O‘zbekistonda Dok-1 Maks dorisini qabul qilgan 65 nafar bola vafot etgan. Bu bo‘yicha Quramax Medikal va Farmatsevtika agentligi xodimlariga nisbatan ayblov xulosasida so‘z boradi. Rasmiylar bergan so‘nggi ma’lumotlarda qurbonlar soni 20 kishi ekani aytilgandi.
Royal Catering kompaniyasining vakillari keytering xizmatlarining afzalliklari haqida gapirib berdilar.
Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Timoti Smart Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorlig‘i nusхasini topshirdi.
Toshkentda ochilganidan beri faqat raqamlar bilan ajratilgan 19 ta metro bekatiga nom berildi. “Do‘stlik — Qo‘yliq” yer usti metro halqa yo‘liga “O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz yilligi” nomi berildi.
Urgut tumanida DXX xodimlari tomonidan giyohvandlik moddalari savdosi bilan shug‘ullanganlikda gumonlangan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi. Ulardan Tojikistondan olib kelingan jami 8,3 kg opiy musodara qilindi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ikki kun davomida Buxoro viloyatida bo‘ladi. Tashrif davomida O‘zbekistonda tabiiy gaz va elektr energiyasidan oqilona foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda inflyatsiyani jilovlash masalalari bo‘yicha videoselektor o‘tkazilishi kutilmoqda.
Toshkentdagi yana 8 ta avtobus yo‘nalishi kunlik reja bekor qilingan holda brutto-shartnomalarga o‘tkazildi.
“Advokatura to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish kiritildi. Endi advokatlik litsenziyasini olish uchun yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida ikki yillik ish staji so‘ralmaydi. Faqat biror advokatlik tuzilmasida kamida 3 oy muddat stajirovka o‘tash kerak. Shundan so‘ng malaka imtihoni topshiriladi.
O‘zbekistonning qator banklarida dollar kursi 12 ming so‘mdan oshib ketdi. Markaziy bank holatni izohlab, asosiy savdo-hamkor davlatlar milliy valyutalarining sezilarli qadrsizlanishi ichki valyuta bozoridagi taklifga salbiy taʼsir o‘tkazganini qayd etdi.
15-iyul kuni Oltinko‘l tumanida 21 yoshli ayol yashash xonadonida o‘zini osib, vafot etgani aytilmoqda. Uning otasi “Gazeta.uz"ga o‘lim sabablaridan shubhalanayotgani va qizining murdasida tan jarohatlari bo‘lganini ma’lum qildi. “Farzandimning o‘zini zaharlashi va jarohat yetkazishiga umuman ishonmayman”, — dedi u.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” 2022-yilda eng ko‘p zarar ko‘rgan davlat ulushdorligidagi korxona bo‘lganini elektr energiyasini qimmat olib, arzon sotgani bilan izohladi. Kompaniya 2021-yildan ham zarar bilan chiqqan. 2023-yildan ham zarar bilan chiqishi kutilmoqda.
Tijorat banklari 10-avgust kuni aholidan 1 AQSH dollarini 12 000−12 070 soʻmdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 12 120−12 135 soʻm. Banklarda dollar kursi birdan 400 soʻmga qimmatladi.
Jalol Arashov va Botirjon Shaxriyorov Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosarlari etib tayinlandi.
Prezident Cengiz Holding kompaniyasining 5,2 mlrd dollarlik loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirishni topshirib, Jizzaxda 520 MVt li IES qurilishini boshlab berdi. Turkiyalik investor Taxtaqoracha dovoni orqali tunnel qurish, konlarni o‘zlashtirish va energetika obyektlarini boshqarishni rejalashtirmoqda.
Qozog‘iston hukumati yandex.kz saytini yopib qo‘ydi va “Yandeks”dan uning “maxsus organlar bilan o‘zaro aloqasi” haqida ma’lumot talab qildi. Kompaniya Rossiya maxsus xizmatlari Rossiyadan tashqarida foydalanuvchi ma’lumotlariga kirish imkoniga ega emasligiga ishontirdi. Keyinroq sayt qayta ishga tushirildi.
Shavkat Mirziyoyevning Vladimir Putin telefon orqali muloqotida O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish muhokama qilindi. Shuningdek, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, gumanitar almashinuvni davom ettirishga e’tibor qaratildi.
36,4 mln nafarga yetgan aholi, Britaniyada Gulnora Karimovaning musodara qilingan 20 mln funt sterling mulki, Surxondaryoda “Farg‘ona azot” omborxonasidagi yong‘in, yosh qiznga uyatsiz harakat qilgan 63 yoshli erkak ushlangani, pichoqlab o‘ldirilgan 56 yoshli erkak va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.
Ulug‘bek Nosirov O‘zbekiston Markaziy banki raisining yangi o‘rinbosari bo‘ldi, deya xabar berdi “Gazeta.uz” manbasi. U “kadrlar siyosati va rejim nazorati” uchun mas’ul bo‘ladi.
2019-yilda Qibray tumanida 13 yoshli qizning zo‘rlanishi bo‘yicha ish Jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘stonliq sudiga topshirildi. Qizning oilasi 2022-yilning bahoridan buyon gumonlanuvchini jinoiy javobgarlikka tortishga harakat qilmoqda. U iyul oyining oxirida hibsga olingan.
Davaktiv 2022-yilda eng ko‘p foyda ko‘rgan top-30 va eng ko‘p zarar ko‘rgan top-20 ta davlat ulushi bo‘lgan kompaniyalar ro‘yxatini e’lon qildi. “Milliy elektr tarmoqlari” eng ko‘p zarar ko‘rgan kompaniya bo‘ldi. 2021-yilda foyda bilan chiqqan “Temir yo‘llar” va HET ham katta zarar ko‘rdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting