Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro bir nechta manzillarda sintetik giyohvand vositalar tayyorlash bilan shug‘ullangani aniqlandi. Tezkor tadbir davomida laboratoriyalardan qariyb 15 kg miqdordagi narkotik vositalar musodara qilindi.
“O‘zatom” agentligi direktorining ma’lum qilishicha, atom stansiyalarini qurish uchun 14 ta potensial maydoncha dastlabki tarzda baholab chiqilgan. “Respublikaning turli hududlarida kichik reaktorlarni yanada rivojlantirish uchun ushbu maydonlarni batafsil o‘rganish rejalashtirilgan”, — dedi u.
Uzum milliy raqamli ekotizimi va Fintex assotsiatsiyasi ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va e-tijorat sohasida tadbirkorlikning iqtisodiy rivojlanishini mustahkamlash bo‘yicha qo‘shma faoliyatni rejalashtirmoqda.
Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Rahmatulla Nurimbetov O‘zbekistonning Shvetsiyadagi yangi elchisi bo‘ldi.
DXX Toshkentda XIX va XX asrlarga oid 100 ta “Nikolay” oltin tangalarini 67 ming dollarga sotishga uringanlarni qo‘lga oldi. Ushbu tangalar madaniy boylik hisoblanadi va tarixiy ahamiyatga ega. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
IHMA oktabr oyi davomida xorijda ota-onasi qarovisiz qolgan 11 nafar bolani O‘zbekistonga qaytardi. Ular Rossiya, Xitoy, Turkiya kabi davlatlardan olib kelinmoqda. Tez orada yana bir guruh bolalar keltiriladi.
Toshkent viloyatida yig‘ilish o‘tkazgan prezident, O‘zbekiston mulki bo‘lib qoladigan kichik AES, apellyatsiyadan so‘ng ozodlikka chiqqan brbalo a’zolari, ilk bor Toshkentda mag‘lub etilgan BAA termasi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Navoiy viloyatida ichimliklar uchun alyuminiy bankalar ishlab chiqaradigan O‘zbekistondagi birinchi zavod quriladi, bu uchun 100 mln dollar investitsiya jalb qilinadi. Korxona 2025-yilning kuzida ishga tushishi kutilmoqda.
O‘zbekistonlik futbolchilar JCH-2026 saralashining uchinchi bosqichida o‘z uyida BAAni minimal hisobda mag‘lub etdi. Raqib ikkinchi bo‘limni bir kishi kam holda o‘tkazdi, yagona gol esa penaltidan kiritildi. Foto, video.
Prezident Toshkent viloyatida kambag‘allikka qarshi kurashish rejalarini ma’qullamadi. U hudud kichik biznes orqali aholini ishli qilishda eng oxirgi o‘rinlarda turganini tanqid qildi. “Bor imkoniyatlar va yaratib berilayotgan sharoitlar hisobiga viloyatda kambag‘al oila qolishining o‘zi uyat”, — dedi davlat rahbari.
Apellyatsiya sudi brbalo musiqiy guruhi a’zolari Kamal Yusupov va Abror Gulyamovning qamoq muddatini qisqartirdi, ular ozodlikka chiqdi. Blogerlar yumoristik klipi uchun 15 sutkaga qamalgandi.
Shavkat Mirziyoyev OKMKda 4-mis boyitish fabrikasi qurilishini boshlab berdi. Loyiha qiymati 5,3 mlrd dollar bo‘lib, zavodda 146 ming tonna katodli mis, 13 tonna oltin, 73 tonna kumush olish quvvatlari yaratiladi, 3 mingdan ortiq kishi ish bilan ta’minlanadi.
Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosarlari Botir Alimbekov va Erkin Muhiddinov lavozimidan ozod etildi. Bunga ularning xizmatdagi qator kamchiliklari sabab bo‘lgan.
15-oktyabr tongidan beri Toshkent — O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonida qor yog‘moqda. «Gazeta.uz» tarmoqlarda e’lon qilingan qorli hududdan olingan tasvirlarni jamladi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev Umra litsenziyasi uchun yangi talablar tarmoqlarda noto‘g‘ri talqin qilinayotganini bildirdi. «Bu katta miqdor emas… O‘sha 15 ming kishi bilan muammo bo‘lganida, qo‘yilgan 100 ming dollarga 100 kishini ham qaytarib olib kelishga imkoniyatimiz yo‘q edi», — dedi u.
Ancha vaqtdan beri sotilmagan obyektlar poytaxtdagi tadbirkorlarga bo‘lib-bo‘lib to‘lash evaziga beriladi. Bunda korxona ishchilarining 50 foizi kambag‘al oiladan bo‘lishi kerak.
Prezident mis, oltin va kumush ishlab chiqariladigan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatidagi “Yoshlik-1” koni hamda 2021-yilda qurilishi boshlangan, kon ma’danlaridan yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun barpo etilayotgan 3-misni boyitish fabrikasida bo‘ldi.
Kichik atom elektr stansiyasi O‘zbekiston mulki bo‘ladi, dedi AES qurilishi direksiyasi rahbari Otabek Amanov. Uning aytishicha, yadro yoqilg‘isi ishlab chiqarish uchun mahalliy urandan foydalanish rejalashtirilgan bo‘lib, u ishlatilgandan so‘ng Rossiyaga olib ketiladi. U loyihaning bosqichlari haqida ham ma’lumot berdi.
Navoiy shahrida tovuq fermada mayning qurilmalarini o‘rnatib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan shaxs qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
Andrey Pyataxin Beeline Uzbekistan yangi bosh direktori etib tayinlandi. Ilgari u Beeline Kyrgyzstan`ni boshqargan. Kompaniyaning yangi rahbari raqamli texnologiyalar vaziri bilan uchrashdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting