Benzin narxi oshishi haqidagi xabarlarga javoban «O‘zbekneftgaz» kompaniyasi o‘z yoqilg‘i quyish shoxobchalarida faqat Ai-80 benzini narxini ushlab turganini aytdi. Ai-91, 92 va 95 rusumli yoqilg‘i import xomashyosidan ishlab chiqariladi, shuning uchun uning narxi nisbatan yuqori, deya ta’kidladi kompaniya. Avvalroq Energetika vazirligi ham xuddi shunday bayonot bilan chiqqan edi.
DBQ va DXX xodimlari Xorazmda 530 ming dollarga simob va quyma platina sotishga uringan shaxslarni qo‘lga oldi. Metallarning haqiqiy narxi — 103 ming dollar.
Safia va Madina-Muxlisa Star kompaniyalari Toshkentning «Bog‘ishamol» istirohat bog‘i hududidagi 1,2 gektarlik yer uchun sudlashmoqda. Avvalroq Safia yaqindagina 40 mlrd so‘m evaziga qurilgan yangi zavod binosini saqlab qolishni so‘rab prezidentga murojaat qilgan edi. Madina-Muxlisa Star esa shahar hokimligi yerni zaxiraga olish va uni qandolatchilik firmasiga ajratish to‘g‘risida noqonuniy qaror qabul qilgan, deb hisoblamoqda. Tuman hokimligi ham izoh berdi. «Gazeta.uz» barcha tomonlarning fikrlarini to‘pladi.
Prezident qarori bilan 82 turdagi xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar import bojxona bojidan ozod qilindi. Mazkur hujjat davlat rahbarining tadbirkorlar bilan uchrashuvida bildirilgan takliflardan kelib chiqib qabul qilindi.
Saylov uchastkasini qanday aniqlash mumkin? Saylov byulleteni qanday to‘ldiriladi va uni suratga olish mumkinmi? «Gazeta.uz» saylov kuni qanday va qayerda ovoz berish mumkinligi haqidagi savollarga javob beradi.
Somsa-sho‘rva, dangasa somsa, «Parmuda», kabob, tovuq va pishloqli — Zira.uz barchaga manzur keladigan somsalar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Rossiyaliklarning aksariyati ishlanmaydigan kunlarda O‘zbekistonga uchmoqchi ekani, Baydenning Xitoy bilan sovuq urushni xohlamasligi, Trampning yangi ijtimoiy tarmog‘iga xakerlar hujum qilgani, Belarusda niqob rejimi bekor qilingani, Aktyor Alek Bolduinni tasvirga olish paytida tasodifan operator va rejissyorni otib qo‘ygani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Abdulaziz Kamilovning Rossiya OAVlari uchun o‘tkazgan matbuot anjumani, Nogironlar, Karlar va Ko‘zi ojizlar jamiyatlari Senatga murojaati, farzand asrab olish tartiblarini soddalashtirishga qaratilgan qonunni imzolanishi — “Gazeta.uz"ning 22 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
TIV rahbari Abdulaziz Kamilov AQSh harbiylarini O‘zbekistonga joylashtirish imkoniyatlari haqidagi savolga javob berar ekan, O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi strategik sherikchilik to‘g‘risidagi deklaratsiyasida «o‘zaro munosabatlarimiz chegaralari» belgilab berilganini eslatdi. «Ko‘plab siyosiy maslahatlashuvlarda amerikaliklarga bu narsa O‘zbekiston uchun mutlaqo qabul qilinmasligi yetkazilgan», — dedi vazir.
O‘zbekiston hukumati hozircha KXSHTga qaytish zaruriyatini ko‘rmayapti, aniq tahdidlarni aks ettirish vazifasi bor, deya ma’lum qildi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov. «Biroq hodisalar, vaziyatning qanday rivojlanishini Xudo biladi. Hamkorlik shakllari ham o‘zgarishi mumkin», — deya qo‘shimcha qildi u.
TEXNOPARK MCHJ har qanday ehtiyojlar va ish sharoitlari uchun Shivaki iqlim tizimlarini taklif qiladi. Uskunalar uchun uch yillik kafolat beriladi.
YeTTB boshqaruvidagi Markaziy Osiyo uchun Ekologik qayta tiklash hisobi Yangiobod va Chorkesardagi eski uran shaxtalarini yopish uchun 2 mln yevro miqdorida grant ajratadi.
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov hozirda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar o‘z rivojlanishining eng yuqori cho‘qqisida ekanligini ta’kidladi. U, shuningdek, O‘zbekistonda rus tili millatlararo muloqot tili bo‘lib qolayotganini, Rossiyada o‘zbek tiliga qiziqish borligi haqida qo‘shimcha qildi. Vazir noyabrda bo‘lishi kutilayotgan O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga tashrifi uchun katta hujjatlar to‘plami tayyorlanganligini ma’lum qildi.
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekiston hukumati mamlakatga toliblar mafkurasining kirib kelishidan xavfsiramasligini ta’kidladi. «Toliblar qandaydir mafkurani eksport qilishni boshlashiga juda ko‘p vaqt talab etiladi», dedi u. Vazir harakat va uning rahbarlarining dunyoqarashi o‘zgarib borishi mumkinligini ham qayd etdi.
Toshkentning Olmazor tumanida 19 yoshli Nexia-3 haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketdi va Spark bilan to‘qnashdi. Natijada Spark yo‘lovchisi halok bo‘ldi.
Tijorat banklari tomonidan valyutada 1 mln dollargacha qarzi bo‘lgan (umumiy qarzdorlik 2,5 mlrd dollar) 15 mingdan ortiq korxonalarning xorijiy valyutada ajratilgan kreditlarni so‘mga o‘tkazish bo‘yicha takliflar yuborilgan. Markaziy bank raisining aytishicha, 561 ta kompaniya valyutadagi kreditlarini so‘mga o‘tkazishga rozilik bildirgan, lekin bu amaliyot kelgusida ham davom etadi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 11,02 so‘mga ko‘tarilib, 10 703,02 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.
Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, 14−20 oktabr kunlari prezidentlik saylovlarida muddatidan oldin ovoz berish jarayonlarida jami 421 618 nafar fuqaro qatnashdi.
O‘zbekiston Ayollar, tinchlik va xavfsizlik global indeksida 170 ta mamlakat ichidan 74-o‘rinni egalladi. Reyting ayollarning xavfsizligi, ularning parlamentdagi ulushi, diskriminatsion normalar singari kategoriyalar asosida tuzilgan.
23 oktabr kuni Samarqandda yangi KFC restoranining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Tadbir doirasida shou dastur bo‘lib o‘tadi va mehmonlar sovg‘alar yutib olishlari mumkin bo‘ladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting