Dollarning rasmiy kursi 9,48 so‘mga pasaydi va jami 10 571,88 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz ko‘tarildi.
O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari rahbarlari o‘rtasidagi yig‘ilish natijasida kadastr, logistika, bojxona, ta’lim va boshqa sohalarda hamkorlik qilish bo‘yicha hujjatlar imzolandi.
Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasi O‘zbekiston bilan qo‘shma loyihalar uchun 12 mlrd dollardan ortiq mablag‘ ajratishni rejalashtirmoqda. Bungacha kompaniya O‘zbekistonning energiya salohiyatini rivojlantirishga 8 mlrd dollar investitsiya yo‘naltirgan edi.
21 iyun kuni tolibon Afg‘oniston va Tojikiston chegarasidagi «Sherxon-Bandar» nazorat o‘tkazish punktini egalladi, 134 nafar afg‘on harbiylari qo‘shni davlat hududiga chekindi. Tojikiston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi mamlakatlar o‘rtasidagi chegara liniyasidagi vaziyatni keskin deb baholamoqda.
2022 yil boshidan davlat xizmatchilari va ularning oila a’zolarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimi joriy etilishi kutilmoqda. Bunda faqat 2022 yil 1 yanvardan so‘ng orttirilgan mol-mulkning kelib chiqish manbasi tasdiqlanadi. Deklaratsiyalashda aniqlangan noqonuniy boylik uchun jinoiy javobgarlik belgilanadi.
Prezident farmoni loyihasiga ko‘ra, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga jinoiy javobgarlik belgilanishi kutilmoqda. Antikorrupsiya agentligiga manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq shartnoma, buyruq va boshqa hujjatlarni to‘xtatish to‘g‘risida taqdimnoma yoki uni haqiqiy emas deb topish bo‘yicha sudga da’vo kiritish vakolati beriladi. 2022 yil 1 yanvarga qadar «Manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish to‘g‘risida» qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Adliya vazirligi korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha prezident farmoni loyihasini muhokama uchun e’lon qildi. Unga ko‘ra, korrupsion jinoyatni sodir etganlarning ochiq elektron reyestrini yuritish, ularning davlat xizmatida ishlashi va saylovlarda qatnashishini taqiqlash taklif etilmoqda. Shuningdek, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlikning kuchaytirilishi kutilmoqda.
Toshkent xorijlik mutaxassislar (ekspatlar) yashashi uchun eng arzon shaharlardan biri deb topildi. Ashxobod va Hongkong esa yashash uchun eng qimmat shaharlar deb topildi.
Komiljon Karimov oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari, yuridik fanlar doktori Rahim Xakimov vazirning fan va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
2021 yilning birinchi besh oyida O‘zbekistonga xorijdan 205 ta elektromobil import qilingan. Import qilingan elektromobillar uchun 4,6 mln AQSh dollari sarflangan. Elektromobillarning 95% Toshkent shahriga olib kelingan.
Qashqadaryo viloyat O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i muxbir qizni matbuot kotibi sifatida ishga olish uchun o‘zi bilan «bir kechaga qolishni» taklif etgan. Muxbir qiz rahbar oldinroq ham shunga o‘xshash takliflar bildirganligini ta’kidlamoqda. Boshqarmadagi xodimlardan biri qizga tinch yurishini, rahbarning ukasi «katta joyda ishlashini» aytgan. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi matbuot kotibi ushbu holat bo‘yicha surishtiruv bo‘layotganligini ma’lum qildi.
Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev O‘zbekiston Turkiy tilli davlatlar parlament assambleyasiga a’zo bo‘lish to‘g‘risida qaror qabul qilganligini ma’lum qildi.
Kecha O‘zbekistonda 419 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 528 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shimoliy Qozog‘iston viloyati politsiyasiga 86 ta yangi Cobalt avtomobili topshirildi.
Endilikda fuqarolar sanatoriy, pansionat va bolalar oromgohlariga faqat PZR test topshirgan holdagina qabul qilinadi, deya ma’lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Kun.uz 22-iyun kuni o‘zbek tilidagi xabarlar lentasini yangilamadi. Nashr mamlakatda so‘z erkinligi bilan bog‘liq ayrim qonunchilik me’yorlari hamon eski qoliplarda qolayotgani, bunday kamchiliklar istalgan vaqtda so‘z erkinligiga qarshi qurol sifatida foydalanilishi mumkinligini ma’lum qildi.
Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy sotgan dorixonalar litsenziyasi bekor qilinadi, deya ogohlantirdi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Bayonot poytaxtda shu kabi dori vositalarini sotish bo‘yicha qariyb 40 ta holat aniqlanganidan keyin e’lon qilindi.
Abu Dabida sayyohlarning COVID-19'ga qarshi bepul emlanishi, Venetsiya va Budapeshtning «tahdid ostida» bo‘lgan Jahon merosi obyektlari ro‘yxatiga kiritilishi, Qorabog‘dagi Shusha shahriga Ozarbayjon qo‘riqxonasi maqomining berilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi noqulay ob-havo tufayli yetilishi kechikkan «ertapishar» sabzi hosilini yig‘ib olish boshlanganini ma’lum qildi. «Bu bozorni yangi sabzi bilan to‘liq ta’minlash va uning narxi bosqichma-bosqich arzonlashishiga olib keladi», — deya qayd etdi vazirlik.
Jarimaga tortilgan Kun.uz va Azon.uz nashrlari rahbariyati, 50 yoshdan oshgan fuqarolar hamda OTM professor-o‘qituvchilarini emlash boshlanishi, koronavirus sababli O‘zbekiston Afg‘oniston bilan chegarani yopilishi, Navoiyda to‘rt nafar tilla qazuvchi vafoti — “Gazeta.uz"ning 22 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting