Changli tuman tarqaldi, lekin hayot sifati va davomiyligi bevosita bog‘liq bo‘lgan havo sifati yaxshilandimi? Daraxtlarni muntazam kesish allaqachon iqtisodiy yo‘qotishlarga ega. Tabiatga g‘amxo‘rlik qilishni boshlash uchun halokatlar va ofatlarni kutish shart emas. Axir gap eng muhim narsa — har birimizning bugungi kundagi hayotimiz haqida bormoqda, deb yozadi iqtisodchi Behzod Hoshimov.
Tovuq sonlari va grechka, chaxoxbili, ramyon, qozon-kabob, kotletalar — Zira.uz tovuq go‘shtidan tayyorlanadigan sersuv taomlar retseptlarini taqdim etadi.
Britaniyadagi afg‘on diasporasi vakilasi Anjela G‘ayur Instagram`da afg‘on ayollari uchun Hirot onlayn maktabiga asos soldi. Maktab hozirda 400 dan ortiq ko‘ngilli muallimlarni jalb qilish va 1000 ga yaqin o‘quvchini qamrab olishga erishgan.
O‘zbekistonda yangi va eski avtomobillarni xarid qilish hamda vaqtincha olib kirish uchun to‘lovni xarid narxining 1 foizigacha kamaytirish taklif qilinmoqda. Bundan tashqari, avtomobillar va uy-joylar oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirish uchun boj va yig‘imlarni unifikatsiya qilish taklif etilmoqda.
Bo‘stonliq tumanida 56 tup daraxt kesib tashlanishi, USAID O‘zbekistonga COVID-19 bilan kurashish uchun qo‘shimcha 2,5 mln dollar ajratishi, Shavkat Mirziyoyevning Turkiy kengash sammitidagi ishtiroki — “Gazeta.uz"ning 12 noyabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Milliy tiklanish partiyasi rahbari elektron sigaretalarni cheklash taklifi bilan chiqdi. «32 mamlakatda elektron sigaretalar cheklangan ekan, nima uchun biz cheklamasligimiz kerak», — dedi Alisher Qodirov. Partiya fraksiyasi a’zolari uni qo‘llab-quvvatladi.
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi nomi «Turkiy davlatlar tashkiloti» deb o‘zgartiriladi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammitini O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif qildi.
Shavkat Mirziyoyev Turkiy kengash sammitida Afg‘oniston masalasiga to‘xtalib o‘tdi. U “Afg‘onistonning gumanitar inqirozga tushib, xalqaro maydonda yakkalanib qolishiga, terrorchilar makoniga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik nihoyatda dolzarbligini” aytib o‘tdi.
Sadir Japarov va Shavkat Mirziyoyev Istanbulda uchrashdi. Qirg‘iz prezidenti matbuot xizmati yozishicha, O‘zbekiston yetakchisi «ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar aylanmasini 1 mlrd dollarga oshirish uchun real imkoniyat mavjud», deya ta’kidlagan. Sadir Japarov hamkasbini yana bir bor Qirg‘izistonga taklif qildi.
Hindistonda o‘z uylari ustida Pokiston bayrog‘ini ko‘targan 4 fuqaroning davlatga hiyonatda ayblanib hibsga olingani, AQSh, Buyuk Britaniya va Yevropa ittifoqi davlatlarining migratsiya inqirozida Belarusni ayblagani, Aleksandr Lukashenkoning migrantlar Donbassdan qurol o‘tkazishga uringanini aytgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Chegara hududida qochqinlardan tashkil topgan bir necha o‘nlab odamlar Belarusdan Polshaga chegarani buzib kirdi. Polsha xavfsizlik kuchlari ularni to‘xtatib qolgan.
2000−2020 yillarda O‘zbekistondan 1,1 milliondan ortiq kishi boshqa mamlakatlarga doimiy yashash uchun ko‘chib ketgan. Xuddi shu davrda mamlakatga xorijliklar 11 baravar kamroq ko‘chib kelgan.
Toshkentda 15 yoshli maktab o‘quvchisi bilan jinsiy yaqinlik qilgan jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va uning ikki nafar sherigi ushbu jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. Sud o‘qituvchini 4 yilga, uning sheriklarini esa 2 yilga ozodlikdan mahrum etdi.
Yil boshidan buyon birjalarda Ai-80 rusumli benzinning ulgurji narxi 72,1 foizga — bir tonnasi uchun 5,81 million so‘mdan 10 million so‘mga qimmatlashdi. Shu bilan birga, asosan import qilinadigan va jahon kotirovkalari bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa turdagi (Ai-91, Ai-92 va Ai-95) yoqilg‘ining o‘sish sur’atlari mahalliy analogga nisbatan pastroq bo‘ldi. Avvalroq «O‘zbekneftgaz» va Energetika vazirligi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida faqat Ai-80 rusumli benzin narxini ushlab turganini ma’lum qilgandi.
Muntazam piyoda yurish — qon bosimini me’yorlashtiradi, kayfiyatni va organizmning umumiy holatini yaxshilaydi. Bundan tashqari qon bosimi va xolesterin miqdorini me’yorlashtiradi. Odam kuniga qancha masofa yurishi kerak, yurish vaqti va masofasini qay tartibda oshirib borish zarur? Bu haqda Sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi direktori Barno Odilova ma’lumot berdi.
10 oyda davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida 191 mingdan ortiq qonunbuzilish holati aniqlandi. «O‘zsuvta’minot», «Hududgazta’minot», Qurilish vazirligi, Kadastr agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi qonun buzar takshilotlar top-5taligidan o‘rin olgan. Natijada 2556 nafar mansabdor jarimaga tortildi, 64 nafari esa ishdan bo‘shatildi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 5,02 so‘mga ko‘tarilib, 10 737,06 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari esa pasaydi.
Yunusobod tumanidagi 4-Issiqlik markazining elektr energiyasi ta’minotida nosozlik ro‘y bergani sababli Yunusobod, Olmazor va Shaxontohur tumanlarida issiq suv va issiqlik ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.
O‘zbekistonda jami elektr energiyasining qariyb 60 foizi jamoat binolari iste’moliga to‘g‘ri kelmoqda. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari Nazirjon Nazirovning fikricha, «uy-joy va binolarni ekspluatatsiya qilishda energiya tejash bo‘yicha katta muammolar mavjud». Jahon bankining O‘zbekistondagi vakili Marko Mantovanelli esa yuqori energiya sarfi gazni atrof muhitga tashlash va iqlim o‘zgarishlariga sabab bo‘lishini ta’kidladi. O‘zbekiston muammoni bartaraf etish uchun Milliy dastur ishlab chiqmoqchi.
AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi O‘zbekistonga qo‘shimcha 2,5 mln dollar ajratdi. Bu mablag‘ dori vositalari sifatini ta’minlash va mamlakatda vaksinaga nisbatan ishonchsizlikni bartaraf etish uchun sarflanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting