Qozog‘iston “yaqin kelajakda” BRIKSga ariza berishdan bosh tortadi, dedi Qosim-Jomart Toqayevning matbuot kotibi, uning so‘zlariga ko‘ra, BMT “universal tashkilot” sifatida ustuvor ahamiyatga ega. Toqayevning o‘zi avvalroq BRIKSga a’zolikka qiziqish bildirgandi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ilk bor o‘z “g‘alaba rejasi”ni ommaga taqdim etdi. U besh banddan iborat va NATOga taklifnoma, Ukrainada “noyadroviy to‘xtatishning keng qamrovli paketi”ni joylashtirish va Yevropadagi Amerika kontingentining bir qismini ukrain harbiylari bilan almashishni nazarda tutadi.
O‘zbekistonda 2024-yil ilk yarmida uy-joy narxi yuqoriligicha qolmoqda — uning bozor narxi fundamental (“obyektiv”) narxdan 28% yuqori, deya qayd etadi MB. Narxlar ish haqiga nisbatan 1,8 baravar tezroq o‘smoqda va bu kelajakda narxlarning pasayishi xavfidan dalolat beradi, deb hisoblaydi regulyator.
Sentabr oyida O‘zbekistonda garchi yangi yengil avtomobillar savdosi segmenti 10 foizdan ortiqqa o‘sgan bo‘lsa ham, umumiy avtomobil savdosi 1,1 foizga kamaydi. Elektromobillar savdosi rekord darajaga yetdi.
Toshkent viloyatida 1000 ta yangi avtobus xarid qilinishi rejalashtirilgan. Yo‘nalishlar viloyatning barcha shahar va tumanlarini ma’muriy markaz — Nurafshon bilan bog‘laydi. Shuningdek, mehnat migrantlari bilan muloqot qilish, xorijdagi ayollarni qo‘llab-quvvatlash, xohlaganlarini uyiga qaytarish topshirig‘i berildi.
Sobiq Miran mehmonxonasi binosidagi yong‘inni o‘chirishga 14 nafar yong‘in-qutqaruv guruhi jalb qilindi. Holat alangadan deyarli ikki soat o‘tib bartaraf etildi. Jabrlanganlar va halok bo‘lganlar haqida ma’lumot yo‘q.
KNAUF va Texnopark kompaniyalari Toshkent shahrida tosh mineral paxta ishlab chiqarish masalasida kelishuvga erishdi.
Toshkentning Mirobod tumanida Miran mehmonxonasi joylashgan binoning tomi yonib ketdi (u yerda Swissôtel Tashkent mehmonxonasini ochish uchun ta’mirlash ishlari olib borilmoqda). O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni o‘chirmoqda, voqea joyiga Toshkent shahri FVB rahbariyati va xodimlari yetib keldi. Foto, video.
10−15-oktabr kunlari Shahrisabz va Xiva shaharlarida havo sharlari festivali o‘tkazildi. “Musaffo osmon” shiori ostida bo‘lib o‘tgan tadbirda jami 20 ta havo shari uchirildi. Ular 500 metrdan 900 metrgacha bo‘lgan balandlikka ko‘tarildi. Festivalda chet eldan kelgan aeronavt sportchilar ham qatnashdi. Foto.
Pensiya jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda respublikada 97 nafar 2-jahon urushi faxriylari pensiya olmoqda. Ularning deyarli yarmi ayollardir. Eng ko‘p urush faxriysi Toshkent shahri va viloyatida ro‘yxatga olingan.
Oliy ta’limni jadal kengaytirish va STEM-ta’limni rivojlantirish — O‘zbekistonning ulkan inson kapitalidan samarali foydalanish zaruriyati, dedi Senat raisi Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoq Assambleyasi doirasidagi debatlarda.
Rossiyaning Irkutsk va Omsk viloyati gubernatorlari ayrim sohalarda mehnat migrantlarini patent bilan ishga jalb qilishni taqiqlovchi farmon chiqardi. Bunga o‘rmon xo‘jaligi, dori vositalari ishlab chiqarish, taksi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, savdo va boshqa sohalar kiradi. O‘zgarishlar 2025-yildan kuchga kiradi.
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining besh qavatli binosi 100,4 mlrd so‘mga sotildi. Auksiondagi yagona taklif fasad-parda va eshik tizimlarini yetkazib beruvchi kompaniya tomonidan taqdim etildi.
Prezident Toshkent viloyatiga tashrifi chog‘ida xorijda ishlayotgan o‘zbekistonliklar haqida gapirdi. “Agar ular 1500−2000 dollar olsa, bu nur ustiga a’lo nur, biz ularga ko‘makchi bo‘lamiz. Lekin undan kam oylik olsa, o‘zimizda sharoit yaratib ishlatsak, o‘ylaymanki, adolatli tizim bo‘ladi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida avtomobillar to‘qnashuvi oqibatida 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi, yana to‘rt kishi kasalxonaga yotqizildi.
AQSh Isroil hukumati 30 kun ichida G‘azo sektoridagi gumanitar vaziyatni yaxshilash choralarini ko‘rmasa, Isroilni harbiy qo‘llab-quvvatlashni cheklashi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Andijonning Ulug‘nor tumanida Spark haydovchisi rulda uxlab qolishi oqibatida Damas bilan to‘qnashib, YTH sodir etdi. Mashinalar yonib ketdi, hodisa oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, yana 2 kishi kasalxonaga yotqizildi.
Poytaxtning Yashnobod tumanida metropoliten xodimlariga ijtimoiy uylar qurilmoqda. Prezident qaroriga ko‘ra, bunyod etilayotgan to‘rtta 7 qavatli uylarda 416 ta xonadon bo‘ladi. “Uysiz xodimlar, ya’ni asosan, tizimda ko‘p yildan beri ishlab kelayotgan va yosh oilalarga beriladi”, — dedi metropoliten rasmiysi.
O‘zbekistonning Qozon shahridagi bosh konsulxonasi vatandoshlarni xorijiy davlatlar hududida jinoiy javobgarlik belgilangan harbiy harakatlarda ishtirok etishdan ogohlantirdi.
Angren, Olmaliq, Ohangaron, Piskent va Ohangaron tumanlarida “sanoat uchburchagi” dasturi amalga oshiriladi, dedi O‘zbekiston prezidenti. Uning so‘zlariga ko‘ra, tumanlar o‘rtasida kooperatsiya va klaster asosida ishlab chiqarish transport xarajatlari va mahsulot tannarxini qisqartirish imkonini beradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting