Arxiv

Dollarning rasmiy kursi ketma-keta oltinchi bor ko‘tarilmoqda
18 may 2021, 16:12

Dollarning rasmiy kursi ketma-keta oltinchi bor ko‘tarilmoqda

Dollarning rasmiy kursi 10,89 so‘mga qimmatladi va jami 10 577 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarilgan.

Hokimning «mahfiy» qarori tufayli tadbirkorga tovon puli to‘lab berilmadi
18 may 2021, 15:23

Hokimning «mahfiy» qarori tufayli tadbirkorga tovon puli to‘lab berilmadi

Toshkentning tuman hokimi «mahfiy» qaroriga binoan tadbirkor yer uchastkasini olib qo‘yilishi munosabati bilan o‘z savdo ob’ektidan mahrum bo‘ldi, deya ma’lum qildi biznes ombudsman. Sud poytaxt hokimiyatiga buzilgan inshoot uchun tadbirkorga tovon puli to‘lash majburiyatini yukladi.

Ko‘plab insonlar ortiqcha ish yuki sababli vafot etmoqda — JSST va XMT
18 may 2021, 14:53

Ko‘plab insonlar ortiqcha ish yuki sababli vafot etmoqda — JSST va XMT

Uzoq davom etadigan ish kuni insult va yurak kasalliklarining kelib chiqishiga, buning oqibatida har yili yuz minglab insonlarning o‘limiga olib keladi. JSST va XMTning ushbu mavzudagi dastlabki tadqiqotlariga ko‘ra, ortiqcha mehnat qilish kasbiy kasalliklar uchun eng muhim xavf omiliga aylangan.

Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari mahalla raisini haqoratlab, kuch ishlatdi — Mahalla vazirligi
18 may 2021, 14:34

Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari mahalla raisini haqoratlab, kuch ishlatdi — Mahalla vazirligi

Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi mahallalardan birining raisini haqorat qildi va jismoniy kuch ishlatdi, deb xabar berdi Mahalla vazirligi.

Toshkent shahar hokimligi 300 ga yaqin bino fasadlarini yangilamoqda
18 may 2021, 13:36

Toshkent shahar hokimligi 300 ga yaqin bino fasadlarini yangilamoqda

Toshkent shahar hokimligi poytaxtdagi Navoiy, Nukus va Shota Rustaveli ko‘chalarida 300 ga yaqin bino fasadlarini ta’mirlamoqda. «Gazeta.uz» loyiha tafsilotlarini va ko‘p qavatli uylarda istiqomat qilayotgan aholi fikrini o‘rgandi.

Sirdaryoda piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan bolani yuk mashinasi urib yubordi. Bola vafot etdi
18 may 2021, 13:01

Sirdaryoda piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan bolani yuk mashinasi urib yubordi. Bola vafot etdi

Sirdaryo viloyatida yuk mashinasi yo‘lning piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan maktabning 2 sinf o‘quvchisini urib yubordi. Bola olgan tan jarohatlaridan shifoxonada vafot etgan.

Samarqandda piyoda yuk avtomobili urib yuborishi oqibatida vafot etdi
18 may 2021, 12:50

Samarqandda piyoda yuk avtomobili urib yuborishi oqibatida vafot etdi

Samarqand viloyatida 42 yoshli Turkiya fuqarosi o‘z boshqaruvidagi yuk avtomashinasida piyodani urib yubordi. 39 yoshli piyoda voqea joyida vafot etgan.

O‘zbekistonlik dzyudochilar Qozog‘istondagi Osiyo kubogida 2-o‘rinni egallashdi
18 may 2021, 11:33

O‘zbekistonlik dzyudochilar Qozog‘istondagi Osiyo kubogida 2-o‘rinni egallashdi

Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo kubogida O‘zbekiston sportchilari 14 ta medalni qo‘lga kiritishdi va umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egallashdi.

Chilonzor va O‘zbekiston metro liniyalari ishlash vaqtini o‘zgartiradi
18 may 2021, 11:33

Chilonzor va O‘zbekiston metro liniyalari ishlash vaqtini o‘zgartiradi

Poytaxt metrosining Chilonzor va O‘zbekiston liniyalari 21 maydan boshlab yangi jadval asosida ishlaydi.

Ijtimoiy so‘rov: har o‘ninchi respondent oilada ayollarga kuch ishlatish mumkin deb hisoblaydi
18 may 2021, 11:31

Ijtimoiy so‘rov: har o‘ninchi respondent oilada ayollarga kuch ishlatish mumkin deb hisoblaydi

«Ijtimoiy fikr» so‘rovnomasida ishtirok etganlarning ko‘pchiligi oilada kuch ishlatish mumkin emas deb hisoblaydi. Lekin 10,3 foiz respondentlar «ayol o‘z xatti-harakati bilan erini kuch ishlatishga majbur qilgan hollarda» kuch ishlatish mumkin, deb hisoblaydilar.

Yana bir million dozada xitoy-o‘zbek vaksinasi olib kelindi
18 may 2021, 10:58

Yana bir million dozada xitoy-o‘zbek vaksinasi olib kelindi

O‘zbekistonga xitoy-o‘zbek vaksinasining navbatdagi partiyasi 1 million dozada olib kelindi. Ertaga ushbu vaksinadan yana 500 ming doza vaksina olib kelinishi aytilmoqda.

Jahon banki suv ta’minoti va innovatsiyalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi
18 may 2021, 10:56

Jahon banki suv ta’minoti va innovatsiyalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi

O‘zbekiston va Jahon banki «O‘zbekistonda suv ta’minoti xizmatlari sektorini rivojlantirish va uni institutsional qo‘llab-quvvatlash» va «Milliy innovatsion tizimni modernizatsiya qilish» loyihalari bo‘yicha bitimlarni imzoladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev hisobidan talaba bo‘lgan Roziya
18 may 2021, 10:34

Prezident Shavkat Mirziyoyev hisobidan talaba bo‘lgan Roziya

Shavkat Mirziyoyev 14 may kuni Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga tashrifida Andijon viloyatidan noyabr oyida davolanish uchun kelgan 11-sinf o‘quvchisi Roziya Bozorboyeva bilan uchrashdi. Prezident Roziyaning Andijon tibbiyot institutiga kirish orzusiga javoban “Andijon tibbiyot institutiga bugun kirdi!” deya ta’kidladi.

Samarqandda 17 yoshli qizning murdasi topildi
18 may 2021, 10:06

Samarqandda 17 yoshli qizning murdasi topildi

Pastdarg‘om tumanidagi kanalda 17 yoshli qizning murdasi topildi. Qizning yaqinlari uning nomusiga tegib, keyin o‘ldirganini gumon qilishayotganini bildirgan. Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, marhumaning o‘limi, suvga cho‘kishdagi mexanik asfiksiyadan kelib chiqqanini va jinsiy a’zolarida tan jarohatlari aniqlanmaganligi aytilmoqda.

Samarqandda signal chalgan haydovchining avtomobilini jarima maydonchasiga qo‘ydirgan IIB rahbarlariga chora ko‘rildi
18 may 2021, 09:50

Samarqandda signal chalgan haydovchining avtomobilini jarima maydonchasiga qo‘ydirgan IIB rahbarlariga chora ko‘rildi

Samarqand viloyatida tuman IIB boshlig‘iga signal chalgan haydovchining mashinasi jarima maydonchasiga joylanishi yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazildi. Unga ko‘ra, Paxtachi tumani IIB Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori M.Tog‘ayevga hayfsan, YPX inspektori safdor F.Haitovga tanbeh intizomiy jazosi berildi. Tuman IIB boshlig‘ining harakatlari esa «Intizomiy kengash»da ko‘rib chiqiladi.

Maktab direktori ro‘mol o‘ragan qizlarga: «Saylovdan keyin ko‘rasizlar»
17 may 2021, 21:12

Maktab direktori ro‘mol o‘ragan qizlarga: «Saylovdan keyin ko‘rasizlar»

«Sizlarga tepadan vahiy tushdimi? Hozir indashmayotganining sababi — saylov o‘tishini kutishayapti, saylov o‘tib olsin, ko‘rasizlar. Qanaqadir tashkilotlar kelib surishtirishi kerakmi ota-onalaringni?» — Ijtimoiy tarmoqlarda Chinoz tumanidagi 45-maktab direktori ekani aytilayotgan ayolning ro‘mol o‘ragan o‘quvchi qizlar bilan suhbati aks etgan audioyozuv tarqaldi.

Jahon yangiliklari dayjesti
17 may 2021, 20:02

Jahon yangiliklari dayjesti

Hindistonga dovulli shamol va yomg‘irli siklon yaqinlashayotgani, Britaniya hukumatining hayvonlarni aqlli mavjudodlar deb tan olayotgani, Falastin-Isroil mojarosi bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Miralisher Islomov Gematologiya markaziga direktor etib tayinlandi
17 may 2021, 19:03

Miralisher Islomov Gematologiya markaziga direktor etib tayinlandi

Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga Miralisher Islomov direktor etib tayinlandi.

Andijonda guruh bo‘lib zo‘rlash holati Senat nazoratiga olindi
17 may 2021, 18:44

Andijonda guruh bo‘lib zo‘rlash holati Senat nazoratiga olindi

Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi Andijon tumanida yosh kelinchakning olti erkak tomonidan zo‘rlangani holatini nazoratga oldi.

Ekologiya qo‘mitasi ikkinchi qo‘ng‘ir ayiq ov qilinishiga ruxsatni bekor qildi
17 may 2021, 18:19

Ekologiya qo‘mitasi ikkinchi qo‘ng‘ir ayiq ov qilinishiga ruxsatni bekor qildi

Rossiyalik ovchiga berilgan ikkinchi Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘ini otish uchun berilgan ruxsat bekor qilindi, dedi Ekologiya davlat qo‘mitasi vakili. Qaror jamoatchilikning noroziligini inobatga olgan holda qabul qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting