Uchtepa tumanida o‘zning 50 tonna armaturasini boshqa bir fuqaroga sotgan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining firibgarlikka oid moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
«Agrobank» ATB kobeyjing kartasini ochgan mijozlar O‘zbekiston va dunyoning 200 dan ortiq mamlakatlarida tovar hamda xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Respublika maxsus komissiyasi yo‘nalishli avtobus va metroga niqobsiz bo‘lgan shaxslarni transport vositalari saloniga chiqarmaslik bo‘yicha qarorni qabul qildi. Temir yo‘l vokzallari va aeroportlarda esa karantin choralariga rioya qilinishi qat’iy nazoratga olinadi.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Moskvada Rossiya hukumati rahbari Mixail Mishustin bilan uchrashdi. Rossiya bosh vaziri O‘zbekistonning YeOIIda to‘laqonli ishtirok etishi iqtisodiyot o‘sishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishini ta’kidladi. Uchrashuvda, yangi o‘quv yilidan O‘zbekistonda Rossiya oliygohlarining yana uchta filiali ochilishi, Rossiyadan yana 200 nafar o‘qituvchilar O‘zbekistonga yuborilishi ma’lum qilindi.
Azon.uz nashri rahbariyati saytda e’lon qilingan diniy mazmundagi maqolalar uchun jarimaga tortildi. Shuningdek, sud saytdagi ba’zi xorijiy xabarlarni «O‘zbekistonning boshqa davlatlar bilan munosabatini buzishi mumkin» deb topgan. Azon.uz bosh muharriri «Gazeta.uz»ga ushbu sud jarayonini «jurnalistik faoliyatga tajovuz» deya ta’rifladi. Uning aytishicha, Diniy qo‘mita tahririyatga diniy materiallarni mustaqil chiqarish uchun og‘zaki ruxsat bergan bo‘lgan. Sud qaroridan keyin nashr yangiliklarni e’lon qilishni to‘xtatdi.
Hududlarda klaster usulida mebel ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalari tashkil etiladi. Tadbirkorlar mahsulot eksportini yo‘lga qo‘ygan taqdirda bir qator imtiyozlarga ega bo‘ladi, qolaversa, homashyo va ehtiyot qismlar importi uchun bojxona bojidan ozod qilinadi.
Dollarning rasmiy kursi 5,49 so‘mga pasaydi va jami 10 581,36 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl ham biroz pasaydi.
Navoiy viloyatida noqonuniy ravishda tilla qumlarini qazib olish bilan shug‘ullangan to‘rt kishi «elektrodvijok»dan chiqqan yoqilg‘i tutunidan zaharlanib, vafot etgan. Yana uch nafar fuqaro shifoxonaga yotqizilgan.
Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan «Yoshlar festivali» sababli YPX xodimlari yo‘lning harakatlanish vaqtincha cheklangan qismida chaqiruv bo‘yicha manzilga ketayotgan tez yordam mashinasini o‘tkazmagan. Ma’lum bo‘lishicha, 21 iyun kuni ushbu xodimlar lavozimidan ozod etilgan.
Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida Nexia 2 nafar piyodani urib yubordi. Piyodalar olgan tan jarohatlaridan voqea joyida vafot etdi.
Gruziya va Turkiya huqumatlari koronavirus pandemiyasi sababli joriy etilgan komendantlik soatini 1 iyuldan boshlab bekor qilmoqda. Bundan tashqari, Gruziyada tibbiy niqoblarni taqish majburiy bo‘lmaydi, Turkiyada esa jamoat transportidan foydalanishda yosh bo‘yicha cheklovlar bekor qilindi.
Saytda e’lon qilingan diniy mazmundagi materiallar uchun Kun.uz asoschilaridan biri va rahbari 12,2 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Sud qaroridan keyin nashr yangiliklarni e’lon qilishni to‘xtatdi.
Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonda maxfiy biologik qurol ishlab chiqarilayotganini rad etdi. Ma’lum qilinishicha, ushbu laboratoriyalar faqat diagnostik tadqiqotlar o‘tkazish va tinchlik maqsadlaridagina foydalanish uchun mo‘ljallangan.
Kecha O‘zbekistonda 395 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 383 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Afg‘onistonda epibemiologik vaziyatning keskinlashayotganligi sababli o‘zbek-afg‘on chegarasida fuqarolarning harakatlanishi vaqtincha to‘xtatiladi.
O‘zbekistonda COVID-19ga qarshi emlanadiganlar guruhi kengaytirildi. Endi 50 yoshdan oshgan fuqarolar va OTM professor-o‘qituvchilarini emlash boshlanadi. So‘nggi kunlarda infeksiya bilan kasallanish holatlari biroz ortganligi sababli hududlarda koronavirus bemorlarini davolashga yo‘naltirilgan tibbiyot muassalarining tayyorgarlik holatini tahlil qilish va zarur dori vositalari zaxirasini shakllantirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
2021 yilning birinchi choragida O‘zbekiston «Gazprom»dan Xitoyga (0,54 mlrd kub metr) eksport qilganidan ham ko‘proq gaz sotib oldi. 2020 yilda mamlakat «Gazprom»ga gaz yetkazib berishni to‘xtatgan edi.
Senat 16-yalpi majlisda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi, davlat tili to‘g‘risidagi va boshqa qator qonunlarni ko‘rib chiqib, Toshkent viloyatining tuman va shaharlari chegaralarini o‘zgartirish masalasini muhokama qiladi.
O‘zbekistonning 15 ta hududidagi 1227 ta ko‘p qavatli uy, shu jumladan, Toshkentning Yunusobod tumanidagi ikkita mavzeda joylashgan uylar boshqaruvchi tashkilotlarga biriktiriladi. Ular ochiq tanlov orqali tanlanadi. Hujjatning ayrim bandlari Uy-joy kodeksiga va «Ko‘p qavatli uylarni boshqarish to‘g‘risida"gi qonunga zid bo‘lishi mumkin.
Andijonda Spark avtomashinasi haydovchisi YPX xodimining to‘xtash haqidagi talabiga bo‘ysunmadi va uni kapot ustida 50−60 metrcha sudrab ketdi. Huquqbuzarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting