Arxiv

«Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» bosh direktori pora olganlikda gumonlanib, qo‘lga olindi
9 yanvar 2021, 09:45

«Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» bosh direktori pora olganlikda gumonlanib, qo‘lga olindi

«Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ bosh direktori Muratbay Bazarimbetov pora olganlikda gumonlanib, qo‘lga olindi. Iddao qilinishicha, u tadbirkordan gaz stansiyasini elektr tarmog‘iga ulash uchun 20 ming dollar so‘ragan.

1115 ta aholi punkti jamoat transporti bilan qamrab olinmagan — Ilhom Mahkamov
8 yanvar 2021, 19:17

1115 ta aholi punkti jamoat transporti bilan qamrab olinmagan — Ilhom Mahkamov

Transport vaziri vazifasini bajaruvchi Ilhom Mahkamov jamoat transportidagi bir qator muammolar, jumladan, 1115 ta aholi punktiga jamoat transporti yetib bormaganini ma’lum qildi. Buni hal etish uchun 2021 yilda viloyat markazlarida jamoat transportining bosh rejasi ishlab chiqilishini ta’kidladi.

Bizda ro‘yxatda turibdi, lekin aslida o‘sha madaniy meros obyekti yo‘q — Ozodbek Nazarbekov
8 yanvar 2021, 19:07

Bizda ro‘yxatda turibdi, lekin aslida o‘sha madaniy meros obyekti yo‘q — Ozodbek Nazarbekov

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov 2019 yilda madaniy meros obyektlarini xatlovdan o‘tkazishda hokimiyatlar yo‘l qo‘ygan kamchilik va xatolar haqida fikr bildirdi. “Hudud hokimiyatlari tomonidan ko‘r-ko‘rona ro‘yxat berishlar yoki 20 yil oldingi ro‘yxatini sandig‘idan olib, bizga shuni taqdim qilgan holatlar kelib chiqyapti”, — dedi vazir.

Farg‘onada «Cobalt» kanalga tushib ketdi, 3 kishi vafot etgan
8 yanvar 2021, 18:25

Farg‘onada «Cobalt» kanalga tushib ketdi, 3 kishi vafot etgan

Farg‘ona viloyatida «Cobalt» rusumli avtomashina Farg‘ona kanali chekkasida o‘rnatilgan beton to‘siqqa urilib, kanal ichiga tushib ketdi. Haydovchi va ikki nafar yo‘lovchi vafot etgan.

Quvurlarning 35 foizi eskirgan, bu suv yo‘qotilishiga sabab bo‘lmoqda — Sohib Saifnazarov
8 yanvar 2021, 18:13

Quvurlarning 35 foizi eskirgan, bu suv yo‘qotilishiga sabab bo‘lmoqda — Sohib Saifnazarov

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining birinchi o‘rinbosari Sohib Saifnazarov quvurlarning 35 foizi eskirgani va bu suv yo‘qotilishiga sabab bo‘layotganini ta’kidladi. Bunga yechim sifatida Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida loyihalar amalga oshirilayotganini aytdi.

Pokiston tibbiy komissiyasi 6 ta o‘zbek OTMlarini qora ro‘yxatga kiritdi, pokistonlik talabalar bunga qarshi
8 yanvar 2021, 17:58

Pokiston tibbiy komissiyasi 6 ta o‘zbek OTMlarini qora ro‘yxatga kiritdi, pokistonlik talabalar bunga qarshi

Islomobod shahrida ikki mingga yaqin shifokorlar va talabalar ikki kun davomida O‘zbekiston va Qirg‘iziston universitetlari diplomlarini tan olishni talab qilib namoyishlar uyushtirishdi.

Namanganda qulagan ko‘prik yuzasidan munosabat bildirildi
8 yanvar 2021, 17:23

Namanganda qulagan ko‘prik yuzasidan munosabat bildirildi

8 yanvar kuni Namangan viloyatida qulagan ko‘prik haqida rasmiy munosabat bildirildi. Unga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlar va qurbon bo‘lganlar yo‘q. Ushbu inshootga davlat byudjetidagi mablag‘ ajratilmaganligi va u xususiy tadbirkor shaxsiy mablag‘i hisobiga qurilganligi aytilmoqda.

Toshkentda 31 yoshli ayol pichoqlanib, vafot etdi
8 yanvar 2021, 17:01 1

Toshkentda 31 yoshli ayol pichoqlanib, vafot etdi

Toshkent shahrida 31 yoshli ayol mast holida tanishiga “karate” uslublarini ko‘rsatgani uchun pichoqlandi. Fuqaro olgan tan jarohati oqibatida vafot etgan.

2020-yilda 32 ta madaniyat obyekti mahalliy hokimiyatlar tomonidan sotib yuborilgan
8 yanvar 2021, 16:47

2020-yilda 32 ta madaniyat obyekti mahalliy hokimiyatlar tomonidan sotib yuborilgan

Ozodbek Nazarbekov mahalliy hokimiyatlar 32 ta madaniyat obyektini balansiga o‘tkazib, sotib yuborganini ma’lum qildi. Bu haqda esa Madaniyat vazirligiga xabar berilmagan.

Samarqandda sovuqda boshpanasiz qolgan shaxslarga yordam berildi
8 yanvar 2021, 16:23

Samarqandda sovuqda boshpanasiz qolgan shaxslarga yordam berildi

Samarqand viloyatida bir kunda 20 nafar sovuqda boshpanasiz qolgan shaxslar reabilitatsiya markaziga olib kelindi. Samarqand IIB (66) 234−96−32 raqami orqali viloyatda boshpanasiz qolgan va ko‘chada sovqotayotgan odamlar haqida ma’lumot berish mumkinligini ma’lum qildi.

Dam olish kunlari havo iliqlashadi
8 yanvar 2021, 15:23

Dam olish kunlari havo iliqlashadi

Dam olish kunlari sovuq antitsiklon chekinadi, kunduzgi harorat yakshanba kunigacha +10 ga ko‘tariladi. Ushbu kunlarda yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Toshkentda ichimlik suvi va kanalizatsiya uchun yangi tariflar o‘rnatildi
8 yanvar 2021, 14:32

Toshkentda ichimlik suvi va kanalizatsiya uchun yangi tariflar o‘rnatildi

24 yanvardan boshlab Toshkentda ichimlik suvi va oqova suvi xizmati uchun uchun yangi tariflar amal qiladi. Ichimlik suvi uchun tariflar dekabrdagi rejadan pastroq miqdorga oshirilgan.

Qashqadaryo viloyatining 8 ta hududida elektr ta’minoti to‘xtadi
8 yanvar 2021, 13:05

Qashqadaryo viloyatining 8 ta hududida elektr ta’minoti to‘xtadi

Tallimarjon IESdagi ikkita energobloklar to‘xtagani sababli Qashqadaryo viloyatining 7 ta tuman va 1 ta shahar elektr ta’minotida to‘liq uzilish qayd etildi. Viloyatning boshqa hududlarida ham uzilishlar kuzatilmoqda.

Surxondaryoda haydovchiga «yalingan» YPX xodimi ishdan olindi
8 yanvar 2021, 12:44

Surxondaryoda haydovchiga «yalingan» YPX xodimi ishdan olindi

Surxondaryo viloyatida haydovchidan uzr so‘rab, o‘zaro kelishishni so‘ragan YPX xodimi o‘z vazifasidan ozod etildi.

Ikki yoshli o‘g‘lini sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi
8 yanvar 2021, 12:29

Ikki yoshli o‘g‘lini sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

Samarqand viloyatida ikki yoshli o‘g‘lini 2500 dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi.

Tramp o‘z mag‘lubiyatini to‘liq tan oldi
8 yanvar 2021, 12:14

Tramp o‘z mag‘lubiyatini to‘liq tan oldi

Donald Tramp saylovlar natijalarini qayta ko‘rib chiqilishiga erisha olmaganini tan oldi va asosiy e’tiborini hukumatni Jo Baydenga opshirishga qaratishini ta’kidladi. U Kongress binosiga hujum uyushtirganlarni qoralab, aybdorlar qonun oldida javob berishini ta’kidladi.

Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha kengash tashkil etiladi
8 yanvar 2021, 11:30

Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha kengash tashkil etiladi

Prezident qaroriga asosan Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha kengash hamda hududiy kengashlar tashkil etilmoqda. Bundan tashqari, 1-aprelgacha kasbiy standartlarning yagona ochiq portali ham yaratiladi.

Nos chekish saratonga olib kelishi mumkin — SSV mutaxassisi
8 yanvar 2021, 11:26

Nos chekish saratonga olib kelishi mumkin — SSV mutaxassisi

O‘zbekistonda 23 foizdan ortiq erkaklar nosvoy iste’mol qiladi. Nosga ruju qo‘yish shilliq qavatlarda saraton kasalligi rivojlanishi va boshqa ko‘plab salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Nosni iste’mol qilish zararlari hamda uni ishlab chiqarish va sotishni taqiqlash bo‘yicha qonun kerakligi haqida Sog‘liqni saqlash vazirligining tamakiga qarshi kurashish bo‘yicha bosh konsultanti Shuhrat Shukurov gapirdi.

O‘zbekistonda elektr energetikasi tizimi ishlash tartibi to‘liq tiklandi
8 yanvar 2021, 11:00

O‘zbekistonda elektr energetikasi tizimi ishlash tartibi to‘liq tiklandi

Energetika vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, ayni damda issiqlik elektr stansiyalarining barqaror ishlash rejimi to‘liq tiklangan.

Prezident va bosh vazir ham daromadlar deklaratsiyasini to‘ldirishi taklif etilmoqda — qonun loyihasi
8 yanvar 2021, 10:42

Prezident va bosh vazir ham daromadlar deklaratsiyasini to‘ldirishi taklif etilmoqda — qonun loyihasi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi quyidan tortib, yuqorigacha bo‘lgan barcha mansabdor shaxslar daromadlar deklaratsiyasini to‘ldirishni taklif etmoqda. Bu borada tegishli qonun loyihasi ishlab chiqilgan va hozirda tegishli organlar bilan kelishish jarayoni amalga oshirilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting