O‘zgidromet mazkur haftada respublika bo‘yicha asosan quruq va o‘rtacha iliq ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi. Dushanbadan payshanbaga qadar kunduzi iliq bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim hududlarda biroz yomg‘ir yog‘ishi va tuman tushishi mumkin. Juma kuni esa harorat +11…+17 darajagacha ko‘tariladi.
2021 yilda O‘zbekiston 26 ta xorijiy davlatlardan umumiy qiymati 588,2 mln dollarga teng 27 mingdan ortiq yengil avtomobil import qildi. Avtomobillar asosan Xitoy va Janubiy Koreyadan olib kelingan. Eksport qilingan avtomobillar soni esa 29 mingga yetdi, shundan 93 foizi Qozog‘istonga yetkazib berilgan.
30 yanvar kuni 1089 kishida koronavirus qayd etildi, 203 kishida pnevmoniya aniqlandi. Kasallanish soni so‘nggi haftada kamayib bormoqda.
Keng miqyosda yuz bergan elektr ta’minotidagi uzilishlarning sabablaridan biri O‘zbekiston energetika tizimi 220−500 kVt kuchlanishli magistral liniyalarga to‘liq ulanmagani bo‘ldi, deya ta’kidlandi prezident qatnashgan yig‘ilishda. Shavkat Mirziyoyev energiya ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va elektr ta’minotini avtomatlashtirish loyihasini tayyorlashga ko‘rsatma berdi.
«Energiya» muvofiqlashtirish dispetcherlik markazi direktori Xamidilla Shamsiyev Markaziy Osiyo va Janubiy Qozog‘iston yagona energetika halqasi qanday ishlashini tushuntirib berdi.
Jahon bankining yangi hisobotida O‘zbekistondagi nogironligi bo‘lgan shaxslar duch kelayotgan ko‘plab mumammolar — noqulay infratuzilma va savollarni tug‘diradigan statistika tizimi haqida so‘z yuritiladi.
Prezident mahalla va maktablarda sport maskanlari hamda kutubxonalar barpo etish bo‘yicha 3 xil tipdagi loyihani rad etdi. Shavkat Mirziyoyev mahalla markazlarini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish vazifasini qo‘ydi — tadbirkorlarga imtiyoz beriladi va buning evaziga ijtimoiy mas’uliyat yuklanadi.
Prezident qarori bilan 1 maydan surishtiruv va dastlabki tergov organlari faoliyatini raqamlashtirish va ishni sudga qadar yuritish bo‘yicha «Elektron surishtiruv va dastlabki tergov» axborot tizimi joriy etiladi. Tizimdagi jismoniy va yuridik shaxslarga oid ma’lumotlar surishtiruv va tergov organlarining so‘roviga ko‘ra taqdim etiladi.
Baliq yetishtiruvchilarning foyda, yer va mol-mulk soliqlari 50 foizga kamaytirilishi, S1 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega rus tili o‘qituvchilariga ustama to‘lanishi, hokimlarning qurilish bo‘yicha o‘rinbosarlari ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalariga ham mas’ul bo‘lishi, 26 ta davlat tashkilotida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha reyting joriy qilinishi va boshqalar — 1 fevraldan nimalar o‘zgaradi?
Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Shuningdek, marosimda Oliy Majlis palatalari, prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, ziyolilar, shahar jamoatchiligi ishtirok etdi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki 2021-yilda O‘zbekistonga 22 ta loyiha orqali 690 mln dollarga yaqin investitsiya mablag‘larini yo‘naltirdi. Shuningdek, hozirgi kungacha bank O‘zbekistonga jami 2,85 mlrd yevrodan ortiq sarmoya kiritgan.
30 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning tug‘ilgan kuni. Bu yil u 84 yoshni qarshilagan bo‘lardi. «Gazeta.uz» so‘roviga binoan prezident bilan 25 yil ishlagan, birinchi davlat rahbarining shaxsiy fotografi Farhod Qurbonboyev tahririyatga uning noyob fotosuratlarini taqdim etdi.
28 yanvar, juma kuni respublikaning g‘arbiy viloyatlarida kuchli qor yog‘di. Nukus yo‘llarida muz qoplamasi hosil bo‘lgan, ammo obodonlashtirish xizmati xodimlari ob-havo o‘zgarishlariga tezda javob berishdi. Fotosuratchi Azamat Matkarimov qor bo‘roni vaqtida Qoraqalpog‘iston poytaxtini suratga oldi.
Prezident seshanba kuni kuzatilgan energotizimdagi nosozlik haqida fikr bildirar ekan, aynan nimadan ko‘proq qo‘rqqanini ma’lum qildi. «Eng katta qo‘rqqanim Sirdaryo IES yonib ketmasin dedim. 1982 yo 1983 yil Sirdaryoda oltita stansiya ham yonib ketgan», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Qolaversa, u tizimdagi rahbarlarga har daqiqada aholini vaziyatdan xabardor qilish bo‘yicha topshiriq berganini ta’kidladi.
Prezident Toshkentning Sergeli tumanidagi 300-maktab direktori Nigora Saidxodjayevani «O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi» faxriy unvoni bilan taqdirladi.
UNICEF maktablar yopilishining uzoq muddatli oqibatlari qaytarilmas bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilib, barcha mamlakatlarni COVID-19 tarqalishiga qaramasdan, maktablarni yopmaslikka chaqirdi. “Maktablar ta’lim berishdan tashqari, zaif bolalar farovonligini ham himoya qiladi va boshqa ko‘plab muhim xizmatlardan foydalanishlarini ta’minlaydi”, deyiladi jamg‘arma bayonotida.
Toshkent hayvonot bog‘ida ayiq voleriga onasi tashlab yuborgan qizaloqda ochiq bosh miya jarohati va bosh miya chayqalishi aniqlandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi uning ahvoli yaxshiligi va shifokorlar nazoratida ekanligini ma’lum qildi.
Juma kuni 1152 kishining koronavirusga topshirgan PZR-testi ijobiy natijani qayd etdi. 4 nafar bemor olamdan o‘tdi. Qolaversa, 247 nafar fuqaroda pnevmoniya aniqlandi.
Prezident farmoni bilan 1 martdan boshlab uy-joy kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar o‘rniga oylik kompensatsiya pul to‘lovlari to‘lab boriladi. Qolaversa, ijtimoiy nafaqa oluvchi o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz shaxslarga kompensatsiya joriy qilinadi. 100 yoshdan oshgan fuqarolarga esa har oyda qo‘shimcha to‘lov belgilanmoqda.
Limon po‘sti solib pishirilgan kekslar, limonli to‘rtburchak, limonli pechene, pirog va kekslar, jem bilan pishirilgan limonli pechenelar — Zira.uz limondan tayyorlanadigan pishiriqlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting