Arxiv

1-martdan imtiyozli toifaga kiruvchi qo‘shimcha 30 ming nafar fuqaroga kompensatsiya to‘lab boriladi
1 fevral 2022, 17:34

1-martdan imtiyozli toifaga kiruvchi qo‘shimcha 30 ming nafar fuqaroga kompensatsiya to‘lab boriladi

Prezidentning tegishli farmoniga ko‘ra, 1 martdan barcha imtiyozli toifaga kiruvchi qo‘shimcha 30 ming nafar fuqaroga, ularning pensiya nafaqa olishi yoki mehnat faoliyatini olib bormasligidan qat’iy nazar, 130 ming so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lovi joriy qilinadi. Bundan tashqari, 100 yoshga to‘lgan va undan oshgan pensionerlarga har oy 289 ming so‘m miqdorida qo‘shimcha to‘lov amalga oshiriladi.

JICA Qoraqalpog‘istonda tibbiy xizmatni rivojlantirishga qariyb $7 mln ajratdi
1 fevral 2022, 17:25

JICA Qoraqalpog‘istonda tibbiy xizmatni rivojlantirishga qariyb $7 mln ajratdi

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti qoshidagi innovatsion klinikada tibbiy yordam ko‘rsatishni yaxshilash loyihasi uchun qariyb 6,9 million dollar ajratdi.

DXX Tojikistondan olib kirilgan 10,7 kg gashish va 2 kg opiyni musodara qildi
1 fevral 2022, 16:57

DXX Tojikistondan olib kirilgan 10,7 kg gashish va 2 kg opiyni musodara qildi

DXX Tojikistondan O‘zbekistonga olib kirilgan 10,7 kg «gashish» va 2 kgdan ortiq «opiy» giyohvand moddalarini musodara qildi. Shuningdek, Sirdaryo viloyati va Toshkent shahrida Qirg‘izistondan olib kelingan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanganlar aniqlangan.

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
1 fevral 2022, 16:26

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 8,14 so‘mga ko‘tarilib, 10 813 so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, yevro kursi 102,09 so‘mga, rubl kursi esa 0,89 so‘mga yuqoriladi. Ushbu o‘zgarishlar 2 fevraldan kuchga kiradi.

O‘zbekiston 2021-yilda Tojikistondan 23 mln dollarlik elektr energiyasi import qilgan
1 fevral 2022, 15:47

O‘zbekiston 2021-yilda Tojikistondan 23 mln dollarlik elektr energiyasi import qilgan

Tojikiston 2021-yilda 2,5 mlrd kVt/soat elektr energiyasi eksport qilgan. Shundan 1 mlrd kVt/soat resurslarni Afg‘oniston 55 mln dollarga sotib olgan. O‘zbekiston ham xuddi shu miqdordagi elektr energiyasi importi uchun 23 mln dollar mablag‘ sarflagan.

Fevral oyida ob-havo qanday bo‘ladi?
1 fevral 2022, 15:34

Fevral oyida ob-havo qanday bo‘ladi?

O‘zgidromet O‘zbekistonda fevral oyidagi ob-havoning o‘ziga xos xususiyatlari hamda eng issiq va eng sovuq kechgan fevral oylari haqida ma’lumot berdi. Sinoptiklar bu yil fevral oyida ob-havoning dastlabki prognozini ham tuzib chiqdi.

«Snos»ga tushgan hujjati yo‘q uylarga ham kompensatsiya to‘lab beriladi
1 fevral 2022, 15:31

«Snos»ga tushgan hujjati yo‘q uylarga ham kompensatsiya to‘lab beriladi

Deputatlar ko‘rib chiqqan qonun loyihasiga ko‘ra, hujjati bo‘lmagan uylar «snos» ga tushganda, ularga ham kompensatsiya to‘lab berish taklif etilmoqda. Bunda da’vogar mulkka 15 yil davomida oshkora va uzluksiz egalik qilgan hamda soliqlarni to‘lagan bo‘lishi lozim. Loyiha qabul qilinib, Senatga yuborildi.

Inson qadri indeksi qanday ko‘rsatkichlar asosida hisoblanadi?
1 fevral 2022, 15:09

Inson qadri indeksi qanday ko‘rsatkichlar asosida hisoblanadi?

Toshkentdagi mahallalar aholisi muammolarini o‘rganish uchun joriy qilinadigan Inson qadri indeksini 8 ta ko‘rsatkich asosida hisoblab chiqish taklif etilgan. Bularga sog‘liqni saqlash, ta’lim, xavfsizlik, bandlik, daromad va boshqa yo‘nalishlar kiradi. Prezident ushbu indeks qaysi fuqaro yoki xonadon bilan birinchi navbatda ishlash kerakligini aniqlab berishini ta’kidladi.

O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi eksportini qayta tikladi
1 fevral 2022, 15:04

O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi eksportini qayta tikladi

Markaziy Osiyo energotizimidagi yirik avariya tufayli O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi eksporti vaqtincha to‘xtatilgan edi. Ayni vaqtda energiyani yetkazib berish qayta tiklangan.

Senat hukumatga gaz ballonli transport vositalari xavfsizligi bo‘yicha so‘rov yuboradi
1 fevral 2022, 14:55

Senat hukumatga gaz ballonli transport vositalari xavfsizligi bo‘yicha so‘rov yuboradi

Senat hukumatga gaz ballon bilan jihozlangan transport vositalari xavfsizligi bo‘yicha parlament so‘rovi tayyorlamoqda. 2021 yilda shu turdagi transport vositalaridagi 14 ta portlash va 2 ta yong‘in natijasida 14 kishi halok bo‘lgan, 9 kishi jarohatlangan.

Yangi koronavirus holatlarining 85 foizi omikron shtammiga to‘g‘ri kelmoqda — Zangiota shifoxonasi direktori
1 fevral 2022, 13:16

Yangi koronavirus holatlarining 85 foizi omikron shtammiga to‘g‘ri kelmoqda — Zangiota shifoxonasi direktori

Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Doniyor Mirazimov O‘zbekistonda koronavirus bilan yangi kasallanish holatlarining 85 foizi «omikron», 15 foizi «delta» shtammiga to‘g‘ri kelayotganligini ta’kidladi. Uning aytishicha, aksariyat bemorlar kasalxonada davolanishi shart emas, lekin vahima sababli odamlar turli yo‘llar bilan shifoxonada davolanishga harakat qilmoqda.

Yanvar oyida inflyatsiya ko‘rsatkichi pasaydi
1 fevral 2022, 12:29

Yanvar oyida inflyatsiya ko‘rsatkichi pasaydi

2022-yilning yanvar oyida inflyatsiya ko‘rsatkichi 0,9 foizni, yillik nisbatda esa 9,8 foizni tashkil qildi. Oy davomida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 1,3 foizga oshgan, eng qimmatlagan sohalardan biri restoran va mehmonxonalar xizmatlari bo‘ldi.

Andijonda fuqarolar IIB xodimlarini tosh bo‘ron qilgani haqidagi xabarlarga izoh berildi
1 fevral 2022, 12:16

Andijonda fuqarolar IIB xodimlarini tosh bo‘ron qilgani haqidagi xabarlarga izoh berildi

Andijon viloyati IIB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Baliqchi tumanida fuqarolar IIB xodimlarini tosh bo‘ron qilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Mazkur holat tuman Suvoqavaga qarashli suv qazib chiqarish inshootini xonadoniga qo‘shib olgan oila hamda ularning mahalladoshlari o‘rtasidagi nizo oqibatida sodir bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, «otilgan toshlar IIB xodimlari va fuqarolarga tegmagan».

Firdavs Abduholiqov Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi raisligidan ketdi
1 fevral 2022, 12:15

Firdavs Abduholiqov Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi raisligidan ketdi

Firdavs Abduholiqov O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy Assotsiatsiyasi boshqaruv raisi lavozimidan ketdi. Uning o‘rniga Xalqaro press-klub raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja assotsiatsiya rahbari bo‘ldi.

Shifoxonalarda yuritiladigan tibbiy hisob jurnallari va tibbiy kartalar soni qisqartirildi
1 fevral 2022, 11:50

Shifoxonalarda yuritiladigan tibbiy hisob jurnallari va tibbiy kartalar soni qisqartirildi

1 fevraldan tibbiyot muassasalarida yuritiladigan tibbiy hisob jurnallari 26 tadan 14 tagacha qisqartirildi, ulardan 10 tasi soddalashtirildi. Shuningdek, 33 turdagi tibbiy karta va blankalar ham 14 tagacha qisqartirildi. «Endi shifokor va hamshiralar asosiy vaqtini bemorlarni davolashga yo‘naltiradi», — deyiladi SSV xabarida.

Shaxmat federatsiyasida mojaro. Antikorrupsiya agentligi Malibu sotilishi va klubga pul o‘tkazilishini tekshirmoqda
1 fevral 2022, 11:26

Shaxmat federatsiyasida mojaro. Antikorrupsiya agentligi Malibu sotilishi va klubga pul o‘tkazilishini tekshirmoqda

Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi Malibu avtomobilining shubhali sotilishi va Shaxmat federatsiyasidan 1,8 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ning federatsiya rahbarining birinchi o‘rinbosari, iste’fodagi DXX generali Husan Turdialiyev direktor bo‘lgan xususiy shaxmat klubiga o‘tkazilishini o‘rganmoqda. Shaxmatchi Sergey Qayumov «Husan Turdialiyevning so‘nggi 20 yildagi diktaturasi» haqida gapirgan bo‘lsa, Gulruhbegim Tohirjonova federatsiya rahbarining birinchi o‘rinbosarining xatti-harakatlari AQShga ketishiga sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

Kovid va pnevmoniya bilan kasallanish statistikasi pasayib bormoqda
1 fevral 2022, 11:11

Kovid va pnevmoniya bilan kasallanish statistikasi pasayib bormoqda

22 yanvardan beri koronavirusning kunlik holati kamayib bormoqda — dushanba kuni virus 1015 kishida aniqlandi. Toshkent shahrida kasallanish holatlari ortgan, viloyatlarda esa kamaygan. Qolaversa, 196 nafar fuqaroda pnevmoniya qayd etildi.

2022-yilda poytaxtga $3,8 mlrdlik investitsiya jalb qilinishi rejalashtirilgan
1 fevral 2022, 10:49

2022-yilda poytaxtga $3,8 mlrdlik investitsiya jalb qilinishi rejalashtirilgan

2022-yilda Toshkent shahrida umumiy qiymati 3,8 mlrd dollarlik 738 ta loyihani amalga oshirish reja qilingan. Shundan 500 ta loyiha joriy yilning o‘zidayoq ishga tushishi, buning natijasida 27 mingta yangi ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda. Prezident Toshkentning moliyaviy va iqtisodiy imkoniyatlar kengligini, har bir tumanga qo‘shimcha 100 mln dollar jalb qilish mumkinligini ta’kidladi.

Farg‘onadagi savdo kompleksining 25 ta do‘koni yonib ketdi
1 fevral 2022, 10:20

Farg‘onadagi savdo kompleksining 25 ta do‘koni yonib ketdi

1-fevral kuni ertalab Farg‘ona viloyatining Quva savdo kompleksida 25 ta kiyim-kechak do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi. Voqea joyiga 11 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi. FVV ma’lum qilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olgan yoki halok bo‘lganlar qayd etilmagan.

5 yilda prezident Xalq qabulxonalariga 5,7 mlndan ortiq murojaat kelib tushdi
1 fevral 2022, 10:04

5 yilda prezident Xalq qabulxonalariga 5,7 mlndan ortiq murojaat kelib tushdi

2017−2021 yillar davomida prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga 5 mln 780 mingdan ziyod murojaatlar kelib tushgan. Shundan 3 mln 288 mingdan ortig‘i qanoatlantirilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting