O‘zbekiston TIV rahbari Vashingtonda AQShning Afg‘onistondagi yarashish masalalari bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar afg‘on mojarosi hamda mintaqada tez muddatlarda tinchlik o‘rnatishga ko‘maklashuvchi choralarni muhokama qilishgan.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Xalqaro press-klubning sessiyasida jonli efirda koronavirusga qarshi emlandi.
Senat raisi jurnalistlar uchrashuvda davlat idora va tashkilotlari mansabdorlari senzura o‘rnatishi, OAV ishiga to‘sqinlik qilishi, tazyiq va bosim o‘tkazishiga qarshi javobgarlik yanada kuchaytirilishini ma’lum qildi. «Sizlarni faoliyatingizga aralashishga, ko‘rsatma, yo‘nalish berishga hech kimning haqqi yo‘q», — dedi u.
Zangiotadagi koronavirusga chalingani gumon qilingan bemorlarni davolashga mo‘ljallangan yuqumli kasalliklar shifoxonasi bemorlar bilan to‘ldi. 2 ming kishiga mo‘ljallangan kasalxonada ayni vaqtda 2550 nafar bemor davolanmoqda.
Kecha O‘zbekistonda 482 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 395 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari, biologiya fanlari doktori Shahlo Turdikulova «Gazeta.uz»ga nima sababdan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining uchinchi bosqich klinik sinovlari yakuniga yetmasdan koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlab yuborilgani hamda pereparatning samaradorligi qay darajada ekanligi haqida so‘zlab berdi.
«Oreo» va tvorogli tortlar, «Kartoshka» pirojniysi, shokoladli muss va chizkeyk — Zira.uz pishirishni talab etmaydigan sovuq desertlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
O‘zbekistonda Twitter, TikTok va VKontakte ijtimoiy tarmoqlaridan foydalanish cheklandi. «Gazeta.uz» Twitter va Telegram foydalanuvchilarining ushbu holat yuzasidan bildirgan ayrim fikr-mulohazalarini taqdim etadi.
30 iyun kuni Germaniya askarlarining oxirgi guruhi Afg‘onistonni tark etdi. GFR mudofaa vaziri buni «muhim tarixiy voqea» deb atadi. «Biz Afg‘onistondan tezda yevropacha namunadagi davlatni yarata olamiz, degan noto‘g‘ri taassurotni uyg‘otdik», — dedi u. Vazir shuningdek, NATO ittifoqdoshlari Afg‘onistonga boshqa yo‘llar orqali yordam berish haqida bosh qotirayotganini ham ma’lum qildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov daromad va mol-mulklarni majburiy deklaratsiya qilish tizimi nima uchun davlat xizmatchilari, ularning turmush o‘rtoqlari va voyaga yetmagan farzandlarini qamrab olish bilan cheklanayotgani, boshqa qarindoshlari hozircha hisobga olinmayotganiga izoh berdi. U tizim nima sababdan davlat xizmatchilarining xarajatlarini hisobga olmasligi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasi xodimi bemorni ro‘yxatga olish uchun 5000 so‘m so‘ragani uchun ishdan bo‘shatildi.
Uch oy ichida O‘zbekistonda, SSV ma’lumotlariga ko‘ra, 685,5 ming kishi koronavirusga qarshi to‘liq emlandi. Bu doimiy aholining (33,9 million) 2 foizi yoki 19 yoshdan katta bo‘lgan aholining 3,1 foizi demakdir. Avvalroq iyunga qadar aholining 60 foizi emlanishi rejalashtirilayotgani xabar qilingan edi.
AQShda federal darajada o‘lim jazosiga moratoriy joriy etilgani, Parijdagi «Sharl-de-Goll» aeroportida ish tashlash, Braziliya parlamentining ayollarga nisbatan psixologik zo‘ravonlikni jinoyat deb tan olgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Samarqand viloyati Payariq tumanidan o‘tuvchi yo‘lda aholiga xizmat ko‘rsatuvchi avtobusning yo‘liga, qarama-qarshi tomondan kelayotgan Damas avtomashinasi chiqib ketishi natijasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Oqibatda Damas ichida bo‘lgan ikki nafar fuqaro hodisa joyida vafot etgan.
Toshkentda koronavirus bemorlari uchun taqsimlash markazlari qayta ochilishi, Abdulaziz Kamilovning AQShga tashrifi, poytaxtda bog‘lar, yashil hududlar va xiyobonlar soni ko‘paytirilishi, O‘zbekistonda bir nechta ijtimoiy tarmoqlar faoliyati vaqtinchalik cheklanishi — “Gazeta.uz"ning 2 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Ikkilamchi bozorda uy-joylar narxi II chorak davomida o‘rtacha 5,7 foizga ko‘tarildi. Narxlar eng ko‘p Namangan, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida qimmatlashdi, barcha oldi-sotdi shartnomalarining uchdan biri esa Toshkentga to‘g‘ri kelmoqda. Poytaxtdagi ko‘chmas mulk narxlari aholi jon boshiga daromadi yuqoriroq bo‘lgan dunyoning boshqa poytaxt-shaharlaridan balandroq, deyiladi MB mutaxassisi sharhida.
2021 yilning yanvar-iyun oylarida respublikada 391 ming 258 ta tug‘ilish qayd etilgan. Hududlar kesimida eng ko‘p tug‘ilish bo‘yicha Samarqand, Farg‘ona hamda Qashqadaryo viloyatlari yuqori o‘rinni egallagan
O‘zLiDeP partiyani rebrending qilish doirasida o‘z logotipini o‘zgartirmoqda.
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida dam olish maskani qurish uchun mo‘ljallangan 80 sotix bo‘sh yer maydonini 450 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
AQSh O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikistondan AQSh harbiy kuchlari bilan ishlagan va hozirda «Tolibon» qasosidan qo‘rqayotgan 9000 ga yaqin afg‘onistonliklarni vaqtincha qabul qilishni iltimos qilib murojaat qildi, deb yozadi Bloomberg.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting