UzAuto Motors 2022 yilgi yangi Chevrolet Captiva krossoverining to‘rtta komlektatsiyada sotilishi boshlanganini e’lon qildi. Narxlar 192,7 million so‘mdan boshlanadi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 9,88 so‘mga ko‘tarilib, 10 675,61 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa pasaydi.
O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona shahrida 300 gektar maydonda 40 ming aholiga mo‘ljallangan zamonaviy “Eko shahar” barpo etishni taklif qildi. Shaharchada 25 qavatgacha bo‘lgan uylar, ijtimoiy infratuzilma obyektlari, 70 gektar maydonda “Yangi O‘zbekiston” bog‘i bunyod qilinadi.
Farg‘onada elektromobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Loyiha Central Asia Motors korxonasi negizida Xitoyning Hong Kong ZRSC kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Loyihaning umumiy qiymati 55 mln dollar.
«Milliy tiklanish» partiyasidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov so‘nggi paytlarda mahallalarga juda ko‘p vazifalar yuklab yuborilayotganini tanqid qildi. Uning ta’kidlashicha, mahalla aslida «odamlarni birlashtiradigan, maslahat, muloqot qiladigan maskan bo‘lishi kerak».
Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda, agar prezidentlikka saylansa, alohida ta’lim dasturi qabul qilinishini va’da qildi. “Men muallimning maoshini 1000 dollarga yetkazmaguncha to‘xtamayman”, — dedi u. Prezidentlikka nomzod tibbiyotda yangi tartibni joriy etish rejalari haqida ham gapirdi. Unga ko‘ra pul kasalxonalarga emas, balki bemorlarning o‘ziga ajratiladi.
O‘zbekistonda 12 yoshdan katta bolalar shifokor ko‘rigidan o‘tgach, ota-onalar va vasiylarining roziligi asosida COVID-19`ga qarshi Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlanishga ruxsat berildi.
Toshkent markazidagi Senat binosini rekonstruksiya qilish doirasida 5,2 mlrd so‘mga o‘simliklar, 1 mlrd so‘mlik suvenirlar, portugal marmaridan plitalar va 1,1 mlrd so‘mlik ustunli kapitel va boshqaalar sotib olindi.
Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi ta’sis yig‘ilishi o‘tkazildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, mahalliy davlat organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitish va «Korrupsiyasiz soha» loyihasini amalga oshirish uning asosiy vazifalaridan etib belgilandi.
Yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga qiymati 316,6 mln dollarga teng bo‘lgan qariyb 15 mingta yengil avtomobil import qilindi. Avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4350 taga kamaygan.
O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ajratilayotgan pullarni adolatli ishlatilishi uchun jamoatchilik nazorati kerakligini ta’kidladi. «Chunki korrupsiya yo‘q desak yolg‘on bo‘ladi, korrupsiya ichimizda yuribdi. Korrupsiyaga qarshi butun jamoatchilik bilan kurashishimiz zarur», — dedi u.
Prezident qarori bilan O‘zbekiston Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalarida xorijiy davlatlar harbiy kadrlari o‘qitiladi. Ular kirish imtihonlarisiz o‘qishga qabul qilinadi.
“O‘zavtosanoat” UzAuto Motors zavodi bazasida Chevrolet Onix va Tracker avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun 427,7 mln dollar yo‘naltiradi. Loyihaning 2022 yil sentabrida ishga tushishi kutilmoqda.
Kecha kun davomida O‘zbekistonda 406 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 5 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, dushanba kuni 37 kishida pnevmoniya qayd etildi, 2 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.
Ikkinchi fuqarolikni olgan shaxslarga davlat organlariga xabar bermaganligi uchun javobgarlik belgilanishi mumkin. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari «qonunchilikdagi bo‘shliq»ni bartaraf etishga qaratilgan qonun loyihasini ma’qulladi.
Namangan viloyatida «Yangi O‘zbekiston» bog‘ini qurish rejalashtirilmoqda. U Toshkent viloyatida barpo qilingani kabi O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasini ifodalovchi daraxtning beshta shoxi ko‘rinishida bunyod etiladi. Shuningdek, «Yangi Namangan» shaharchasini qurish ham rejalashtirilmoqda.
O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev namanganlik saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida har kuni raqiblardan ham ko‘p narsa o‘rganishi kerakligini aytib o‘tdi. U boshqa nomzodlarning hayotni bilmasligini, bu bilan ularni yomonlash niyati yo‘qligini ta’kidladi.
Qumqo‘rg‘on tumanida Lacetti haydovchisi YPX xodimi iltimosiga bo‘ysunmasdan, uni kapotda 3 km dan oshiq masofaga haydab ketdi. Huquqbuzarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Shavkat Mirziyoyevning namanganlik saylovchilar bilan uchrashuvi, talabalarga ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi belgilanishi, Abdulaziz Kamilovning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining Tashqi ishlar vazirlari kengashidagi ishtiroki — “Gazeta.uz"ning 27 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Yevropa Ittifoqining 2 mingdan ortiq muhojirni Belarusga chiqarib yuborishga harakat qilgani, «Tolibon»ning erkaklarga soqol olishni taqiqlagani, Kritdagi kuchli zilzila va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting