1 yanvardan Toshkent shahrida jamoat transporti uchun yo‘l haqini 1400 so‘mdan 1700 so‘mgacha oshirish rejalashtirilmoqda. Shunga qaramasdan, transport kartasi bilan to‘lovni amalga oshirish joriy narxdan arzonroq bo‘lishi kerak. Karta bilan jamoat tranportida harakatlanish soniga chegara o‘rnatish ham ko‘zda tutilgan.
Zoyir Mirzayev Toshkent viloyatining oldingi xokimi imzolagan Nurafshon shahrida umumiy qiymati 34,4 mlrd so‘m bo‘lgan yodgorlik majmui va kutubxona qurish to‘g‘risidagi qarorni bekor qildi. Ushbu mablag‘lar muhtojlarga yordam berish va boshqa maqsadlarga sarflanadi.
O‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov raqibi Xulio Kalimenoni birinchi raunddayoq nokautga uchratdi. U jahon chempionligi uchun jang qilish hamda og‘irvazn toifasida barcha kamarlarni O‘zbekistonga olib kelish niyatida ekanligini ma’lum qildi. «Kim bilan bo‘lsa ham ringga chiqishga tayyorman. Entoni Joshua, Aleksandr Usik, Tayson Fyuri… Menga farqi yo‘q», — dedi Bahodir Jalolov.
«Qo‘yliq» bozori buzilishiga qarshi norozilik bildirib, yo‘lni to‘sib qo‘ygan tadbirkorlarning ishi Bektemir tuman ma’muriy sudida ko‘rilib, ularning besh nafariga 5−7 kun qamoq jazosi tayinlangan.
O‘zbekistonga Xitoydan 1 mln doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi keltirildi. SSV ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda foydalanilayotgan vaksinalar soni 49 mln dozadan oshdi.
Andijon viloyati Asaka tumani hokimi aholi bilan nomaqbul tarzda suhbatlashgani aks etgan video yuzasidan hokimlik matbuot xizmati izoh berdi. Unga ko‘ra, bo‘lib o‘tgan holat yuzasidan videolarni hokimlik Telegram kanaliga joylagan mas’ul xodimlarga chora ko‘rilgan.
Humo Air aviakompaniyasi Farg‘ona — So‘x — Farg‘ona yo‘nalishida haftasiga ikki marotaba muntazam parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi. Shuningdek, Samarqand aeroportidan aviaqatnovlar tiklanmoqda.
Adliya vazirligi xotin-qizlarni himoya qilishni kuchaytirish, jumladan ularni ta’qib qilish, gap otish, shaxsiy hayotiga daxl qiluvchi turli foto-videolarni tarqatish holatlari uchun javobgarlik joriy etish, shuningdek, xususiy sektor hisobiga ayollarni qo‘llab-quvvatlovchi tashkilotlar sonini oshirishni taklif qildi.
2017 yildan beri Farg‘ona viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan Dilshod Xodjiahmedov suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shanba kuni Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkiga tashrif buyurib, uni «zamonaviy IT-xabga aylantirish kerakligini» ta’kidladi. Davlat rahbari shu yerning o‘zida hokimning mahalladagi yordamchilari bilan ham suhbatlashdi.
Andijon davlat universiteti binosining to‘rtinchi qavatidan yiqilib tushgan 28 yoshli ayol, voqea sodir bo‘lganidan 5 kun o‘tib, shifoxonada vafot etdi.
2017 yildan beri adliya vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Akbar Tashkulov Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlandi.
2021 yilda dunyo bo‘ylab qamoqxonalardagi jurnalistlar soni rekord darajaga yetdi — 293 nafar OAV xodimi qamoqqa olingan. Yana 24 nafar jurnalist halok bo‘lgan.
Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida nutq so‘zlab, YeOII doirasida o‘zaro savdodagi to‘siq va cheklovlarni bartaraf qilish, yangi transport yo‘laklarini barpo etish va «yashil» energetika loyihalarini amalga oshirish masalalariga to‘xtalib o‘tdi.
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 72-sonli yo‘nalishda harakatlanayotgan Mercedes-Benz rusumli avtobus piyodani urib yubordi.
Shokoladli hamda limonli merenga ruletlari, apelsin sedrasiga ega shokoladli pryaniklar, asalli «Archa» va «Baunti» tortlari, ko‘rgazmali pechenelar — Zira.uz yangi yil dasturxoni uchun shirinliklar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
O‘zbekistonga Rossiyadan 200 ming doza yangi turdagi vaksina — Sputnik Light keltirildi. Shu bilan O‘zbekistonda koronavirucga qarshi qo‘llanilayotgan vaksinalar turi yettitaga yetdi. Sputnik Light bir komponentli vaksina bo‘lib, u bilan to‘liq emlanish uchun bir dozasini olish kifoya.
AQShda inflyatsiya darajasining oxirgi 40 yillikdagi maksimumga yetgani, Pentagonning Afg‘onistonda «Al-Qoida» jangarilari ko‘payganini ma’lum qilgani, Meksikadagi avtohalokatda 50 ga yaqin kishining halok bo‘lgani, Xalqaro valyuta jamg‘armasi yangi COVID-19 shtammidan keladigan zararni 5,3 trln dollarga baholagani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Bosh prokuraturaning yana bir xodimi pora olgani, To’palang HPD Platinum Surxondaryoda $138 mlnlik loyihani tendersiz amalga oshirayotgani, Qonunchilik palatasi majlisining jonli efirdan uzib qo‘yilishi, OTBning O‘zbekiston uchun ajratayotgan $100 mln krediti, O‘zbekiston iqtisodiyoti 30 yil mobaynida qanday o‘zgargani haqidagi maqola — «Gazeta.uz» ning 10 dekabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
O‘zbekiston davlat xizmatchilarining odob-axloq kodeksi loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi. Unga ko‘ra, davlat xizmatchisining tashqi ko‘rinishi mehnat sharoitlari va xizmat turiga qarab, umumiy qabul qilingan ish uslubiga muvofiq bo‘lishi lozim. Davlat tashkilotlarida barcha xodimlarga ish joyida ularning siyosiy va mafkuraviy qarashlarini yoki dinga munosabatini aks ettiruvchi liboslarda bo‘lish yoki belgilarni taqib yurish taqiqlanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting