Arxiv

Dam olish kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi
19 iyul 2024, 14:30

Dam olish kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi

Dam olish kunlari O‘zbekistonning aksariyat hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, biroq yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +34…+39, ba’zi joylarda +40…+41 darajagacha ko‘tariladi. Ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatiladi.

Toshkentdagi noqonuniy tashqi reklama obyektlari buziladi
19 iyul 2024, 14:10

Toshkentdagi noqonuniy tashqi reklama obyektlari buziladi

Toshkent shahri hokimi noqonuniy tashqi reklama obyektlarini demontaj qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Reklama konstruksiyalari uchun joylar “Tashqi reklama” tizimi orqali ajratiladi.

Windows nosozligi tufayli dunyo bo‘ylab aeroport, bank va kompaniyalar ishida uzilishlar bo‘lmoqda
19 iyul 2024, 13:46

Windows nosozligi tufayli dunyo bo‘ylab aeroport, bank va kompaniyalar ishida uzilishlar bo‘lmoqda

Windows tizimi bilan ishlaydigan qurilmalarda butun dunyo bo‘ylab muammolar kuzatilmoqda. Avstraliya, AQSh, Yaponiya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarda aeroport, banklar, OAV, fond birjalari texnik muammolar haqida xabar bermoqda.

Shavkat Mirziyoyev Ursula fon der Lyayenni Yevrokomissiya prezidentligiga qayta saylangani bilan tabrikladi
19 iyul 2024, 12:58

Shavkat Mirziyoyev Ursula fon der Lyayenni Yevrokomissiya prezidentligiga qayta saylangani bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Ursula fon der Lyayenni Yevrokomissiya prezidentligiga qayta saylangani bilan tabrikladi. O‘zbekiston tez orada Yevropa Ittifoqi bilan Kengaytirilgan hamkorlik va sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzolamoqchi. Qolaversa, Samarqandda “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” sammiti o‘tkazilishi mumkin.

Isroil elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda
19 iyul 2024, 12:47

Isroil elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda

2020-yildan buyon Isroilning O‘zbekistondagi elchisi lavozimida ishlab kelgan Zeavit Ben-Hillel mamlakatdagi diplomatik missiyasini tugatmoqda.

“Baxti Tashkentskiy” 20 yilga qamaldi
19 iyul 2024, 11:15

“Baxti Tashkentskiy” 20 yilga qamaldi

Sud “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayevga nisbatan 20 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.

Mustaqillik bayrami “Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” g‘oyasi ostida o‘tkaziladi
19 iyul 2024, 10:28

Mustaqillik bayrami “Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” g‘oyasi ostida o‘tkaziladi

O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi tadbirlari “Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” degan bosh g‘oya ostida tashkil etiladi. “Ona diyor — ranglar jilosida”, “Vatan uchun yashaylik!”, “Eng ulug‘, eng aziz” kabi an’anaviy ko‘rik-tanlovlar o‘tkaziladi.

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etilmoqda
19 iyul 2024, 08:00

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etilmoqda

Prezident qarori bilan, Termiz shahridagi ikkita oliy o‘quv yurti negizida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etilmoqda. Ilgari faoliyat yuritgan OTMlarning barcha talabalari yangi universitetda o‘qishini davom ettiradi.

Toshkentda qurilganiga 2 kun bo‘lgan avtobus bekati qulab tushdi
19 iyul 2024, 07:20

Toshkentda qurilganiga 2 kun bo‘lgan avtobus bekati qulab tushdi

Yashnobod tumanida hokimlik tomonidan qurilgan bekat 2 kun o‘tib qulab tushdi. Hodisaga ustunlarning yaxshi mustahkamlanmagani sabab bo‘lgan. “Toshshahartransxizmat” kompaniyasiga ko‘ra, yo‘lovchilarga zarar yetmagan, hozirda qayta qurish ishlari olib borilmoqda.

18-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
18 iyul 2024, 22:43

18-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Sadir Japarovning O‘zbekistonga tashrifi, YHXXni tark etgan Olim Saidov, endi tasodifiy yo‘l bilan beriladigan avtoraqamlar, koronavirusga chalingan Jo Bayden va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

“Lukoyl” shu’basi narx manipulyatsiyasi sodir etgani tasdiqlandi, u pullarni qaytaradi
18 iyul 2024, 22:35

“Lukoyl” shu’basi narx manipulyatsiyasi sodir etgani tasdiqlandi, u pullarni qaytaradi

Raqobat qo‘mitasi Lukoil Overseas Supply and Trading kompaniyasi texnik oltingugurtni birja orqali sotishda narx manipulyatsiyasiga yo‘l qo‘yganini aniqladi. Asossiz olingan mablag‘lar qaytariladi, qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildi, deb yozdi qo‘mita.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari do‘stlik konsertida ishtirok etdi
18 iyul 2024, 22:12

O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari do‘stlik konsertida ishtirok etdi

Toshkentda tor va keng doirada yig‘ilishlar o‘tkazgan O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari ikki mamlakat san’atkorlarining do‘stlik konsertida ishtirok etdi. Foto, video.

Tibbiyot chiqindilaridan issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi
18 iyul 2024, 21:54

Tibbiyot chiqindilaridan issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi

O‘zbekiston AQSh hamkorligida tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasi ishlab chiqarishni boshlaydi. Tibbiyot chiqindilarini to‘liq yetkazib bermaslik javobgarlikka sabab bo‘ladi. Tayyor energiya shifoxonalar, shuningdek, boshqa shaxslar tomonidan ham sotib olinishi mumkin.

Avgustdan Toshkent-Buxoro yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnaydi
18 iyul 2024, 21:26

Avgustdan Toshkent-Buxoro yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnaydi

23-avgustdan boshlab Toshkent-Buxoro yo‘nalishida haftada uch kun qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Skuter, moped va tez yordam mashinalari uchun alohida davlat raqami belgilari joriy etilmoqda
18 iyul 2024, 20:57

Skuter, moped va tez yordam mashinalari uchun alohida davlat raqami belgilari joriy etilmoqda

O‘zbekistonda tez tibbiy yordam avtomobillari, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlar uchun alohida davlat raqami belgilari joriy etilmoqda.

Yangi Toshkent qanday bo‘ladi? Bosh arxitektor bilan katta intervyu
18 iyul 2024, 19:07

Yangi Toshkent qanday bo‘ladi? Bosh arxitektor bilan katta intervyu

Yangi Toshkent zamonaviy O‘zbekistonning bosh shaharsozlik loyihasi hisoblanadi. Uning chegaralari qayerdan o‘tadi, arxitektura, ekologiya, energetika va transport tizimlari qanday bo‘ladi — Yangi Toshkent bosh arxitektori Saidazim Sharipov bilan katta intervyu aynan shular haqida.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida 16 ta hujjat imzolandi
18 iyul 2024, 18:04

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida 16 ta hujjat imzolandi

Sadir Japarovning Toshkentga tashrifi doirasida 16 ta hujjat imzolandi. O‘zbekistonning JSTga a’zoligi bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash to‘g‘risida bayonnoma, Issiqko‘ldagi kurort-hordiq xo‘jaligi obyektlari bo‘yicha hukumatlararo bitim shular jumlasidan.

Shavkat Mirziyoyev: “Bizga kuchli va farovon qo‘shni — Qirg‘iziston kerak”
18 iyul 2024, 17:52

Shavkat Mirziyoyev: “Bizga kuchli va farovon qo‘shni — Qirg‘iziston kerak”

Sadir Japarov bilan bo‘lgan tor va kengaytirilgan doiradagi uchrashuvlarda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga kuchli va farovon qo‘shni — Qirg‘iziston kerakligini ta’kidladi. Japarov esa O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash Qirg‘iziston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanini aytdi.

Qirg‘izistonda Cobalt, Onix va Tracker avtomobillarini ishlab chiqarish boshlandi
18 iyul 2024, 17:31

Qirg‘izistonda Cobalt, Onix va Tracker avtomobillarini ishlab chiqarish boshlandi

Qirg‘izistonning Chuy viloyatida O‘zbekiston hamkorligida Cobalt, Onix va Tracker avtomobillarini ishlab chiqarish zavodi ishga tushdi. Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov shu va boshqa qo‘shma loyihalarni ishga tushirish marosimida ishtirok etdi.

Avtomobil raqamlari tasodifiy tanlash yo‘li bilan beriladi
18 iyul 2024, 17:24

Avtomobil raqamlari tasodifiy tanlash yo‘li bilan beriladi

O‘zbekistonda 1-avgustdan avtomobillarga davlat raqamlari tasodifiy tarzda beriladi. 1-dekabrdan esa avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish va davlat raqamini olish uchun arizalarni YHXX yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali mobil ilovasi orqali yuborish va to‘lovni o‘sha yerda amalga oshirish mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting