2020-yildan beri Bosh prokuraturaning boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan Murodullo Abduhakimov Andijon viloyati prokurori lavozimida ish boshladi.
Qozon shahriga tashrif doirasida prezident Shavkat Mirziyoyevni Tatariston Respublikasining davlat mukofoti — “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Sherzod Shermatov o‘zbek yutuberlariga inglizcha kontent qilishni tavsiya etib, shu tildagi auditoriya juda kattaligini aytdi. “O‘zbekcha kontent qilib qancha daromad topasizu, inglizcha kontentdan qancha daromad topasiz? Shuning uchun tayyor ishlab turgan monetizatsiya mexanizmidan ko‘proq foydalanish kerak”, — dedi u.
Norvegiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi taqiqlanmoqda. Hozirda mamlakatda bunday cheklov 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun amal qiladi. Avvalroq Avstraliyada ham bu masala ko‘rib chiqilayotgandi.
BMTTD Yaponiya hukumati ko‘magida Termiz shahrida IT, tadbirkorlik va chet tillarini o‘rganish yo‘nalishlarida kasb-hunar o‘rgatish bo‘yicha yoshlar markazi ochdi.
Qozog‘iston bilan chegarada bojsiz savdo zonasi tashkil qilish rejasi, Hindiston va Turkiya rahbarlari bilan uchrashgan Mirziyoyev, Senat yalpi majlisida ko‘rib chiqilgan qonunlar, 2026-yilga rejalashtirilayotgan aholini ro‘yxatga olish ishlari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Senatorlar yerni o‘zboshimchalik bilan egallash va unda qurilish qilish, uchastka bilan ta’minlash tartibini buzish va tabiiy resurslarga mulk huquqini buzish uchun jazo choralarini kuchaytirishni ma’qulladi.
Yanvar-sentabrda muomaladagi naqd pul ulushi yillik ko‘rsatkichda 3,2 foiz bandga — 23,9 dan 20,7 foizga pasaydi, deb xabar qildi Markaziy bank. Karta egalari mablag‘larini tobora kamroq naqdlashtirmoqda.
Oxirgi 8 yil ichida O‘zbekistonda gazetalar soni 91 taga, radiolarniki esa 6 taga kamaydi. AOKA direktoriga ko‘ra, hozirda axborotga ko‘proq ishlov berilyapti va uni yetkazish xarajati ozayib bormoqda. Bosma nashrlar esa raqobatga chidolmayapti. “Ular baribir qisqaradi, bu dunyodagi umumiy tendensiya”, — dedi u.
Oybek Shaxavdinov O‘zbekistonning Xorvatiyadagi birinchi elchisi bo‘ldi, u mart oyidan buyon mamlakatning Vengriyadagi elchisi lavozimida ham ishlab kelmoqda.
AQSh sobiq prezidenti Barak Obama Detroyt shahrida Kamala Harrisni qo‘llab-quvvatlash mitingida rep o‘qidi. Shuningdek, Eminem chiqish qilib, saylovlarga borish va Harris nomzodini qo‘llab-quvvatlashni so‘radi. Avvalroq Donald Tramp McDonaldʼs`da kartoshka qovurgandi.
Shavkat Mirziyoyev Qozon shahrida BRIKS sammiti doirasida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar strategik sheriklikni chuqurlashtirish masalalarini ko‘rib chiqdi. Sog‘liqni saqlash, ta’lim, mashinasozlik sohalariga alohida e’tibor qaratildi.
Samarqandda o‘tkazilgan Hududlararo hamkorlik forumi va biznes forumi doirasida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida 352 mln dollarlik 76 hujjat imzolandi. Abdulla Aripov mamlakatlarda hali foydalanilmagan ulkan salohiyat borligini aytdi. Qozog‘iston eksport ta’minotini 550 mln dollarga oshirishga tayyor.
Markaziy bank raisi o‘rinbosari Behzod Hamrayev nima uchun O‘zbekistonda inflyatsion targetga erishish muddati 2025-yil emas, 2026-yilga to‘g‘ri kelishi kutilayotganini izohladi. Muddatning uchinchi bor kechiktirilishiga energotariflarning ikki bosqichda oshirilishi va boshqa omillar ta’sir qilgan.
Shimoliy Koreya Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etish uchun Rossiyaga 3000 nafar harbiyni yubordi, deb xabar berdi Janubiy Koreya razvedkasi. Pentagon KXDR askarlari Rossiyaga jo‘natilganini tasdiqladi, ammo ular u yerda nima bilan mashg‘ul ekani hozircha noma’lumligini bildirdi.
BRIKS sammitida ishtirok etish uchun Qozon shahriga borgan O‘zbekiston prezidenti Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan muloqot o‘tkazdi. Ular texnologiyalar, sun’iy intellekt, sanoat, energetika kabi sohalarda hamkorlik masalalariga to‘xtaldi.
Turkiyaning Turkish Aerospace aviakompaniyasi bosh qarorgohi yaqinida terakt sodir bo‘ldi, besh kishi halok bo‘ldi, 22 kishi yaralandi.
Mahalliylashtirish import o‘rnini bosish emas, balki narx bo‘yicha ham, sifat bo‘yicha ham raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish, eksportni ham ko‘paytirishdir, deya ta’kidlandi prezident bilan uchrashuvda. “O‘zavtosanoat” 2 mlrd dollarlik import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
Yangilandi: Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 28−29-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lishi reja qilingandi. Biroq uning tashrifi keyinga qoldirildi.
Senatorlar O‘zbekistonda yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan tortib olishga qarshi kurashishda ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Bunday jinoyatlarni tergov qilish prokuratura organlarining vakolatiga qiritilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting