Toshkentda davom etayotgan boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi yana 6 ta g‘alabaga erishdi.
O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 42 ta xorijiy kompaniya tomonidan yanvar-aprel oylarida 32,4 mlrd so‘m soliq to‘langan. Ular ichida eng ko‘p soliqni Meta (12,1 mlrd so‘m), Google (9,3 mlrd so‘m) va Apple (6 mlrd so‘m) to‘lagan.
Shavkat Mirziyoyev muddatidan ilgari prezidenti saylovini 9-iyulda o‘tkazish bo‘yicha farmonni imzoladi.
Prezident O‘zbekiston davlat rahbari lavozimiga muddatidan ilgari saylov bo‘lib o‘tishini e’lon qildi. U nima uchun 3,5 yillik prezidentlik muddatidan o‘z tashabbusi bilan “voz kechayotganligini” tushuntirdi.
“Paxtakor” va “Navbahor” klublari bilan O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan murabbiy Viktor Jalilov 71 yoshida vafot etdi. U O‘zbekiston U-22 jamoasini ham boshqargan.
“O‘zbekiston — dunyoviy davlat va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi”, — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev referendum yakunlariga bag‘ishlangan uchrashuvda. Davlat rahbari mamlakatda har qanday radikallashuvga, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga hech qachon yo‘l qo‘yilmasligini aytdi.
Shavkat Mirziyoyev xalq ovozi va fikrini keng jamoatchilikka, davlat idoralari e’tiboriga olib chiqayotgan eng ta’sirchan kuch, bu — OAV va jurnalistlar ekanini ta’kidladi. Shuningdek u axborot makonida haqqoniylik va xolislik bosh mezon ekanini unutmaslik zarurligini aytdi.
Prezident ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori muntazam oshirib borilishini bildirdi. Buning uchun budjetdan har yili qo‘shimcha 30−40 trln so‘m ajratish kerak bo‘ladi. Shuningdek, davlat rahbari har yili yuzlab yangi bog‘chalar, maktab va shifoxonalar qurish lozimligini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev Vazirlar Mahkamasiga 1-avgustga qadar davlat o‘ziga olgan har bir yangi majburiyat bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqib, parlamentga kiritishini topshirdi.
O‘zbekistonda kunlar hafta davomida isib boradi, quruq ob-havo bo‘ladi. Harorat kechalari +13…+18, kunduzi janub va cho‘l hududlarda +36…+38 darajagacha yetadi. Chang-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli bor.
Samarqand shahriga YeTTB ajratayotgan mablag‘lar hisobidan Yutong elektrobuslarining dastlabki 6 donasi olib kelindi. Yil oxirigacha yana shunday 94 ta elektrobus olish rejalashtirilmoqda. Yaqin yillarda shaharda 350 ta elektr transporti xarid qilinadi.
Prezident referendum yakunlariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazib, referendum davomida umumxalq muhokamalarida faol va munosib ishtirok etgan millionlab yurtdoshlarni e’tirof etdi. “Yangilangan Konstitutsiyamizning chinakam muallifi xalqimiz bo‘ldi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Saylov kodeksiga prezident, Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolarining navbatdan tashqari saylovlarini o‘tkazish yuzasidan o‘zgartishlar kiritildi. Prezident davlat rahbari uchun muddatidan ilgari saylovlarni tayinlaganida, ular 2 oy ichida o‘tkazilishi kerak.
Adliya vazirligining sobiq xodimi tuhmat qilishda gumonlanib, hibsga olingandi. Uning ayoli tergov tugagan bo‘lsa-da, eri ozodlikka chiqmagani sababli bosh prokurorga murojaat qilgan. Sud ajrimiga ko‘ra, 3 oyga yaqin hibsda o‘tirgan fuqaro qo‘yib yuborildi.
Bosh prokuratura boshqarma katta prokurori va Uchtepa tumani prokuraturasi tergovchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Ular firibgarlik hamda pora berishda gumonlanmoqda.
Ombudsman va jamoatchilik guruhlari vakillari 1-sonli tergov hibsxonasi (“Toshturma”)da bo‘lib, Nukus voqealari yuzasidan jinoyat ishi bo‘yicha sudlanganlar, jumladan, Dauletmurat Tajimuratov bilan uchrashdi. Sudda u ombudsmanni tanqid qilgandi.
Tijorat banklari 8-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 370 — 11 400 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 430 — 11 500 so‘m.
“Mening yo‘lim” loyihasining 2023-yilgi mavsumiga ovoz berish yakunlandi. Jami 517 ta loyiha g‘olib deb topildi, endi ularga 412 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi. Joylarda fuqarolar bayram qilishni boshlab yubordi.
Dushanba tongida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida 3,2 magnitudali zilzila qayd etildi.
Toshkentda Qatar elchixonasi ochildi. Marosimda Qatar tashqi ishlar davlat vaziri Sulton bin Saad al-Murayxiy ishtirok etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting