Yarim yil ichida dunyo bo‘ylab qochqin, ko‘chirilganlar, boshpana izlovchilar hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar soni 84 millionga yetdi. Qochqinlarning aksariyatini Suriya, Venesuela va Afg‘oniston fuqarolari tashkil etmoqda. «Qurolli to‘qnashuvlar, COVID-19 pandemiyasi, qashshoqlik, oziq-ovqat muammolari va iqlimdagi favqulodda vaziyatlar ko‘chirilgan odamlarning og‘ir ahvolini yanada kuchaytirmoqda», — deyiladi BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi boshqarmasi hisobotida.
Dam olish kunlari mamlakatga biroz nam va salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati kunduz kuni +8…+13 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Andijon shahar hokimi Bahromjon Haydarov telefon suhbati davomida fuqaroni haqorat qilganligi ma’lum bo‘ldi. Viloyat hokimligining ta’kidlashicha, fuqaro uyi «snos»ga tushganligi sababli hokimga qurilish firmasidan 400 kv metrli uy-joy va Gentra avtomobilini undirib berishni so‘rab bir necha marotaba murojaat qilgan. Andijon hokimining harakatlariga viloyat hokimligi tomonidan huquqiy baho beriladi.
Dunyo bo‘ylab avval kuzatilmagan ayrim tabiat hodisalarining kelib chiqish sabablarini ilm-fan ham tushuntirib berolmaydi. Ularning aksariyati yoki taxminiy hulosalarga, yoki farazlarga asoslanadi. Ayrimlariniki esa haligacha noma’lum. Muzlab qolgan metan pufakchalari, «qonli» yomg‘ir, «o‘lim barmog‘i» va minglab odamlarni o‘ldirgan qora tuman kabi hodisalar haqida «Gazeta.uz» maqolasida.
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida 56 tup daraxt noqonuniy ravishda kesilganligi aniqlandi. Ushbu hatta-harakat natijasida o‘simlik dunyosiga 288 mln 792 ming so‘m miqdorda zarar yetkazilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
2022 yilda davlat tomonidan 410 mlrd so‘mlik 40 ta maktab qurish rejalashtirilgan. Bu o‘tgan yilgidan deyarli ikki baravar ko‘p, ammo maktablarda joy yetishmasligi muammosini hal qilish uchun hali ham halokatli darajada yetarli emas.
Andijon viloyatining Jalaquduq tumani hududida zilzila sodir bo‘ldi. Epitsentr hududida silkinishlar kuchi 4 ballni tashkil qildi.
Hisob palatasi 2022 yilda energiya resurslari, jumladan, elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiq suv va issiqlik energiyasi, sovuq suv va kanalizatsiya tariflari narxlari oshirilishini ma’lum qildi. Shuni hisobga olgan holda, asosiy iste’mol tovarlari va xizmatlar narxlari o‘sish sur’atlarini sezilarli darajada pasaytirish yuzasidan tavsiyalar berilgan.
Behzod Musayev sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlanishi, 2022 yilda YAIM 5,9 foizga o‘sishi prognoz qilinishi, “Bavariya” klubiga muxlislik qiluvchi O‘zbekiston bosh vaziri — “Gazeta.uz"ning 11 noyabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Bavariya bosh vaziri Markus Syoder Myunxenning «Bavariya» klubiga muxlislik qiluvchi O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan tushgan suratini joylashtirdi. Shu kunlarda O‘zbekiston hukumat delegatsiyasi Germaniyada bo‘lib turibdi.
Varshavada minglab millatchilarning namoyishi bo‘lib o‘tgani, Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori, JARning sobiq prezidenti Frederik de Klarkning vafot etgani, Latviya parlamenti Georgiy lentalaridan foydalanishni taqiqlovchi qonunni tasdiqlagani, Seulda amerikalik diplomat avtohalokat sodir etib, AQSh harbiy bazasiga yashiringani, Nobel mukofoti sovrindori Malala Yuzufzoy turmushga chiqqani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
2022 yilda jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkalarini 10 foizga oshirish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, aksiz solig‘i stavkalarining o‘rtacha 10 foizga oshishi kutilmoqda. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi esa amaldagi 2 foizdan 1,5 foizga kamaytirish ko‘zda tutilgan. Hisob palatasi 2022 yilgi davlat budjeti qonuni loyihasi va budjetnoma bo‘yicha xulosa berdi.
Prezident qarori bilan tuman va viloyat tibbiyot muassasalari uchun zamonaviy tibbiy uskunalar xarid qilish va kadrlarning xorijda malakasini oshirishga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan 100 mln dollar ajratiladi. Mablag‘lar hokimliklarga qaytarish sharti bilan milliy valyutada 3 yil muddatga ssuda sifatida taqdim etiladi.
2022 yilgi konsolidatsiyalashgan budjet xarajatlari 277,2 trln so‘m yoki YAIMga nisbatan 33% miqdorida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Hisob palatasi kelgusi yilda aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturlarini moliyalashtirish uchun 2,1 trln so‘m subsidiyalar ajratishni tavsiya qildi. 2022 yil uchun 1 AQSh dollarining yillik o‘rtacha almashuv kursi 11 321 so‘mga prognoz qilindi.
2022 yilda O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish sur’ati 5,9 foizni tashkil etib, YAIM hajmi qariyb 840 trln so‘mga yetishi ko‘zda tutilmoqda. Tashqi savdo aylanmasi 46,3 mlrd dollarni tashkil etishi prognoz qilingan. Bundan tashqari, inflyatsiya darajasi 2022 yilda 9 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 16,74 so‘mga ko‘tarilib, 10 732,04 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari esa pasaydi.
DXX tomonidan Sirdaryo viloyatida terrorchi guruh ta’siriga tushib qolganlikda va «jihod»ga chorlovchi materiallarni muntazam ravishda tarqatib kelganlikda gumonlangan shaxslar ushlandi. Guruh yetakchisi Suriyaga borib, terrorchi tashkilotlar tarkibiga qo‘shilishni maqsad qilgani aytilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining sakkizinchi sammitida ishtirok etish uchun Turkiyaning Istanbul shahriga jo‘nab ketdi. Davlat rahbari tashrif doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» pandemiya davrida Rossiyada qolib ketgan O‘zbekiston fuqarolarining mamlakatga kelishi uchun 5 ta maxsus poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yadi. Reyslar 15, 19, 22, 26, 29 noyabr kunlari «Voljskiy-Toshkent» yo‘nalishida amalga oshiriladi.
Odri Azule 169 ovozdan 155 ta ovoz olib, YUNESKO bosh direktori etib qayta saylandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting