Arxiv

O‘zbekistonda 28−31-oktabr va 1−3-noyabr kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi
28 oktabr 2024, 10:07

O‘zbekistonda 28−31-oktabr va 1−3-noyabr kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi

O‘zbekistonda hafta boshida havo harorati sovuq bo‘ladi. Haftaning o‘rtalaridan harorat ko‘tariladi, dam olish kunlariga borib esa mamlakat aholisi kunduzi issiq harorati taftidan bahramand bo‘ladi. Shu darajadaki, yakshanba kuni peshin vaqti yengil kiyimlarda ham yurish mumkin bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Dilshod Axatov bir vaqtning o‘zida O‘zbekistonning Shveysariyadagi elchisi etib tayinlandi
28 oktabr 2024, 09:58

Dilshod Axatov bir vaqtning o‘zida O‘zbekistonning Shveysariyadagi elchisi etib tayinlandi

2023-yil kuzidan beri O‘zbekistonning Germaniyadagi elchisi vazifasini bajarib kelayotgan Dilshod Axatov ayni paytda Shveysariyaga ham elchi etib tayinlandi.

“Hali qilinadigan ishlar ko‘p”. Akmal Burxonov — parlament va kengashlardan kutilmalari haqida (video, foto)
28 oktabr 2024, 00:05

“Hali qilinadigan ishlar ko‘p”. Akmal Burxonov — parlament va kengashlardan kutilmalari haqida (video, foto)

Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi rahbari Akmal Burxanov saylov uchastkasiga qizi bilan birga keldi. “Gazeta.uz” bilan suhbatda u nima uchun saylovda qatnashayotgani, parlament ishidan qanchalik qoniqish hosil qilayotgani va uning yangi tarkibidan nimalar kutayotganini aytib o‘tdi.

Video: Saylov yakuniga yetdi, ovozlarni sanash boshlandi
27 oktabr 2024, 22:42

Video: Saylov yakuniga yetdi, ovozlarni sanash boshlandi

“Gazeta.uz” muxbirlari Toshkentdagi 621-saylov uchastkasida ovoz berishning yakunlanishi va undan keyingi sanoq jarayonini qisman kuzatdi. Sanoqqa kirishgach, uchastka saylov komissiyasi a’zolari muxbirlardan muassasani tark etishni so‘radi.

Nogironligi bor va o‘zgalar parvarishiga muhtoj fuqarolar qanday ovoz berdi?
27 oktabr 2024, 21:31

Nogironligi bor va o‘zgalar parvarishiga muhtoj fuqarolar qanday ovoz berdi?

“Gazeta.uz” muxbiri saylov komissiyasi a’zolari bilan birga Toshkentdagi o‘zgalar parvarishiga muhtoj ikki saylovchining xonadonida bo‘ldi. Umuman, O‘zbekistonda ovoz berish uchun saylov uchastkasiga mustaqil ravishda kela olmaydigan jami 46,3 ming saylovchi ro‘yxatga olingan edi.

Foto: Saylov uchastkasidagi kelin-kuyovlar, 100 bilan yuzlashganlar va bolalar
27 oktabr 2024, 19:58

Foto: Saylov uchastkasidagi kelin-kuyovlar, 100 bilan yuzlashganlar va bolalar

Deputatlikka saylovlarda soat 17:00 gacha 14 milliondan ortiq fuqaro ovoz berib bo‘ldi. Ular orasida to‘yi saylov kuniga to‘g‘ri kelgan kelin-kuyovlar, yoshi 100 dan oshgan otaxonu onaxonlar ham bor. “Gazeta.uz” ularning ayrimlarini imkon qadar bir sahifaga jamladi.

Foto: O‘zbekistonliklar Osiyo, Yevropa va AQShda qanday ovoz bermoqda?
27 oktabr 2024, 18:36

Foto: O‘zbekistonliklar Osiyo, Yevropa va AQShda qanday ovoz bermoqda?

Qator mamlakatlarda O‘zbekistondagi deputatlar saylovi bo‘yicha ovoz berish allaqachon yakunlandi. AQShda esa u endigina boshlandi. Xorijiy saylov uchastkalarida saylov qanday o‘tmoqda? Bu bilan O‘zbekistonning Yevropa, Osiyo va AQShdagi elchixonalari tomonidan “Gazeta.uz”ga taqdim etilgan suratlarda tanishing.

O‘zbekistondagi deputatlik saylovlarida eng past davomat Toshkent shahrida kuzatilmoqda
27 oktabr 2024, 18:21

O‘zbekistondagi deputatlik saylovlarida eng past davomat Toshkent shahrida kuzatilmoqda

O‘zbekistondagi deputatlik saylovlarida soat 17:00 holatiga ko‘ra, 19,9 mln nafar saylovchidan 14,2 mln nafari yoki 71,52 foizi ovoz berishda ishtirok etdi. Eng past davomat Toshkent shahrida — 62,39 foiz.

Reportaj: Anqaradagi elchixonada deputatlar saylovi uchun ovoz berilmoqda
27 oktabr 2024, 18:20

Reportaj: Anqaradagi elchixonada deputatlar saylovi uchun ovoz berilmoqda

Anqaradagi o‘zbekistonliklar Turkiyadagi elchixonada deputatlar saylovi uchun ovoz bermoqda. Bunda 1040 kishi ro‘yxatdan o‘tgan. Kelganlar osh va somsa bilan mehmon qilindi. So‘ng ular qo‘lda bayroq bilan vatan haqida qo‘shiq kuylab, raqsga ham tushdi. “Gazeta.uz” jarayondan reportaj tayyorladi.

Foto: Toshkentdagi saylov uchastkalarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan sharoitlar
27 oktabr 2024, 18:15

Foto: Toshkentdagi saylov uchastkalarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan sharoitlar

Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan saylovchilar soni 831 mingdan ortiq. Ular saylovda ishtirok etishi uchun uchastkalarda maxsus kabinalar tashkil etilgan. “Gazeta.uz” muxbirlari Toshkentdagi sharoitlar bilan tanishdi.

Isroilda yuk mashinasi bekatga kelib urildi. O‘nlab odamlar jarohatlandi
27 oktabr 2024, 17:47

Isroilda yuk mashinasi bekatga kelib urildi. O‘nlab odamlar jarohatlandi

Isroilning Tel-Aviv shahri yaqinidagi harbiy baza oldida yuk mashinasi avtobus bekatiga urildi. Oqibatda o‘nlab odamlar yaralandi. Politsiya buni terakt deb taxmin qilmoqda. Haydovchi otib tashlandi.

Oliy sud: Saylov qonunchiligi buzilishi yuzasidan ikkita ma’muriy ish ko‘rib chiqildi
27 oktabr 2024, 17:43

Oliy sud: Saylov qonunchiligi buzilishi yuzasidan ikkita ma’muriy ish ko‘rib chiqildi

Oliy sud vakili deputatlik saylovlarida Toshkent shahri va Samarqand viloyatida saylov qonunchiligi buzilishi yuzasidan ikkita ma’muriy ish ko‘rib chiqilganini ma’lum qildi. Bitta holatda fuqaro jarimaga tortilgan.

Foto: Saylov jarayoni
27 oktabr 2024, 17:37

Foto: Saylov jarayoni

O‘zbekistonda ovoz berish uchastkalari ochilganidan besh soat o‘tar-o‘tmas parlament saylovlari bo‘lib o‘tgan deb topildi. Ovoz berish jarayoni 20:00 ga qadar davom etadi. “Gazeta.uz” muxbirlar kun davomida Toshkentdagi turli saylov uchastkalarida bo‘lib, jarayonni kuzatib bormoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan saylovga oid murojaatlarda qonun buzilishlari aniqlanmadi — Bosh prokuratura
27 oktabr 2024, 17:36

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan saylovga oid murojaatlarda qonun buzilishlari aniqlanmadi — Bosh prokuratura

Bosh prokuror o‘rinbosari Shoxrux Aminov ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan saylov masalasiga oid 16 ta turli xabarlar o‘rganib chiqilganini ma’lum qildi. Uning ma’lum qilishicha, ulardan birontasida qonun buzilishi aniqlanmagan.

O‘zbekistondagi deputatlik saylovlarida davomat 62,70 foizga yetdi
27 oktabr 2024, 16:30

O‘zbekistondagi deputatlik saylovlarida davomat 62,70 foizga yetdi

O‘zbekistondagi deputatlik saylovlarida soat 15:00 holatiga ko‘ra, 19 944 859 nafar saylovchidan 12 504 688 nafari yoki 62,70 foizi ovoz berishda ishtirok etdi.

Jazoni ijro etish muassasalarida 40 mingdan ortiq mahkum ovoz beradi — IIV
27 oktabr 2024, 15:40

Jazoni ijro etish muassasalarida 40 mingdan ortiq mahkum ovoz beradi — IIV

Deputatlar saylovida ovoz berish uchun jazoni ijro etish muassasalaridagi 40,5 mingga yaqin mahkum ro‘yxatga olingan. Bu joylarda 48 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan.

Oybek Usmonov O‘zbekistonning Afg‘onistondagi elchisi etib tayinlandi
27 oktabr 2024, 15:27

Oybek Usmonov O‘zbekistonning Afg‘onistondagi elchisi etib tayinlandi

O‘zbekistonning Afg‘onistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib Oybek Usmonov tayinlandi. Tayinlovga qadar u Misr va Pokistonda elchi bo‘lgan.

YXHT DIIHB missiyasi rahbari — O‘zbekistondagi deputatlar saylovini kuzatish jarayoni haqida
27 oktabr 2024, 15:13

YXHT DIIHB missiyasi rahbari — O‘zbekistondagi deputatlar saylovini kuzatish jarayoni haqida

O‘zbekistondagi deputatlar saylovini YXHT DIIHBning 200 dan ortiq qisqa va uzoq muddatli kuzatuvchilari kuzatib bormoqda. Byuro missiyasi rahbari Duglas Ueykning tushuntirishicha, ularning vazifasi “saylov YXHT oldidagi majburiyatlar va boshqa xalqaro standartlarga qanchalik mos kelishini” baholashdan iborat.

O‘zbekistonda saylovlar o‘tkazilgan deb topildi, saylovda davomat 50 foizga yaqinlashdi — MSK
27 oktabr 2024, 14:56

O‘zbekistonda saylovlar o‘tkazilgan deb topildi, saylovda davomat 50 foizga yaqinlashdi — MSK

O‘zbekistonda deputatlar saylovida ishtirok etganlar 47,62 foizni tashkil etdi. Saylov bo‘lib o‘tgan deb topildi.

Figurali uchish bo‘yicha Gran-pri turnirida ilk bor O‘zbekiston terma jamoasi medal oldi (video)
27 oktabr 2024, 14:27

Figurali uchish bo‘yicha Gran-pri turnirida ilk bor O‘zbekiston terma jamoasi medal oldi (video)

Kanadada o‘tgan figurali uchish bo‘yicha Gran-pri turnirida O‘zbekiston nomidan qatnashgan Yekaterina Geynish va Dmitriy Chigirev juftligi mamlakat tarixida ilk bor sovrindor bo‘ldi. Ular erkin dasturdagi ijrosi uchun hammadan ko‘p ball oldi. Yakunda qisqa dasturdagi chiqish ham qo‘shilib, jamoa 2-o‘rinni egalladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting