Arxiv

Eng kam yillik mehnat ta’tili muddati uzaytirilishi mumkin
26 oktabr 2021, 16:42

Eng kam yillik mehnat ta’tili muddati uzaytirilishi mumkin

O‘zbekistonda davlat xizmatchilarining eng kam yillik mehnat ta’tili uzaytirilishi kutilmoqda. Yangi Mehnat kodeksi loyihasida mehnat ta’tili bo‘yicha qator o‘zgarishlar o‘rin olgan.

COVID-19 bemor onadan tug‘ilajak bolaga o‘tadimi?
26 oktabr 2021, 16:41

COVID-19 bemor onadan tug‘ilajak bolaga o‘tadimi?

Homilador ayollarda koronavirusni davolashda nimalarga e’tibor qaratish zarur? Infeksiyaga chalingan onadan kasallik tug‘ilajak bolaga o‘tadimi yoki bemor ona chaqalog‘ini ko‘krak suti bilan oziqlantirishi mumkinmi? Shu kabi savollarga Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktor o‘rinbosari, tibbiyot fanlari doktori Kamola Solihova javo berdi.

Dollarning rasmiy kursi pasaydi
26 oktabr 2021, 16:31

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 11,32 so‘mga pasayib, 10 683,68 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.

Toshkent metropoliteni Rossiyaning yana 20 ta vagonini qabul qildi
26 oktabr 2021, 16:23

Toshkent metropoliteni Rossiyaning yana 20 ta vagonini qabul qildi

Seshanba kuni Rossiyadan Toshkent metropoliteni uchun keltirilgan yangi 20 ta vagonlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» ma’lumotiga ko‘ra, mazkur metro vagonlari yangi texnik yechimlarga ega bo‘lib, elektr energiyasini 35 foizgacha tejaydi. Shuningdek, uchinchi avloddagi asinxron tortuvchi dvigatelining qo‘llanilishi ekspluatatsion xarajatlarni 40 foizgacha qisqartiradi.

Qashqadaryoda YTH oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
26 oktabr 2021, 16:15

Qashqadaryoda YTH oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Qamashi tumanida Nexia avtomashinasi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, Damas rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan. Oqibatda 3 kishi vafot etgan, yana bir nafar yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgan.

Talabalarni ijaraga qo‘yishdan olingan daromadni soliqqa tortmaslik taklif qilindi
26 oktabr 2021, 15:52

Talabalarni ijaraga qo‘yishdan olingan daromadni soliqqa tortmaslik taklif qilindi

Soliq to‘lovchining uy-joylarini talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlari soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritiladi. Moliya vazirligi tegishli qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qildi.

Kobulda ayollar o‘z huquqlarini talab qilib, namoyish o‘tkazdi
26 oktabr 2021, 15:20

Kobulda ayollar o‘z huquqlarini talab qilib, namoyish o‘tkazdi

Afg‘oniston poytaxtida ayollar o‘z huquqlarini talab qilib, «BMT sukunati — uyat», «Ayollar — odam», «Biz ochmiz» kabi shiorlar bilan namoyish o‘tkazdi. Ular BMTni «Tolibon»ga ayollar huquqlarini tan olishi uchun bosim o‘tkazishga chaqirdi.

Sotib olingan avtomobilni rasmiylashtirish uchun to‘lanadigan yig‘imlar bekor qilinadi
26 oktabr 2021, 14:02 2

Sotib olingan avtomobilni rasmiylashtirish uchun to‘lanadigan yig‘imlar bekor qilinadi

Avtomobillarni sotib olganda to‘lanadigan yig‘imlar bekor qilinishi kutilmoqda. Moliya vazirligining deputat so‘roviga javoban ma’lum qilishicha, avtomobilni rasmiylashtirish uchun davlat boji miqdori ham qayta ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston Rossiyaga COVID-vaksinatsiya sertifikatlarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi hujjatni yuboradi
26 oktabr 2021, 13:42

O‘zbekiston Rossiyaga COVID-vaksinatsiya sertifikatlarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi hujjatni yuboradi

O‘zbekistonda boshqa davlatlar bilan emlash sertifikatlarini o‘zaro tan olish bo‘yicha namunaviy hujjat tayyorlanmoqda. Noyabr oyi o‘rtalarida u ko‘rib chiqish uchun Rossiyaga yuboriladi.

Go‘sht, baliq, kartoshka mahsulotlari QQSdan ozod qilinadi
26 oktabr 2021, 12:12

Go‘sht, baliq, kartoshka mahsulotlari QQSdan ozod qilinadi

Prezident qarori bilan 10 oktabrdan 31 dekabrgacha bo‘lgan davrda go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), kartoshka hamda muzlatilgan baliqni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma va O‘zbekistonga olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi.

Prezidentning rasmiy belgilari qabul qilindi
26 oktabr 2021, 11:50

Prezidentning rasmiy belgilari qabul qilindi

Prezident faoliyatining asosiy kafolatlari to‘g‘risidagi qonunga davlat rahbarining rasmiy belgilari to‘g‘risidagi moddalar kiritildi. Endi prezidentning o‘z belgisi va shtandarti bo‘ladi.

Ishlab chiqaruvchilar tomonidan sotiladigan gazga aksiz solig‘i solinmaydi
26 oktabr 2021, 11:39

Ishlab chiqaruvchilar tomonidan sotiladigan gazga aksiz solig‘i solinmaydi

Prezident qarori bilan 1 oktabrdan yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekistonga import qilingan tabiiy gazni realizatsiya qilishda aksiz solig‘ining nol foizlik stavkasi belgilandi. 2022 yil 1 yanvardan ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan sotiladigan suyultirilgan gazga aksiz solig‘i solinmaydi.

«Saylov kuchli raqobat ruhida kechdi» — «Adolat» nomzodi Bahrom Abduhalimov
26 oktabr 2021, 11:35

«Saylov kuchli raqobat ruhida kechdi» — «Adolat» nomzodi Bahrom Abduhalimov

«Adolat» SDP prezidentlik saylovi «yangi O‘zbekistonga xos mutlaqo yangi siyosiy-huquqiy muhitda o‘tkazilganini» ma’lum qildi. «Ushbu prezidentlik saylovi ilk bor Saylov kodeksi asosida tashkil etilgani bilan ham ahamiyatlidir. U tenglik, ochiqlik va oshkoralik, ko‘ppartiyaviylik, muqobillik, kuchli raqobat ruhida kechdi», — deyiladi xabarda.

2020 yilda O‘zbekistonda atmosferaga 920 ming tonnadan ortiq ifloslantiruvchi moddalar chiqarilgan
26 oktabr 2021, 11:23

2020 yilda O‘zbekistonda atmosferaga 920 ming tonnadan ortiq ifloslantiruvchi moddalar chiqarilgan

O‘tgan yili O‘zbekistonda atmosferaga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalar miqdori 924,4 ming tonnani tashkil etdi. Eng yuqori ulush Toshkent va Qashqadaryo viloyatlariga to‘g‘ri kelgan.

«Yaxshi xabar tez tarqaladi» — Sherzodxon Qudratxo‘ja saylov natijasi e’lon qilinishdan avval kelgan tabriklar haqida
26 oktabr 2021, 10:58

«Yaxshi xabar tez tarqaladi» — Sherzodxon Qudratxo‘ja saylov natijasi e’lon qilinishdan avval kelgan tabriklar haqida

Sherzodxon Qudratxo‘ja prezident saylovlarining dastlabki natijalarini e’lon qilishdan avval bildirilgan tabriklar MSKni ham hayron qoldirganini ta’kidladi. «Yaxshi xabar tez tarqaladi. Shuning uchun hayratlanmasa ham bo‘ladi, menimcha», — deydi u.

Ilmiy darajaga ega muzey xodimlari maoshi oshirildi
26 oktabr 2021, 10:45

Ilmiy darajaga ega muzey xodimlari maoshi oshirildi

Ilmiy darajaga ega davlat muzeylari, muzey-qo‘riqxonalari, uy muzeylari xodimlari maoshi oshirildi. Fan doktorlari va yoki xorijiy davlatlarning ilmiy darajalarga ega bo‘lganlar maoshi 2,5 koeffitsiyentga, fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki falsafa doktori bo‘lganlarniki esa 2 koeffitsiyentga oshirildi.

AQSh Davlat departamenti O‘zbekistondagi prezident saylovlari bo‘yicha bayonot berdi
26 oktabr 2021, 10:11

AQSh Davlat departamenti O‘zbekistondagi prezident saylovlari bo‘yicha bayonot berdi

AQSh Davlat departamenti O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari yakunlari bo‘yicha e’lon qilgan bayonotida «AQSh O‘zbekiston xalqini o‘z saylov huquqidan foydalanishda qo‘llab-quvvatlashi» va «hukumat bilan kelgusida hamkorlik qilish tarafdori» ekanini ma’lum qildi.

Kobulda aholini bug‘doy evaziga ish bilan ta’minlash dasturi ishga tushirildi — OAV
26 oktabr 2021, 10:03

Kobulda aholini bug‘doy evaziga ish bilan ta’minlash dasturi ishga tushirildi — OAV

«Tolibon» hukumati Kobul tepaliklarida ariqlar qazishga aholini jalb qilib, ish haqi sifatida bug‘doy tarqatishini ma’lum qildi. Dastur doirasida 40 mingdan ortiq odam ish bilan ta’minlanadi va kelgusi ikki oy ichida mazkur tashabbus boshqa viloyatlarda ham joriy qilinishi rejalashtirilgan.

Toshkent aeroportida birinchi rasmiy spotting bo‘lib o‘tdi (foto)
26 oktabr 2021, 09:24

Toshkent aeroportida birinchi rasmiy spotting bo‘lib o‘tdi (foto)

Toshkent aeroportida 15 nafar aviatsiya ishqibozlari ishtirokida birinchi rasmiy aviaspotting bo‘lib o‘tdi. «Ko‘plab holatlar ta’sirida aeroport jurnalistlar, blogerlar va spotterlar uchun yopiq edi», — dedi Uzbekistan Airports rahbari Ra’no Jo‘rayeva. Tadbir qanday o‘tdi va spotterlar qanday fotosuratlarni qo‘lga kiritdi — «Gazeta.uz» maqolasida.

«Yangi O‘zbekistonni hammamiz birgalikda quramiz» — Shavkat Mirziyoyev
25 oktabr 2021, 22:58

«Yangi O‘zbekistonni hammamiz birgalikda quramiz» — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev saylovdagi raqiblari bildirgan takliflar albatta inobatga olinishini ma’lum qildi. «Biz kecha raqobat qilgan bo‘lsak, endi bir musht bo‘lib harakat qilishimiz kerak», — dedi u. Aholi tomonidan bildirilgan taklif va tanqidlarni «hayotimiz o‘zgargani, demokratik islohotlar natijasi» deb atadi. Shavkat Mirziyoyev g‘alabasini nishonlash marosimidan fotosuratlar.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting