Rimcha hamda nemischa salat, qo‘ziqorin va bodringli, makkajo‘xori va pishloqli, kartoshka va marinadlangan bodringli, tovuq go‘shti va pekin karamidan tayyorlanadigan salat — Zira.uz to‘yimli salatlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Juma kuni O‘zbekistonda 912 nafar fuqaroning koronavirusga topshirgan test namunalari musbat natijani ko‘rsatdi, bir kun avval bu ko‘rsatkich 961 taga yetgandi. Qolaversa, 155 kishida pnevmoniya aniqlandi.
Epitsentri Afg‘onistonda bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida sezildi.
Putin va Si Szinpiny tashqi aloqalarga oid bayonotni imzolagani, NATO bosh kotibining lavozimini tark etishi, Sukerbergning dunyodagi eng badavlat kishilar TOP-10'ligidan chiqib ketgani, AQShda qor bo‘roni tufayli 230 ming kishining elektrsiz qolgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz» ning jahon yangiliklari dayjestida.
Pekinga yetib borgan Shavkat Mirziyoyev, haydovchilik guvohnomasi uchun imtihon markazi kimnikiligi va bunga Avtotest`ning qanday aloqasi borligi, yo‘llardagi nosozliklar haqida xabar berishga mo‘ljallangan «Shaffof yo’l» platformasi, «propiska» so‘zidan voz kechishni ma’qullagan senatorar, uch marta suiqasd uyushtirilgan daraxtlar, qishda cho‘milish haqida Toshkent morjlaridan intervyu va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 4 fevraldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
YUNESKO Toshkent mahallalarini Butunjahon madaniy merosining dastlabki ro‘yxatiga kiritdi. Saida Mirziyoyeva Eski shahardagi mahallalarda hech qanday investitsiya qurilish loyihalarini amalga oshirishga ruxsat bo‘lmasligini ma’lum qilib, Zarqaynar ko‘chasining taqdiri uchun qayg‘urgan barchaga minnatdorchilik bildirdi.
Strategik rivojlanish, Xalqaro hamkorlik va rivojlanish hamda Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentliklarida rahbar lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzaxdagi maktab bosh hisobchisi uyda o‘zini osib qo‘ygani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi hodisa 2019 yil 22-son maktab mansabdorlari 160 mln so‘m mablag‘ o‘zlashtirgani aniqlanganidan keyin sodir bo‘lganini ma’lum qildi.
Endilikda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov O‘zbekiston voleybol federatsiyasining prezidenti sifatida ham faoliyat yuritadi.
3 fevral kuni Autodriver Study kompaniyasi Haydovchilik guvohnomasi uchun imtihon topshirishga mo‘ljallangan Yagona imtihon markazini ishga tushirdi. Unga egalik qilayotgan yana ikkita avtomaktabning biri Avtotest bilan ayni manzilga ro‘yxatga olingan. Markazning ishga tushirilishi yaqinda prezidentning YTHlar natijasida o‘limlar soni oshgani va haydovchilarni tayyorlash tizimini qayta ko‘rib chiqish haqidagi nutqi bilan birvaqtga to‘g‘ri keldi.
Hukumat qarori bilan 1 iyuldan aholi yo‘llardagi nosozliklar, svetofor va yo‘l belgilari o‘rnatilmagani haqida foto va videomurojaatlarni «Shaffof yo’l» platformasi orqali yuborish mumkin. Ichki yo‘llarni ta’mirlashga oid takliflar ovoz berish yo‘li bilan tanlab olinadi. G‘olib takliflar bo‘yicha yo‘llarni ta’mirlashga har yili mahalliy budjetdan mablag‘ ajratiladi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 17,81 so‘mga ko‘tarilib, 10 853,02 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.
Havo sovuq bo‘lgan kunlar ham Anhor kanalida cho‘milayotganlarni uchratish mumkin. «Gazeta.uz» fotomuxbiri Madina A’zam yilning har qanday faslida cho‘milishni xush ko‘radigan morjlar bilan suhbatlashdi.
Senatorlar «propiska» so‘zi ma’nan eskirganligi va fuqarolar ongida «to‘sqinlik qiluvchi», «erkinlikni cheklovchi» degan tushunchalarni keltirib chiqarayotgani uchun uni qonun hujjatlaridan butunlay chiqarishni ma’qullashdi. Endi uning o‘rniga «yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish» tushunchasi qo‘llaniladi.
Koronavirusga qarshi emlanganlar o‘rtasida bosh sovrini Malibu bo‘lgan yutuqli o‘yin 22-yanvardan boshlab har shanba ZO’R TV orqali efirga uzatilmoqda. Biroq, SSV ta’kidlaganidek, lotereyada hozirga qadar vaksina olgan hamma emas, balki faqat 15-yanvardan keyin emlanganlar qatnashmoqda. Tanlov shartlarining e’lon qilingan va’dalarga to‘g‘ri kelmasligi haqida “Gazeta.uz” surishtiruvida.
Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi Narzullo Oblomuradov payshanba kuni Toshkentning Yunusobod tumanidagi daraxtlar tagi bilan betonlab tashlangan holatni o‘rgandi. Natijada Ekologiya qo‘mitasi, Ekopatrul va Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida mazkur hududda 24 soat nazorat o‘rnatilishi belgilandi.
Iliq juma va shanba kunlaridan so‘ng, yakshanba kuni ob-havoning keskin yomonlashishi prognoz qilinmoqda. Butun mamlakat bo‘ylab yog‘ingarchilik kuzatilib, shamol kuchayishi kutilmoqda.
3 fevralda yana 961 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilib, 4 bemor vafot etdi. Kasallanganlarning eng ko‘pi haligacha Toshkent shahri va viloyatida aniqlanyapti.
4 fevraldan Toshkent shahar IIBB YHXB ro‘yxatlash va imtihon olish bo‘lim-bo‘linmalarida haydovchilik guvohnomasi uchun imtihonlarni qabul qilish to‘xtatildi. Endilikda haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlar xususiy kompaniyalar tomonidan o‘tkaziladi. Toshkentda Autodriver Study tomonidan ochilgan Yagona imtihon markazi o‘z faoliyatini boshladi.
Senatorlar bir qator oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, go‘sht, yog‘ va kartoshkani olib kirish va aylanmasi uchun berilgan QQSning nol stavkasi muddatini 30 aprelga qadar uzaytirish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Hukumat vakili apreldan keyin narxlarni qanday ushlab turish rejalashtirilayotganini aytdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting