toshkent shahrida 18 metrli “garmoshkali avtobuslar” harakatlana boshlaydi
18 fevral 2022, 17:40

Keyingi yilda Toshkent shahrida 18 metrli “garmoshkali avtobuslar” harakatlana boshlaydi

Prezident qaroriga ko‘ra, 2025-yilgacha poytaxtda 1063 ta yangi avtobuslar harakatlanishni boshlaydi. Ulardan 53 tasi 2023-yilda harakatga tushiriladigan katta sig‘imli 18 metrli avtobuslar bo‘ladi. Ushbu “garmoshkali avtobuslar” poytaxtning 11 ta magistral yo‘nalishida harakatlanadi.

Farg‘ona yo‘lidagi ajratilgan yo‘lakning «ishlashini» ta’minlaymiz — Anvar Jo‘rayev
18 fevral 2022, 17:36

Farg‘ona yo‘lidagi ajratilgan yo‘lakning «ishlashini» ta’minlaymiz — Anvar Jo‘rayev

Toshkentda 2025 yilgacha 11 ta ko‘chada tezyurar avtobuslar harakati uchun alohida yo‘laklar tashkil etish rejalashtirilgan. Hozirda faqat Farg‘ona yo‘li ko‘chasida avtobuslar yurishi uchun mo‘ljallangan, biroq mashinalar ham yuraveradigan yo‘lak mavjud. Transport boshqarmasi rahbari Anvar Jo‘rayev kameralar o‘rnatgan holda yo‘laklarning avtomobillardan holiligi ta’minlanishini ma’lum qildi.

Dam olish kunlari iliq ob-havo kutilmoqda
18 fevral 2022, 17:35

Dam olish kunlari iliq ob-havo kutilmoqda

Dam olish kunlarida quruq va biroz bulutli ob-havo kuzatiladi. Havo bahorgi qiymatlarga qadar isiydi, yakshanba kuni termometr ustuni +17 darajaga ko‘tariladi.

O‘zbekiston tentpegging federatsiyasi ro‘yxatdan o‘tkazildi
18 fevral 2022, 17:33

O‘zbekiston tentpegging federatsiyasi ro‘yxatdan o‘tkazildi

O‘zbekiston tentpegging federatsiyasi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Ushbu tashkilotning asosiy vazifasi mazkur sport turini ommalashtirishdan iborat.

Qo‘llanma: Telefon orqali kommunal to‘lovlarni amalga oshirish
18 fevral 2022, 17:22

Qo‘llanma: Telefon orqali kommunal to‘lovlarni amalga oshirish

«Gazeta.uz» kommunal to‘lovlarni tashkilot kassalariga bormasdan, to‘lov ilovalari Click, PayMe va Apelsin orqali to‘lash haqida qo‘llanmani taqdim etadi.

«Yetti o‘lchab bir kesib, marshrutlarni aniqlaymiz» — prezident Toshkentda tramvay harakatini tiklash haqida
18 fevral 2022, 17:17

«Yetti o‘lchab bir kesib, marshrutlarni aniqlaymiz» — prezident Toshkentda tramvay harakatini tiklash haqida

Shavkat Mirziyoyev bugun Yangihayot tumani faollari bilan uchrashuvda jamoat transporti, xususan, tramvay haqida so‘z ochgan. Davlat rahbari tramvayni xavfsiz, ekologik toza transport deb atab, uni Toshkentga qaytarish qarorini «adolatli» deya baholagan.

«Nega hammayoqqa shunday qilmaysizlar?» — prezident Yangihayot tumanidagi mural haqida
18 fevral 2022, 16:43

«Nega hammayoqqa shunday qilmaysizlar?» — prezident Yangihayot tumanidagi mural haqida

Shavkat Mirziyoyev Yangihayot tumanidagi «Do‘stlik» mahallasiga tashrifi davomida ko‘p qavatli uyning devoriga chizilgan «Do‘stlik ramzi» muraliga e’tibor qaratgan. «Bu mural ham odamning kayfiyatiga ijobiy ta’sir qiladi», degan prezident.

«Avvallari shahar markazidan Sergeliga taksi kelishi qiyin edi» — Shavkat Mirziyoyev
18 fevral 2022, 16:29

«Avvallari shahar markazidan Sergeliga taksi kelishi qiyin edi» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev mahallalar hayoti, sanoat loyihalari bilan tanishish maqsadida Toshkent shahri Yangihayot tumaniga tashrif buyurdi. Davlat rahbari «Do‘stlik» mahallasida mahalla raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi hamda yoshlar bo‘yicha mas’ullar bilan suhbati davomida tumanni obod qilish kerakligini aytdi.

Dollarning rasmiy kursi pasaydi
18 fevral 2022, 16:16

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 15,19 so‘mga pasayib, 10 841,22 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.

O‘zbekistonliklar Navro‘zda ketma-ket 5 kungacha dam oladi
18 fevral 2022, 16:08

O‘zbekistonliklar Navro‘zda ketma-ket 5 kungacha dam oladi

Prezident farmoniga ko‘ra, Navro‘zda haftasiga besh kun ishlaydigan xodimlar ketma-ket besh kun dam oladi.

Zamonaviylashgan jamiyat taraqqiyotini alohida shaxslar emas, tizim ta’minlaydi — Sodiq Safoyev
18 fevral 2022, 15:21

Zamonaviylashgan jamiyat taraqqiyotini alohida shaxslar emas, tizim ta’minlaydi — Sodiq Safoyev

Senator Sodiq Safoyev Xalqaro munozara klubidagi chiqishida mamlakatni modernizatsiya qilishning belgilarini sanab o‘tdi. «Zamonaviylashgan jamiyat doimiy taraqqiyotni ta’minlovchi ichki mexanizmlarga ega. Bu alohida shaxsga emas, tizim ishlashiga bog‘liq», — dedi u.

Farg‘ona viloyatida «Hizb ut-Tahrir» g‘oyalarini targ‘ib qilishda gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi
18 fevral 2022, 15:16

Farg‘ona viloyatida «Hizb ut-Tahrir» g‘oyalarini targ‘ib qilishda gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi

Qo‘qon shahrida «Hizb ut-Tahrir» diniy-ekstremistik tashkiloti g‘oyalarini targ‘ib qilishda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi. U oldin ham «Hizb ut-Tahrir» safida faoliyat olib borganligi uchun ikki marta jazo muddatini o‘tab chiqqan.

Turizm va madaniy meros hamda Sportni rivojlantirish vazirliklari tashkil etildi
18 fevral 2022, 15:03

Turizm va madaniy meros hamda Sportni rivojlantirish vazirliklari tashkil etildi

O‘zbekistonda Turizm va madaniy meros hamda Sportni rivojlantirish vazirliklari tashkil etildi. Deputatlar tomonidan turizm vaziri sifatida Aziz Abduhakimov, sport vaziri sifatida esa Adham Ikramov nomzodlari ma’qullandi.

Farg‘ona vodiysidagi AGTKSH 19 fevral 06:00 gacha vaqtincha yopildi
18 fevral 2022, 14:51

Farg‘ona vodiysidagi AGTKSH 19 fevral 06:00 gacha vaqtincha yopildi

«O‘ztransgaz» respublikada kuzatilgan sovuq ob-havo tufayli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida cheklovlar joriy etilishini ma’lum qildi. Jumladan, Farg‘ona vodiysidagi AGTKSHlar faoliyati 18 fevral kuni 14:00 dan 19 fevral 06:00 gacha vaqtincha to‘xtatildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting