Yevropa Ittifoqi Kengashi sun’iy intellektdan foydalanishni tartibga soluvchi dunyodagi birinchi qonunni ma’qulladi. Uning asosida xavf-xatar asnosidagi yondashuv yotadi: jamiyat uchun xavf qanchalik yuqori bo‘lsa, qoidalar shunchalik qattiqroq bo‘ladi. Hujjat bir oydan keyin kuchga kiradi.
Eronda prezident Ibrohim Raisiy vafotidan keyin navbatdan tashqari prezidentlik saylovi 28-iyunga belgilandi.
Yil boshidan buyon O‘zbekiston 3,42 mlrd dollarlik oltin eksport qildi, bu o‘tgan yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan 11,8 foizga ko‘p. Ushbu qimmatbaho metallning mamlakat umumiy eksportidagi ulushi 40 foizdan oshdi.
22-may kuni Eronda o‘tadigan marhum prezident Ibrohim Raisiy bilan vidolashuv marosimida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etadi. Unga Qonunchilik palatasi cpikeri Nurdinjon Ismoilov boshchilik qiladi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi sport tashkilotlari bilan birga Parijda o‘tadigan yozgi olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik uchun yanvar-mart oylarida 73,3 mlrd so‘m mablag‘ sarfladi. Bu sportchilarning tayyorgarligi, ularga anjom va inventarlar xarid qilish, tashkilotlarning ustav xarajati va boshqalar uchun yo‘naltirildi.
Sud o‘tgan yil oxirida kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha o‘tkazilgan reydlarda ushlangan yana uch nafar shaxsga nisbatan hukm o‘qidi. Xasan va Xusan Sabirdjanovlar qariyb 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi, Marat Urazovga salkam 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.
Davr Bank`ning yangi ilovasi — Davr Mobile 2.0 taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Endi bank mijozlari har oy oxirida tranzaksiyalar tarixini ko‘rishi va hisobotlar tuzishi mumkin.
O‘tgan oyda O‘zbekistonda gaz (-6,1 foiz), ko‘mir (-25,8), neft (-1,3), benzin (-12,5) va dizel (-12,5) ishlab chiqarish hajmi 2023-yil apreliga nisbatan kamaydi. Elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 27,6 foizga oshdi.
Toshkent viloyati Qibray tumanida maishiy chiqindi poligoni quriladi. Buning uchun “May” MFY hududidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan 6 gektar yer maydoni ajratiladi.
Shavkat Mirziyoyev Eronning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurib, prezident Ibrohim Raisiy vafoti munosabati bilan Eron xalqiga hamdardlik bildirdi. Davlat rahbari hamdardlik kitobiga taskin so‘zlarini yozib qoldirdi.
14−16-may kunlari Yerevanda Delivering Impact Together biznes-forumi doirasida ANORBANK vakillari yevropa banklari delegatlari, shuningdek, boshqa moliya institular vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazishdi.
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qilib, Rossiya prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonini muhokama qildi.
Poytaxtdagi Kichik halqa avtomobil yo‘li, shuningdek, Qorasaroy ko‘chasining bir qismi 26-maygacha soat
2024-yilda “O‘zsanoatqurilishbank” xalqaro moliya bozoridan 3,1 mlrd dollarlik qarz mablag‘larini jalb qilishni rejalashtirmoqda. Milliy bank zargarlik va xizmat ko‘rsatish sohalarida umumiy qiymati 6 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshirish niyatida, deya xabar qildi prezident matbuot xizmati.
2024-yilning dastlabki to‘rt oyida O‘zbekistonga gaz importi 460 mln dollardan oshdi (aprelda — 102,6 mln dollar), bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 barobar ko‘p. Bu davrda “moviy yonilg‘i” eksporti 52,3 mln dollarni tashkil etdi. Yetkazib berishdagi farq 410 mln dollarga yetdi.
Qosim-Jomart Toqayev Qozog‘iston va O‘zbekistonning ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Hujjat siyosiy, savdo-iqtisodiy, tranzit-transport, energetika, fuqaro mudofaasi va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.
Qashqadaryo viloyatida ekilmagan 48 348 tup daraxt qo‘shib yozilgani, Andijonda 1128 tup daraxt sug‘orilmaydigan yerlarga ekilgani yuzasidan mansabdorlarga nisbatan chora ko‘rildi. Toshkentda esa 175 tup qimmatbaho daraxtlarni qarovsiz qoldirib, nobud qilingani bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
24−26-may kunlari Samarqanddan Toshkentga “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, Buxoro va Qarshidan qatnovchi poyezdlarning harakat vaqtiga o‘zgartirish kiritildi.
Sirdaryo viloyatidagi “Muruvvat” uyida autsorsing asosida ishlayotgan xodimlar muassasada davolanayotgan aqli zaif bemor ayolni mazax qilib, buni videotasvirga olgani aniqlandi. Ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi, IIB surishtiruv ishlarini boshladi.
Qashqadaryo viloyatida 52 yoshli ayolning bank kartasidan 2 mln so‘m o‘g‘irlandi. Bu jinoyatni shu viloyatda yashovchi yigit ayolga Telegram`da havola yuborish va karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali sodir etgani ma’lum bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting