Arxiv

2020 yilda aholi 11,5 million marta «tez yordam» chaqirgan
27 yanvar 2021, 13:58

2020 yilda aholi 11,5 million marta «tez yordam» chaqirgan

2020 yilda «tez yordam» xizmatlariga 11,5 milliondan ko‘proq murojaat kelib tushgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 1,5 million marotaba ko‘proq. Eng ko‘p chaqiriqlar Farg‘ona, Andijon, Toshkent va Namangan viloyatlari hamda Toshkent shahrida kuzatilgan.

30 iyul — «Xalqlar do‘stligi kuni» etib belgilanadi
27 yanvar 2021, 13:49

30 iyul — «Xalqlar do‘stligi kuni» etib belgilanadi

Qonunchilik palatasi 30 iyulni Xalqlar do‘stligi kuni sifatida belgilaydigan qonunni qabul qildi. 2011 yilda BMT ushbu canani Xalqaro do‘stlik kuni deb e’lon qilgan.

Shavkat Mirziyoyev yoshlar masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi
27 yanvar 2021, 13:18

Shavkat Mirziyoyev yoshlar masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev chorshanba kuni yoshlar masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi. Yig‘ilishda ilk bor rasmiy statistikada hisobga olinmagan yoshlar orasidagi ishsizlik ko‘rsatkichlari e’lon qilinishi kutilmoqda.

Tilni mensimaslik uchun jarima oshirilishi kutilmoqda
27 yanvar 2021, 12:47

Tilni mensimaslik uchun jarima oshirilishi kutilmoqda

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish haqidagi moddaga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilmoqda. Unga ko‘ra, ta’limda tilni erkin tanlash huquqlarini buzish, davlat tilini mensimaslik uchun jarima miqdori oshiriladi.

Avtofura haydovchilaridan chegarada pul undirib kelgan jinoiy guruh ushlandi
27 yanvar 2021, 12:18

Avtofura haydovchilaridan chegarada pul undirib kelgan jinoiy guruh ushlandi

DXX, Antikorrupsiya agentligi va DBQ tomonidan Toshkent viloyatidagi «Yallama» postida bojxona rasmiylashtiruvini tezlashtirish evaziga pul undirib kelgan guruh qo‘lga olindi.

Marhum olim Andrey Kubatin va uning oilasiga yetkazilgan zararni undirish bo‘yicha sud boshlandi
27 yanvar 2021, 11:41

Marhum olim Andrey Kubatin va uning oilasiga yetkazilgan zararni undirish bo‘yicha sud boshlandi

25 yanvar kuni marhum olim Andrey Kubatinning nohaq qamalgani va uning oila a’zolariga yetkazilgan ma’naviy zararni qoplash yuzasidan Uchtepa tumanlararo sudida sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Ma’naviy zarar undirish bo‘yicha da’voni marhumning opasi Klara Saxarova kiritgan. Javobgar sifatida Toshkent shahar Moliya boshqarmasi sudga jalb etilgan va yetkazilgan ma’naviy zarar uchun 3,5 mlrd so‘m mablag‘ undirish so‘ralgan.

YPX xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan haydovchiga 8 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi
27 yanvar 2021, 11:33

YPX xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan haydovchiga 8 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi

Qashqadaryoda haydovchi hujjatlari yo‘qligi sababli YPX xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, o‘zaro janjalni yuzaga keltiradi. Bundan tashqari, mashina davlat raqamisiz bo‘lgani ma’lum qilingan. Fuqaroga nisbatan 8 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

YPX xodimlari piyoda xizmat olib borishdan voz kechadi
27 yanvar 2021, 11:24

YPX xodimlari piyoda xizmat olib borishdan voz kechadi

YPX xodimlarining piyoda xizmat olib borish tizimidan bosqichma-bosqich voz kechishi rejalashtirilmoqda. Qoidabuzarliklarni faqat patrul avtomobillari orqali aniqlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Yerni rasmiylashtirish uchun 15 ming dollar so‘ragan sobiq kadastr xodimi qo‘lga olindi
27 yanvar 2021, 11:23

Yerni rasmiylashtirish uchun 15 ming dollar so‘ragan sobiq kadastr xodimi qo‘lga olindi

Andijon tumanidagi sanoat hududida 30 sotix yerni tadbirkorga 15 ming dollar evaziga olib berishni va’da qilgan sobiq kadastr xodimi qo‘lga olindi. Andijon shahar sudi tomonidan unga 2 yil 2 oylik axloq tuzatish jazosi tayinlangan.

Bayden va Putin ilk bora telefon orqali muloqot qildi. Asosiy mavzular
27 yanvar 2021, 11:10

Bayden va Putin ilk bora telefon orqali muloqot qildi. Asosiy mavzular

Rossiya perezidenti Vladimir Putin va AQSH prezidenti Jozef Bayden o‘rtasida birinchi marta telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Suhbat chog‘ida davlat rahbarlari «Ochiq osmon» shartnomasi, Ukrainaning ichki kelishuvi va pandemiya davridagi hamkorlik masalalariga to‘xtalishdi.

Dunyo bo‘yicha COVID-19 bilan kasallanganlar soni 100 milliondan oshdi
27 yanvar 2021, 10:41

Dunyo bo‘yicha COVID-19 bilan kasallanganlar soni 100 milliondan oshdi

Dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 100 mln 248 mingdan oshdi. Eng ko‘p zararlanganlar AQSH, Hindiston, Braziliya, Rossiya va Buyuk Britaniya mamlakatlarida bo‘lib turibdi.

Energoresurs tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanganlar 7 yilgacha qamalishi mumkin
27 yanvar 2021, 10:36

Energoresurs tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanganlar 7 yilgacha qamalishi mumkin

Bosh prokuratura elektr, issiqlik energiyasi, gaz va suv ta’minotidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni taklif qilmoqda. Eng yuqori jazo chorasi — 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish deb belgilangan.

2020-yilgi Davlat dasturining 78 ta bandi ijrosi to‘liq ta’minlanmagan
26 yanvar 2021, 23:54

2020-yilgi Davlat dasturining 78 ta bandi ijrosi to‘liq ta’minlanmagan

Hukumatning Qonunchilik palatasiga taqdim etgan hisobotiga ko‘ra, 2020-yilgi Davlat dasturining 284 ta bandidan 206 tasi to‘liq bajarilgan. 20 tasining muddati uzaytirilgan va 58 ta bandning ijrosi hanuz davom etmoqda.

Barcha darajadagi rahbarlar o‘z sohasi bo‘yicha mahallalardagi holatni o‘rganadi
26 yanvar 2021, 20:42

Barcha darajadagi rahbarlar o‘z sohasi bo‘yicha mahallalardagi holatni o‘rganadi

Prezident barcha darajadagi rahbarlarga o‘z sohasi bo‘yicha mahallalardagi holatni o‘rganishga oid topshiriq berdi. Yig‘ilishda vertikal tizim yo‘lga qo‘yilishi, unga 20 mingdan ortiq xodim jalb etilishi va masalani joyida hal etish bo‘yicha ularga barcha vakolatlar berilishi aytildi.

Jahon yangiliklari dayjesti
26 yanvar 2021, 20:14

Jahon yangiliklari dayjesti

Italiya bosh vazirining iste’fosi, AQSH tarixida ilk bor ayol kishining Moliya vazirligi rahbari etib tayinlangani, Floridaning bu yilgi Olimpiadani o‘tkazishni taklif qilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Navoiyda ko‘tarma kran qulab tushdi, bir kishi jarohatlandi
26 yanvar 2021, 19:15

Navoiyda ko‘tarma kran qulab tushdi, bir kishi jarohatlandi

Navoiy viloyatida ko‘p qavatli uy qurilishiga jalb etilgan ko‘tarma kran qulab tushdi, natijada kran boshqaruvchisi jahorat oldi. U hozir shifoxonaga yotqizilgani aytilmoqda. Ko‘p qavatli turar-joyni qurayotgan kompaniyaga oid ma’lumotlar qurilish tashkilotlari reytingida mavjud emas.

Turkiston — Toshkent tezyurar poyezdi yo‘lga qo‘yiladi
26 yanvar 2021, 18:13

Turkiston — Toshkent tezyurar poyezdi yo‘lga qo‘yiladi

Qozog‘iston bosh vaziri Askar Mamin Qozog‘istondan O‘zbekistonga yangi tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilishini e’lon qildi. Tezyurar poyezd Turkiston — Chimkent — Toshkent yo‘nalishida harakat qiladi.

2020 yilda O‘zbekiston YAIMining hajmi 1,6 foizga oshgan
26 yanvar 2021, 18:04

2020 yilda O‘zbekiston YAIMining hajmi 1,6 foizga oshgan

2020 yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi 580,2 trln so‘mni tashkil qildi. 2019 yil bilan solishtirganda o‘sish 1,6% ni tashkil qilgan.

Andijondagi prezident maktabi shahar hokimiyati va Andijonnoma tahririyati o‘rnida quriladi
26 yanvar 2021, 18:04

Andijondagi prezident maktabi shahar hokimiyati va Andijonnoma tahririyati o‘rnida quriladi

2021-yilda O‘zbekistonning turli hududlarida yana 10 ta prezident maktabi bunyod etiladi. Ma’lum bo‘lishicha, Andijondagi prezident maktabi shahar hokimiyati va Andijonnoma tahririyati o‘rnida qurilishi rejalashtirilgan. Tahririyat xodimlari uchun esa alohida joy hozirlanayotgani aytildi.

Niderlandiyada komendantlik soati tufayli fuqarolar norozilik namoyishlari davom etmoqda
26 yanvar 2021, 17:58

Niderlandiyada komendantlik soati tufayli fuqarolar norozilik namoyishlari davom etmoqda

Niderlandiyadagi COVID-19 ga qarshi karantin choralari tufayli norozilik namoyishlari mamlakat bo‘ylab tartibsizliklarga olib keldi. Ushbu holat 40 yildan buyon Gollandiyada ilk bora sodir etilayotgani qayd etildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting