Xalqaro press-klub raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja vaksinatsiya bo‘yicha O‘zbekiston yaxshi ko‘rsatkichda ketayotganligini ta’kidladi. 12 iyul holatiga O‘zbekistonda koronavirusga qarshi to‘liq emlangan fuqarolar mamlakat aholisining 2,64 foizini tashkil qilmoqda.
BMT Afg‘onistonning gumanitar fojiaga yaqinlashayotganligi haqida ogohlantirmoqda. Mamlakatda mojaroning keskinlashuvi sabab aholi o‘z yashash joylarini tark etishga majbur bo‘lmoqda.
Islom dinida koronavirusga qarshi vaksina olish bo‘yicha taqiq yo‘qligi aytildi. Ta’kidlanishicha, dinda xarom deyilgan narsalar insonning sog‘ligini saqlashda shundan boshqa chora qolmasa, o‘sha narsadan foydalanish yoki uni iste’mol qilishga ham ruxsat beriladi. “Mutaxassis shuni davo deb tayinladimi, demak, bu halol tomonga o‘tdi”, — dedi Musulmonlar idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov.
Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida kuch yomg‘ir yog‘ishi oqibatida Kosonsoy tumaniga sel kelgan. Hodisa oqibatida 8 nafar fuqaro vafot etgan, 6 nafar fuqaro tan jarohati olgan.
O‘zbekiston London fond birjasiga 635 mln dollar va 2,5 trln so‘m qiymatdagi xalqaro obligatsiyalarni joylashtirdi. Yevrobondlarning dollar va so‘mda asosiy xaridorlari investitsiya fondlari bo‘ldi.
Dollarning rasmiy kursi 12,09 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 649,09 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarildi.
Xalqaro standartlar bo‘yicha TEXNOPARK`da ishlab chiqariladigan Frigo Cool Shivaki muzlatish uskunalari mahsulotlarni -12°С'dan -24°С'gacha haroratda saqlashi mumkin.
USAID, ITSV, PwC va BMTTD «O‘zbekistonda biznes yuritish qiymati 2021» yangi nashrini taqdim etdi. Unda korxonani ro‘yxatdan o‘tkazish, ish haqi bo‘yicha xarajatlar, soliqlar va soliq imtiyozlari, litsenziyalash, tashqi savdo tartibotlari va boshqalar keltirilgan.
Davlatobod va To‘raqo‘rg‘on tumanlari fermerlari suv masalasida janjallajib qolgan. Ulardan biri boshqasining boshiga urib, tan jarohati yetkazgan. Fuqaro bosh miya yopiq shikasti tashxisi bilan kasalxonada vafot etgan.
Har bir davlat rahbari o‘ziga ortilgan mas’uliyatdan tashqari, katta xavf ostida yurishi tabiiy hol. Siyosiy hayotdagi turli qarama-qarshiliklar va noroziliklar to‘ntarishlardan tashqari, eng radikal oqibatlarga, ya’ni yetakchilarga nisbatan uyushtirilgan suiqasdlarga olib kelgan. Avraam Linkoln, Indira Gandi, Jon Kennedi kabi mashhur davlat rahbarlarining o‘limiga olib kelgan hujumlar haqida «Gazeta.uz» maqolasida.
Dastlabki to‘lovsiz avktokreditlarni «Ipak Yo‘li» bankining barcha filiallarida rasmiylashtirish mumkin.
Toshkentning 11 ta tumanida koronavirusga gumon qilingan shaxslar va infeksiyali bemorlar uchun 1 tadan maxsus poliklinika tashkil etildi. Har bir poliklinikaga 3 tadan tibbiy brigada biriktirilgan. Ular rentgen, kislorod kondensatorlari, pulsoksimetr, dori-darmon va tibbiyot vositalari bilan ta’minlangan.
Dushanba kuni O‘zbekistonda 497 nafar fuqaroda koronavirus, 283 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 4 nafar koronavirus bemori vafot etdi.
Iroqning En-Nasiriya shahrida joylashgan kasalxonadagi COVID-19 bemorlari davolanadigan bo‘lim yonib ketdi. Kamida 50 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar jarohatlangan.
Har yili 12 iyulda butun dunyo bo‘ylab fotosurachilar kuni nishonlanadi. Bu kun fotosuratlardan foydalanish imkoniyatini hamma uchun ochib bergan, Kodak asoschisi — Jorj Istmanning tug‘ilgan kuni bilan bog‘liq. «Gazeta.uz» xalqaro 35 Awards 2020 tanlovida o‘zbekistonlik fotosuratchilar tomonidan taqdim etilgan eng yaxshi ishlarni to‘pladi.
Yanvar-iyun oylarida ichki valyuta bozorida xorijiy valyutadagi umumiy taklif hajmi 9,8 mlrd dollarni tashkil etdi. Talab esa 11,3 mlrd dollarga yetdi: kompaniyalar 9,3 mlrd dollar, aholi 2 mlrd dollar sotib oldi. Bundan tashqari, chet el valyutasini sotib oladigan korxonalarning o‘rtacha oylik soni keskin oshdi.
Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘inlari, Afg‘onistonda 18 mlndan ortiq kishining shoshilinch gumanitar yordamga muhtoj bo‘lib qolayotgani, Gruziya va JARdagi hukumatga qarshi namoyishlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan karantin cheklovlari bekor qilingani haqidagi xabarlar haqiqatga zid, deya ma’lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi. SSV ma’lumotlariga ko‘ra, cheklovlar ma’lum muddatga emas, balki epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar joriy etilgan.
Tez tibbiy yordam uchun sotib olinayotgan Damas`lar, prezidentning joriy haftadagi ish grafiki, Jahongir Otajonovning siyosatdan ketishi — «Gazeta.uz»ning 12 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Afg‘onistonning Hayraton shahridagi konsullik muassasida faoliyat ko‘rsatayotgan diplomatlar O‘zbekistonga olib kelindi. Ushbu ehtiyot chorasi «Tolibon» kuchlarining Afg‘onistonning shimoliy hududlariga kirib kelishi ortidan qo‘llanildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting