O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Afg‘oniston havo kuchlariga tegishli samolyotning Surxondaryoda qulab tushganini tasdiqladi. «Davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga urinishning oldi olingan», — deya qayd etdi vazirlik. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ikki yil oldin yo‘l harakati qoidalarini buzganlik haqidagi videolarni yuklash uchun sayt ishga tushirildi. U yo‘ldagi qoidabuzarliklarga qarshi kurashning samaradorligini oshirishga xizmat qilishi kerak edi. Biroq, amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, DYHXX inspektorlari yaqqol qoidabuzarlikni rad etishlari, yengilroq jazo tayinlashlari yoki uni umuman «payqamasliklari» ham mumkin.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anga ushbu mamlakatda ro‘y bergan halokatli suv toshqinlar oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Buxoroda 10 ming dollar evaziga vakolatli tanishlari yordamida uy-joy qurish uchun yer olib berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga tushdi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining firibgarlik va pora berish moddalari bilan ish ochildi.
Dollarning rasmiy kursi 23,00 so‘mga pasaydi va jami 10 660,00 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl kursi ham biroz pasaydi, yevro kursi ko‘tarildi.
Kobul aeroportida yuzlab odamlar Afg‘onistondan uchadigan so‘nggi samolyotlarga tirmashib chiqishayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Ulardan ba’zilari samolyotlarning bortiga, ba’zilari esa tezlikni oshirayotgan samolyot tagiga qo‘llari bilan ilinmoqchi bo‘lganlar. Hozirda aeroportdagi holatlardan so‘ng bir necha kishi halok bo‘lgan.
Bolani 7 yoshga yetmasdan maktabga berish qanchalik to‘g‘ri? Bunday yoshda bolaning ruhiy va jismoniy holatida qanday o‘zgarishlar kuzatiladi? Maktab yoshidagi bolada qanday ko‘nikmalarni shakllantirish kerak? Tibbiyot fanlari doktori, professor Shoanvar Shomansurov ushbu savollarga javob berdi.
Sud majlisida qo‘shiqchi Jahongir Otajonov IIB xodimlarini haqorat qilganini tan oldi va qilgan ishidan pushanmon ekanligini bildirdi. Shuni hisobga olgan holda sud uni javobgarlikdan ozod qilib, ogohlantirish bilan cheklandi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hududlarni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha biznes-tahlil va tavsiyalar tayyorlaydi. Beshta viloyatda markaz filiallari ochiladi.
Shavkat Mirziyoyev 71 yoshida olamdan o‘tgan muftiy Usmonxon Alimovning xonadoniga tashrif buyurib, uning yaqinlariga ta’ziya izxor etdi. «Hammamiz uchun katta yo‘qotish bo‘ldi. Ulug‘ inson edilar», — dedi prezident.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning mahalliy ommaviy axborot vositalariga bergan birinchi intervyusi 17 avgust kuni “Yangi O‘zbekiston” gazetasida e’lon qilinadi.
BMT bosh kotibi Antoniu Gutterish Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha munosabat bildirib, gumanitar yordam yetkazib berish imkoniyatini ta’minlash uchun tomonlarni «maksimal darajada bosiq bo‘lishga» chaqirdi. Shuningdek, bosh kotib ayollar va qizlarning kelajagidan xavotirda ekanligi ta’kidladi. Dushanba kuni Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha BMT Xavfsizlik Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi o‘tkaziladi.
Xabarlarga ko‘ra, Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida Afg‘oniston farqlash belgilari bo‘lgan samolyot qulab tushdi. Hozircha rasmiy izohlar bo‘lmadi.
Hafta boshida respublika bo‘ylab salqin ob-havo saqlanib turadi. Chorshanba kuni Eron hududlaridan nisbatan issiq ob-havo kirib keladi. Havo harorati haftaning oxiriga kelib, kechalari +18…+20 darajagacha, kunduz kunlari +36…+38 darajagacha ko‘tariladi.
«Tolibon» harakati vakillari Al-Jazeera telekanali efirida «Afg‘onistonda urush tuguganligi» haqida e’lon qildi. Shuningdek, ular «harakat har bir qadamini mas’uliyat bilan bosishini va barcha tomonlar bilan tinch munosabatlarni saqlash niyatida» ekanligini ta’kidlashmoqda. Toliblar boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmasligini qayd etdi.
60 dan ortiq mamlakatlar qo‘shma bayonot bilan chiqib, chet elliklar va mamlakatni tark etmoqchi bo‘lgan afg‘on fuqarolarini xavfsiz chiqib ketishini ta’minlashga chaqirdi.
Yakshanba kuni «Tolibon» Afg‘oniston hududida o‘z nazoratini o‘rnatganligini e’lon qildi. Xalqaro munosabatlar sohasi bo‘yicha mutaxassis Yuriy Saruxanyan Afg‘onistonda hokimiyat o‘zgarishi O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida fikr yuritadi.
Kecha kun davomida O‘zbekistonda 877 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 5 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, yakshanba kuni 479 kishida pnevmoniya qayd etildi, 3 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.
Olmaliq shahrida 36 kishi muzqaymoqdan zaharlanib, shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Ulardan 31 nafariga ruhsat berilib, besh nafarining ahvoli o‘rtacha deb baholanmoqda. Bundan tashqari, huddi shu tashxis bilan yana 1Z nafar bemor tibbiyot birlashmasiga yotqizilgani aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Koson tumani hokimligi panjaralari Qashqardayo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tanqididan so‘ng olib tashlandi. Tuman ma’muriyati fuqarolar bilan ishlashda ochiqlik va oshkoralikka doim amal qilinishi, hokimlik xalq bilan o‘rtadagi har qanday to‘siqni olib tashlash tarafdori ekanini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting