Arxiv

Olmazor tumani hokimi vafot etdi
18 iyul 2021, 09:41

Olmazor tumani hokimi vafot etdi

Olmazor tumani hokimi Abdumajid Mullajonov 51 yoshda vafot etdi.

Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan emlandi
18 iyul 2021, 09:36

Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan emlandi

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev xitoy-o‘zbek vaksinasining ikkinchi komponenti bilan emlandi. «Hamshaharlar o‘zbek-xitoy vaksinasining 2-bosqichini qabul qilib oldim. O‘ylaymanki, bu koronavirusning oldini olishga juda katta yordam beradi», — dedi hokim.

14 toifadagi fuqarolar COVID-19`ga qarshi ommaviy emlanishi shart etib belgilandi
17 iyul 2021, 23:28

14 toifadagi fuqarolar COVID-19`ga qarshi ommaviy emlanishi shart etib belgilandi

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga asosan aholi bilan muloqotga kiruvchi barcha turdagi xizmat ko‘rsatish va savdo obyektlari, kafe, restoran va choyxonalar, sport maktablari, madaniy va ko‘ngilochar maskanlar, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari, tibbiyot xodimlari, harbiy xizmatchilar, qolaversa, davlat hokimiyati, boshqaruv va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari 1 noyabrgacha to‘liq emlanishi shart etib belgilanmoqda. To‘liq ro‘yxat.

OTMga kirish imtihonlari stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi
17 iyul 2021, 21:27

OTMga kirish imtihonlari stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi

Respublika maxsus komissiyasi OTMlarga kirish uchun test sinovlarini ochiq maydonlarda, xususan, stadionlar va xiyobonlarda o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qildi.

Virgin Galactic kosmik parvozga ikkita chiptani lotereyaga qo‘ydi
17 iyul 2021, 17:29

Virgin Galactic kosmik parvozga ikkita chiptani lotereyaga qo‘ydi

Virgin Galactic kompaniyasi 2022 yilda koinotga amalga oshirilishi rejalashtirilgan parvozga 2 ta chiptani lotereyaga qo‘ydi. G‘olibga parvozdan tashqari transfer, mehmonxonada joy va Richard Brenson bilan kosmodromga shaxsiy ekskursiya va’da qilingan.

«Emlashni majburiy tarzda amalga oshirish mumkin emas» — Nurdinjon Ismoilov
17 iyul 2021, 17:18

«Emlashni majburiy tarzda amalga oshirish mumkin emas» — Nurdinjon Ismoilov

Quyi palata Spikeri Nurdinjon Ismoilov qonun hujjatlariga muvofiq, majburiy emlash mumkin emasligini ma’lum qildi. Buning uchun huquqiy hujjatlarga o‘zgartish yoki qo‘shimchalar kiritish talab etiladi. Biroq, deputatlar Respublika maxsus komissiyasiga ixtiyoriy emlanganlarni rag‘batlantirish va imtiyozlar berish yoki harakatlarini cheklash borasida tavsiyalar bergani aytilmoqda. Qolaversa, xodimlari emlangan kafe va restoranlarga cheklangan vaqtda ham ishlashga ruxsat berish taklifi bildirilgan.

Abdala vaksinasi koronavirusning og‘ir shakllariga qarshi 100% samaradorlik ko‘rsatdi — OAV
17 iyul 2021, 16:48

Abdala vaksinasi koronavirusning og‘ir shakllariga qarshi 100% samaradorlik ko‘rsatdi — OAV

Kubaning koronavirusga qarshi Abdala vaksinasi klinik sinovlarning uchinchi bosqichida kasallikning og‘ir shakli va o‘limga qarshi 100% samaradorligini ko‘rsatdi. Vaksinaning samaradorligini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlarda ishtirok etadiganlarni 300 ming kishiga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun pasaydi
17 iyul 2021, 16:12

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 14,59 so‘mga pasaydi va jami 10 611,38 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz pasaydi.

«Vaksinani tekin bersak ham olishmayapti». Jahongir Ortiqxo‘jayev Chilonzordagi kovid-markazga bordi
17 iyul 2021, 15:47

«Vaksinani tekin bersak ham olishmayapti». Jahongir Ortiqxo‘jayev Chilonzordagi kovid-markazga bordi

Jahongir Ortiqxo‘jayev Chilonzordagi kovid-markazga borib, bemor va shifokorlar bilan suhbatlashdi. Markazda davolanayotganlarning 65 foizi ayollar ekani, qolaversa, bemorlar orasida vaksina olganlar ham borligi aytildi. Ta’kidlanishicha, vaksina olganlarda kasallik yengil o‘tmoqda, ular 3 kunda davolanib chiqayapti. «Tezda fuqarolarga vaksina qilish kerak. Bo‘lmasa ertaga odamlarni joylashtira olmaymiz», — deydi hokim.

Oksana Chusovitina yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston bayroqdori bo‘ladi
17 iyul 2021, 15:42

Oksana Chusovitina yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston bayroqdori bo‘ladi

Yozgi Olimpiya o‘yinlarida gimnastikachi Oksana Chusovitina va bokschi Bobo-Usmon Baturov O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdorlari bo‘lishadi. Oksana Chusovitina yozgi Olimpiya o‘yinlarida bayroqdor bo‘lgan o‘zbekistonlik dastlabki ayol atlet sifatida tarixda qoladi.

Islom sivilizatsiyasi markazi transformatsiya qilinadi
17 iyul 2021, 14:32

Islom sivilizatsiyasi markazi transformatsiya qilinadi

Prezident qaroriga asosan O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi markazi «Uchinchi Renessans — Yangi O‘zbekiston» g‘oyasini targ‘ib qiluvchi, mamlakatning yangi yuksalish davridagi yutuqlarni ilmiy asosda o‘rganuvchi va keng jamoatchilikka yetkazuvchi markazga aylantiriladi.

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida qatnashuvchi toshkentlik sportchilarga 100 mln so‘mdan berildi
17 iyul 2021, 12:49

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida qatnashuvchi toshkentlik sportchilarga 100 mln so‘mdan berildi

Tokio-2020 yozgi Olimpiya hamda Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritgan jami 40 nafar toshkentlik sportchining har biri 100 mln so‘m mukofot puli bilan rag‘batlantirildi.

Akademik litseylarning imtihonlari sentyabr oyiga qoldirildi
17 iyul 2021, 12:33

Akademik litseylarning imtihonlari sentyabr oyiga qoldirildi

O‘zbekistondagi akademik litseylarda dastlabki saralash hamda asosiy imtihonlar sentyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Germaniyadagi toshqinlar oqibatida 100 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
17 iyul 2021, 12:23

Germaniyadagi toshqinlar oqibatida 100 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Germaniyaning g‘arbiy qismlarida yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida 100 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Reynland-Pfals federal yerida kamida 63 kishi, Shimoliy Reyn-Vestfaliyada kamida 43 kishi vafot etgani hozircha ma’lum. 1000 dan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan. Hududda mobil aloqa mavjud emas, shuning uchun rasmiylarning so‘zlariga ko‘ra, odamlar qayerda ekanliklari haqida xabar bera olmayapti.

Kosonsoyda sel kelishi oqibatida yo‘qolgan 7 yoshli bolaning jasadi topildi
17 iyul 2021, 12:04

Kosonsoyda sel kelishi oqibatida yo‘qolgan 7 yoshli bolaning jasadi topildi

Kosonsoy tumaniga sel kelishi oqibatida yo‘qolgan 7 yoshli bolaning jasadi topildi. Endilikda hodisa oqibatida vafot etganlar soni 9 kishiga yetdi.

2021 yilda soliq tushumlari qanday o‘sdi?
17 iyul 2021, 12:03

2021 yilda soliq tushumlari qanday o‘sdi?

Birinchi yarimyillikda O‘zbekiston davlat byudjeti daromadlari 28,7% ga — 74,9 trln so‘mgacha o‘sdi. Foyda solig‘i bo‘yicha tushumlarning 67,8 foizi oltin va mis qazib olish korxonalari, QQS bo‘yicha — neftgaz sektori va elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilari hamda avtomobil va ehtiyot qismlari importi hissasiga to‘g‘ri keldi.

Buxoroda 20 sotix yerni 8000 dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
17 iyul 2021, 11:12

Buxoroda 20 sotix yerni 8000 dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Buxoro viloyatining Buxoro tumanida hokimlik zaxirasida turgan 20 sotix bo‘sh yer maydonini 8000 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Vaksina olmaslik durust emas — O‘zbekiston musulmonlar idorasi
17 iyul 2021, 11:12

Vaksina olmaslik durust emas — O‘zbekiston musulmonlar idorasi

O‘zbekiston musulmonlar idorasi emlanish va vaksinalar haqida tarqalayotgan gaplarga izoh berdi. «Vaksina olmaslik, uning tarkibi to‘g‘risida bo‘lmag‘ur gaplarni tarqatish durust emas», — deya ta’kidlandi fatvoda. Avvalroq, idora raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov Islom dinida vaksina olishga taqiq yo‘qligi haqida ma’lum qilgan edi.

Qancha yomon bo‘lsa — shuncha yaxshimi?
17 iyul 2021, 10:35

Qancha yomon bo‘lsa — shuncha yaxshimi?

Nima uchun yaxshi g‘oyalar, to‘g‘ri siyosat va iqtisodiy o‘sish doimo birga yuradi? Erkinlik bo‘lmagan, noto‘g‘ri qarorlar qabul qilinadigan va sust iqtisodiy o‘sish sharoitida taraqqiyotga erishib bo‘ladimi? Iqtisodchi Behzod Xoshimov birinchi qarashda ahamiyatsiz hisoblangan noto‘g‘ri qarorlar qanday qilib jamiyatni “g‘oyalar tuzog‘iga” tushirib qo‘yishi mumkinligi haqida mulohaza qiladi.

Bir kunda 400 dan ortiq pnevmoniya holatlari qayd etildi
17 iyul 2021, 10:28

Bir kunda 400 dan ortiq pnevmoniya holatlari qayd etildi

Juma kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni 500 nafardan, pnevmoniya qayd etilganlar soni esa 400 nafardan oshdi. 4 kishi vafot etdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting