Toshkent shahri Yashnobod tumanida ikki nafar 20 yoshli yigit o‘zgalarga tegishli bo‘lgan ikkita Damas avtomashinasini olib qochdi. Ular qo‘lga olinib, 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Iqtisodiyot bo‘yicha 2024-yilgi Nobel mukofoti Daron Ajemo‘g‘li, Saymon Jonson va Jeyms Robinsonga berildi. Olimlar institutlar qanday shakllanishi va ularning farovonlikka ta’sirini o‘rganish yo‘nalishidagi ishlari uchun mukofotlandi.
Toshkent viloyatining Keles yo‘li kengaytirilgan holda qayta qurildi. Uning ikki tarafida Davlat xizmatlari markazi, Yoshlar markazi, madaniyat saroyi, amfiteatr, universal sport majmuasi, xotira maydoni va sayilgohlar barpo etildi. Prezident tumandagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Yunusobod tumani sudi ikki bloger va brbalo musiqiy guruhi artistlarini yumoristik klipi uchun 15 sutkaga hibsga olish haqida qaror chiqardi. Sudga ariza bilan murojaat qilgan mahalla raisi video odob-axloq me’yorlari va an’analarga zid ekani, yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini aytdi.
Markaziy saylov komissiyasi deputatlar saylovi kuni Toshkentdagi 10 ta saylov uchastkasida elektron ovoz berishni sinovdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Saylovchilar an’anaviy yoki elektron ovoz berishni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Toshkent shahri hokimligi sovuq kunlarda boshpanasiz hayvonlarga yordam so‘rab shahar aholisiga murojaat qildi. “Imkoningiz va xohishingiz bo‘lsa boshpanasiz jonivorga boshpana yoki ozuqa bering. Shunday qilib, siz kichik, ammo juda muhim bo‘lgan hayotni saqlab qolishingiz mumkin”, — deyiladi murojaatda.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi 2024-yilda Janubiy Koreyada 13 700 ish o‘rniga kvota oldi. Oylik ish haqi o‘rtacha 2000 AQSh dollarini tashkil qiladi.
Polkovnik Aziz Sadirov ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Ural hududidan sovuq va nam havo kirib kelishi sababli chorshanba kunigacha O‘zbekistonda yog‘ingarchilik va haroratning pasayishi kutilmoqda. Payshanbadan esa havo harorati ko‘tarila boshlaydi.
Prezident dushanba kuni Toshkent viloyatiga tashrif buyurib, u yerda sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishadi, yangi loyihalar qurilishiga start beriladi.
O‘zbekiston Kosmosni, shu jumladan, Oy va boshqa osmon jismlarini tadqiq qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha davlatlar faoliyati prinsiplari to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘shildi. Bu kosmosni o‘rganish, xalqaro loyihalarda ishtirok etish, resurslar va bilimlar almashinuvi uchun imkoniyatlar ochishi kutilmoqda.
Namanganning Kosonsoy tumanida 21 yoshli haydovchi “Jiguli”da turli xavfli manyovrlar qilib harakatlandi. Buning oqibatida mashina “bagaji” ustida o‘tirgan yigit yiqilib tushgan va shifoxonada vafot etgan.
Ko‘p yillik, noyob va o‘ziga xos daraxt turlari haqida ma’lumot beruvchi MonumentalTrees.com xalqaro ro‘yxatiga Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo va Toshkent viloyatidagi turli daraxtlar ham kiritildi. Ularning yoshi salkam 600−1500 atrofida.
O‘zbekistonda hafta boshi va o‘rtalarida yuqori namgarchilik va sovuq bo‘ladi. Kuchsiz shamol va namlik omili kishilarni qalin kiyinish hamda soyabonlar olib yurishga undaydi. Hafta so‘ngiga borib asta-sekin havo harorati yuqorilab boradi va quruq bo‘lishi mumkin. “Gazeta.uz”dan ob-havo sharhi va tavsiyalar.
Kogon shahrida 53 yoshli erkak kelishmovchilik oqibatida tanishini pichoqlab o‘ldirdi, yana birini jarohatladi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlandi.
IIV ota-onalarni bolalar o‘rtasida o‘zini hayvonlarga qiyoslab, o‘sha jonzotning xatti-harakatlariga taqlid qilish (kvadroberlar) uchrayotganidan ogohlantirdi. Xususan, Toshkentda 2 ta shunday holat aniqlandi. Vazirlik farzand tarbiyalash bo‘yicha majburiyatlarini bajarmaganlar javobgarlikka tortilishini eslatdi.
Hukumat qarori bilan, endilikda “umrachi” turfirmalar 1 mln dollarni maxsus jamg‘armaga zaxira qilishi, xizmatlarni uchinchi davlatlar orqali ko‘rsatmasligi, Saudiyadagi hamkor shirkatga faqat bank orqali to‘lov qilishi hamda 2 yildan kam bo‘lmagan tajribaga ega aviakompaniyalardan foydalanishi kerak bo‘ladi.
Zamonaviy texnologiyalar tabiiy ofatlar haqida erta ogohlantirish tizimlarini o‘zgartirdi. Lekin aynan inson omili — ta’lim, xabardorlik va tayyorgarlik jamiyat barqarorligining asosidir, deb yozadi BMT Taraqqiyot dasturining doimiy vakili Akiko Fujii Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kunida.
Markaziy bankning sentabr oyidagi so‘roviga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi va tadbirkorlik vakillari yillik inflyatsiyani prognoz qilishda valyuta kursining o‘zgarishi bilan bog‘liq xavotirlari kuchaydi. Shuningdek, ular kommunal xizmatlar, yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining oshishini taxmin qilmoqda.
2023-yilning sentabr oyida Sergeli tumanidagi “Quruvchilar” dahasida sodir bo‘lgan portlashda aybdor deb topilgan 4 kishi 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Jabrlanuvchi va fuqaroviy da’vogarlarga 282 milliard so‘m mablag‘ solidar tartibda undirilishi belgilandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting