Tokio-2020 yozgi Olimpiya hamda Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritgan bir guruh Toshkent viloyati sportchilariga uy, Spark rusumli avtomobillar hamda pul mukofotlari topshirildi. Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev musobaqadan oldin sportchilarning kayfiyatini ko‘tarish kerakligi haqida aytgan edi. “Qancha ularni e’tirof etsak ularda g‘alabaga ehtiyoj paydo bo‘ladi”, — degan edi prezident.
5 iyulga o‘tar kechasi «Tolibon» kuchlari Afg‘onistonning Badaxshon provinsiyasidagi oltita okrugni o‘z nazoratiga oldi. Tojikiston qo‘shni davlat hududiga chekingan Afg‘oniston hukumat qo‘shinlarining 1000 dan ortiq harbiy xizmatchilarini qabul qildi.
Haftaning katta qismi davomida havo harorati +41…+43, janubda va cho‘l hududlarida +44…+46 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda. Juma kunidan boshlab respublika hududiga salqin havo massalari kirib keladi va issiq asta-sekin pasayishni boshlaydi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev shu hafta BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasi raisi Volkan Bozkir bilan uchrashadi. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalarining transformatsiyasi yuzasidan taqdimot va Olimpiya zaxiralarini tayyorlash tizimini takomillashtirish yuzasidan yig‘ilish rejalashtirilgan.
O‘zbekistonda TikTok, Twitter va «VKontakte» ijtimoiy tarmoqlar faoliyatiga cheklov qo‘yilganidan so‘ng, VPN dasturiga talab birdaniga ortdi. So‘nggi marta bunday holat 2018 yilning kuzida, Facebook va YouTube bloklanganida kuzatilgan edi.
Kecha O‘zbekistonda 475 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 304 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Bugun tunda O‘zbekistonga “Sputnik V” vaksinasining 40 ming dozalik 1-komponenti olib kelindi. 10 iyun kuni “Sputnik V” vaksinasining 70 ming dozalik 2-komponenti keltirilgan edi.
Filippinning janubi-g‘arbiy qismida C-130 samolyoti qulashi oqibatida 50 kishi halok bo‘ldi. Ular orasida 47 nafar harbiy va 3 nafar tinch aholi vakillari bor. Hodisa natijasida 49 nafar askar jabrlangan.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov yoshlar ko‘proq kitob va gazetalarni o‘qishlari uchun ijtimoiy tarmoqlarni bir oyga yopishni taklif qildi. O‘z navbatida, deputat Rasul Kusherbayev axborot asrida ijtimoiy tarmoqlarni cheklashni kulguli va absurd qaror deb atadi.
Jomboy tumanidagi “Zarafshon Milliy tabiat bog‘i"ning 1,5 gektar maydonida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in olti soatdan ko‘proq vaqt davomida o‘chirildi. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q.
“El-klassiko"ning bo‘lib o‘tadigan sanalari, JCH saralash uchinchi bosqichiga qur’a tashlash marosimi, Jaloliddin Masharipovning “An Nassr” jamoasiga qaytishi — “Gazeta.uz” ning haftalik sport yangiliklari dayjestida.
SSV quyosh urganda birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Issiqdan saqlanish uchun havoni yaxshi o‘tkazib, quyosh nurini qaytaradigan, tanaga yopishmaydigan kiyimlarni kiyish kerakligi aytildi. FVV eng issiq vaqt — 12:00 dan 16:00 gacha ko‘chaga chiqmaslikni tavsiya qildi.
O‘zbekiston hukumati iyul oyining birinchi yarmida mamlakatga issiq havo oqimi kirib kelishi munosabati bilan shoshilinch choralar ko‘rishga kirishdi. Unga ko‘ra, aholi gavjum joylarda vaqtinchalik tibbiyot punktlarini tashkil etish, daryo va ko‘llar, aholi dam olish maskanlarida xavfsizlik masalalarini kuchaytirish, elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlash zarur.
O‘zbekiston yanvar-may oylarida qiymati 43,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 27,6 ming tonna gilos eksport qilgan. Bu 2020 yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 4,3 ming tonnaga ko‘p.
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida ot sportiga ixtisoslashgan MCHJga ajratilgan 25,4 gektar yer maydonini 1 mln. 500 ming AQSh dollariga sotishni rejalashtirgan shahs qo‘lga olindi. Shuningdek, Toshkent viloyatining Zangiota, Namangan viloyatining Kosonsoy va Farg‘ona viloyatining Quva tumanlarida ham noqonuniy yer sotish bilan bog‘liq holatlar aniqlandi.
Yevropa chempionatining chorak final uchrashuvlari yakuniga yetdi va yarim final juftliklari nomi aniq bo‘ldi. Yarim final o‘yinlari 6 va 7 iyul kunlari o‘tkaziladi.
Kecha O‘zbekistonda 467 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 360 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, 18 yoshdan katta bo‘lgan Samarkand va Toshkent viloyati aholisini koronavirusga qarshi ixtiyoriy ravishda emlash belgilandi. Shuningdek, vaksinatsiya qilingan to‘lov kontrakt asosida o‘qiydigan talabalarga 2021−2022 o‘quv yili uchun bazaviy to‘lov kontraktiga 10 foiz miqdorida bir martalik chegirma bonusi beriladi.
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovda koronavirus aniqlangani sababli u davolanish uchun Toshkentga jo‘nab ketdi. Bir hafta avval viloyat rahbari niqobsiz ko‘rinish berib, Buxoro aholisi bilan qo‘l berib ko‘rishgandi.
AQSh Davlat departamenti Odam savdosi to‘g‘risidagi yangi hisobotida O‘zbekistonni ikkinchi toifaga (Tier 2) kiritdi. Ushbu toifaga AQShning odam savdosi qurbonlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunining minimal talablariga to‘liq rioya etmayotgan, biroq jiddiy choralarni ko‘rayotgan davlatlar kiritiladi. O‘tgan yili mamlakatda odam savdosi bilan bog‘liq 93 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting