Arxiv

Bosh prokuratura Toshkent shahar IIBBni noxolis axborot tarqatganlikda aybladi
15 dekabr 2022, 15:01

Bosh prokuratura Toshkent shahar IIBBni noxolis axborot tarqatganlikda aybladi

«O‘zbekiston 24» telekanalida prokuratura xodimi hujjatlarsiz mashina boshqarib kelgani haqida lavha berildi. BP haydovchi tizimda xizmat qilmacligi va guvohnoma qalbaki ekanini aniqladi. Ma’lumot uzatgan Toshkent shahar YHXB matbuot xizmatini bir yoqlama va noxolis axborot taqdim qilganlikda ayblamoqda.

Asialuxe Travel Yangi yilni nishonlash uchun qayerga jo‘nab ketish mumkinligi haqida aytib berdi
15 dekabr 2022, 15:00

Asialuxe Travel Yangi yilni nishonlash uchun qayerga jo‘nab ketish mumkinligi haqida aytib berdi

Asialuxe Travel kompaniyasi bayramni ekzotik Sharm-el-Sheyx va Antaliya kurortlarida, ertaklardagidek qorli Laplandiya va hayratlanarli Maldiv orollarida kutib olishni taklif etadi.

MB asosiy stavkani 15% darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
15 dekabr 2022, 12:51

MB asosiy stavkani 15% darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirishga qaror qildi.

O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 31 milliondan oshdi
15 dekabr 2022, 12:12

O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 31 milliondan oshdi

AKT vaziri Sherzod Shermatov O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 31 mlndan oshganini ma’lum qildi. Ulardan 29,5 mln nafari mobil internet orqali tarmoqqa ulanadi. Vazir, shuningdek, xalqaro internet-kanalga ulanish tezligi so‘nggi ikki yilda 2,6 baravarga oshib, 3200 Gbit/s ga yetganini qayd etdi.

Buxoroda yuk mashinalaridan tashkil topgan to‘y korteji to‘xtatildi
15 dekabr 2022, 11:36

Buxoroda yuk mashinalaridan tashkil topgan to‘y korteji to‘xtatildi

Buxoro viloyatidan o‘tgan M-37 xalqaro avtomagistralida YHXB xodimlari yuk mashinalaridan iborat to‘y kortejini to‘xtatdi. Mashinalar jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Noyabr oyida O‘zbekistonda avtomobillar sotuvi 41 foizga oshdi — ITIM
15 dekabr 2022, 11:13

Noyabr oyida O‘zbekistonda avtomobillar sotuvi 41 foizga oshdi — ITIM

ITIM tahlillariga ko‘ra, noyabr oyida O‘zbekistonda 160 mingga yaqin avtoulov sotilib, oylik o‘sish 41%ni tashkil etdi. Hududlar kesimi bo‘yicha yuqori faollik Toshkent shahri, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlarida kuzatildi. Shuningdek, mahalliy avtomashinalar 58%ga, xorijiy avtomobillar sotuvi esa 69%ga o‘sdi.

Toshkentda uchta mashina to‘qnashdi
15 dekabr 2022, 10:43

Toshkentda uchta mashina to‘qnashdi

Chilonzor tumani Novza jome masjidi qarshisida 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida haydovchilardan biri jarohat oldi.

Toshkent — Samarqand — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
15 dekabr 2022, 10:42

Toshkent — Samarqand — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Yangi yil bayrami munosabati bilan yo‘lovchilar tashishni tashkil qilish maqsadida 26 dekabrdan 8 yanvargacha Toshkent — Samarqand — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha 14 ta «Afrosiyob» elektropoyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

14-dekabr kuni 134 kishida kovid aniqlandi
15 dekabr 2022, 10:21

14-dekabr kuni 134 kishida kovid aniqlandi

Chorshanba kuni O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni yana ortib, 134 nafarni tashkil etdi. Kunlik kasallanganlarning eng ko‘pi doimgidek Toshkent shahrida qayd etilmoqda.

JCH-2022: Fransiya terma jamoasi Marokashdan ustun kelib, finalga yo‘l olmoqda
15 dekabr 2022, 10:06

JCH-2022: Fransiya terma jamoasi Marokashdan ustun kelib, finalga yo‘l olmoqda

Fransiya terma jamoasi JCH-2022`ning ikkinchi finalchisiga aylanmoqda. Fransiyaliklar Marokash bilan bo‘lgan yarim final uchrashuvida 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Finalda Fransiya terma jamoasi Argentina bilan musobaqa g‘olibligi uchun bahs olib boradi.

Banklarda dollarning sotish kursi 30 so‘mga arzonlashdi
15 dekabr 2022, 09:47

Banklarda dollarning sotish kursi 30 so‘mga arzonlashdi

Tijorat banklari 15 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 230 — 11 280 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 310 so‘m.

Uzbekistan Airways`ni isloh qilishga Turkish Airlines`ning sobiq rahbari yordam beradi
14 dekabr 2022, 22:42

Uzbekistan Airways`ni isloh qilishga Turkish Airlines`ning sobiq rahbari yordam beradi

Uzbekistan Airways`ni isloh qilishga Turkish Airlines`ning sobiq raisi Ilker Ayji jalb qilindi. U O‘zbekiston prezidentiga aviakompaniyani transformatsiya qilish strategiyasi haqida axborot berdi. Uzbekistan Airways`ni yetakchi mintaqaviy aviakompaniyaga aylantirish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekistonda yangi tashkil etilgan Air Samarkand aviakompaniyasi kimga tegishli?
14 dekabr 2022, 22:17

O‘zbekistonda yangi tashkil etilgan Air Samarkand aviakompaniyasi kimga tegishli?

O‘zbekistonda yangi Air Samarkand xususiy aviakompaniyasi tashkil etildi. Uning tovar belgisiga tadbirkor Baxtiyor Fozilov tomonidan ta’sis etilgan Sam Air kompaniyasi egalik qiladi. Aviatashuvchi Rossiya va Osiyoga 14 ta yo‘nalishda parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

14 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
14 dekabr 2022, 22:00

14 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Nukus voqealari bo‘yicha sud tafsilotlari, Rossiyadan qaytgan migrantlar, Surxondaryoda mast odamni bosib ketgan Lada, 10 oyda dunyoga kelgan 18,2 ming egizak, O‘zbekistonda xorijiy telekanallar ko‘payishi, AQSh va O‘zbekistonning strategik sheriklik muloqoti va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Ravshan Umarov “bilan bir kun”
14 dekabr 2022, 19:15

Ravshan Umarov “bilan bir kun”

Bu ASUS`ning maxsus loyihasi bo‘lib, uning doirasida berib boriladigan qator materiallarda g‘oya tashabbuskorlari kundalik hayotining bir kuni haqida gapirib beradi. Loyiha maqsadi — ularning kuni nimalar bilan bandligi va aslida qancha vazifani bajarishga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatib berishdir.

Qoraqalpog‘istonda 1−2 iyul kunlari halok bo‘lganlarning ro‘yxati e’lon qilinadimi? Bosh prokuratura javobi
14 dekabr 2022, 19:00

Qoraqalpog‘istonda 1−2 iyul kunlari halok bo‘lganlarning ro‘yxati e’lon qilinadimi? Bosh prokuratura javobi

O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga ko‘ra, Qoraqalpog‘istondagi voqealar vaqtida halok bo‘lganlarning ismlari va ularning o‘limlari sabablari sud jarayonida birma-bir e’lon qilinib, muhokama etiladi. Halok bo‘lganlar ro‘yxati shu vaqtgacha e’lon qilinmagan.

Nukus voqealari bo‘yicha nega Buxoroda o‘tmoqda va jarayon uchun sudya qanday tanlangan?
14 dekabr 2022, 18:41

Nukus voqealari bo‘yicha nega Buxoroda o‘tmoqda va jarayon uchun sudya qanday tanlangan?

Nukus voqealari bo‘yicha ayblanayotgan 22 kishining sud jarayoni uchun sudya biror shaxs tomonidan emas, balki axborot tizimi tomonidan tanlangan. Bosh prokuraturaning tushuntirishicha, sudning Nukusda emas, Buxoroda o‘tayotgani Qoraqalpog‘istondagi tergov hibsxonasidagi ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq.

YeTTB O‘zbekistonda ikkita shamol elektr stansiyasini qurish uchun kredit ajratadi
14 dekabr 2022, 18:31

YeTTB O‘zbekistonda ikkita shamol elektr stansiyasini qurish uchun kredit ajratadi

YeTTB Buxoro viloyatida umumiy quvvati 1 GVt gacha bo‘lgan ikkita shamol elektr stansiyasini qurish uchun 520 mln dollargacha bo‘lgan ikkita sindikatlangan kredit ajratmoqda.

Nukus voqealarida namoyishchilarga qarshi qurol ishlatilgani bo‘yicha alohida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
14 dekabr 2022, 17:58

Nukus voqealarida namoyishchilarga qarshi qurol ishlatilgani bo‘yicha alohida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Nukus voqealarida namoyishchilarga qarshi qurol qo‘llanilishining qonuniyligi alohida jinoyat ishi doirasida tergov qilinmoqda. Bosh prokuratura «jamoatchilikni xavotirga solayotgan ushbu holatlar»ga huquqiy baho berilishi, agar holatlar tasdiqlanib, ish sudga oshirilsa, sud ochiq tartibda o‘tishini ma’lum qildi.

Comedy Wildlife Photography Awards 2022 fototanlovi g‘oliblari aniqlandi
14 dekabr 2022, 17:49

Comedy Wildlife Photography Awards 2022 fototanlovi g‘oliblari aniqlandi

Comedy Wildlife Photography Awards 2022 yilgi g‘oliblarni e’lon qildi. Eng yaxshi surat daraxtdan qulayotgan sher bolasining surati bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting