“Hududiy elektr tarmoqlari” vakili matbuot anjumanida O‘zbekistonda elektr energiya bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslar hisobida 3,5 trln so‘m qarzdorlik mavjudligini ma’lum qildi. Qolaversa, respublika bo‘yicha eng ko‘p qarzdorlik Samarqand viloyatiga to‘g‘ri kelishi ta’kidlandi.
2020-yil davomida 1,2 million nafardan ziyod aholiga ilk bor ichimlik suvi yetkazildi. Bundan tashqari, avariya holatlari 2019-yilga nisbatan 16,8 mingtaga, ya’ni 12 foizga kamaygani qayd etildi.
Prezident mustaqillikning 29 yilligi arafasida taqdirlangan bir guruh vatandoshlarga faxriy unvonlar, orden va medallarni topshirdi. “Bu yerda o‘tirganlar bugungi kunning qahramonlari, mardona xalqimizning buyuk vakillari” — deya ta’kidladi davlat rahbari.
Davlat rahbari murojaatnomada 2021-yilga nom berishi, mamlakatni yanada rivojlantirishga qaratilgan eng muhim vazifalar, ichki va tashqi siyosatga doir ustuvor yo‘nalishlarni belgilashi kutilmoqda.
Dekabr oyining oxirgi kunlari va yanvar oyining birinchi kunlarida harorat me’yordan 4−7 darajaga past bo‘lib, bu hafta davomida saqlanib turadi. Yakshanba kuni 27 dekabrda yog‘gan qor bu yilgi so‘nggi qor bo‘ldi, O‘zbekiston aholisi Yangi yilni qorsiz kutib olishadi.
Ichki ishlar organi hodimining mast holatda jamoat tartibini buzayotganligi haqidagi videoga IIV munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, ushbu hodisadan so‘ng me’yoriy buyruq talablarini buzgan xodim o‘z vazifasidan chetlatildi.
Control Union Central Asia kompaniyasi qishloq xo‘jaligi sohasida xalqaro GLOBAL G.A.P. va Organic sertifikatlarni olishni taklif qiladi.
Uyida gaz va svet yo‘q 10 dan ortiq xotin-qizlar Qo‘qon shahar hokimiyati oldidagi yo‘lni to‘sib qo‘ydi. Ta’kidlanishicha, mutasaddilar ularning so‘zlarini eshitmayapti. Yo‘lni bo‘shatishni so‘ragan haydovchilarga qarata ayollar, — “urib ketishingiz mumkin, baribir uy sovuq”, — deya javob qaytarishgan.
Deputatlar ko‘rib chiqqan prezident xavfsizlik xizmatiga oid qonun loyihasi MDH hamkorlik kelishuvi asosida ishlab chiqilgan hamda AQSh, Rossiya va Koreya tajribasi o‘rganilgan. Hozirga qadar xizmat bir qancha qonunosti hujjatlar asosida faoliyat yuritib kelmoqda. Qonun esa xizmat faoliyatida huquqiy asosni yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.
Dollarning rasmiy kursi 3 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 476 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz pasaydi.
COVID-19'ning yangi shtammi Janubiy Koreya va Kanadada ham aniqlanda va Buyuk Britaniya bilane aviaqatnovlarni to‘xtatib qo‘yishdi. Yaponiya esa yangi shtamm aniqlanganligi sabab yanvar oxirigacha mamlakat chegaralarini yopib qo‘ydi. Shuningdek, yangi shtamm Singapur, Germaniya, Fransiya, Irlandiya, Shveysariya, Livan, Shvetsiya va Ispaniya ham aniqlandi.
Transformatorning buzilishi natijasida elektr energiyasidan uzilib qolgan muzrabotliklar norozilik sifatida ko‘chada balon yoqishdi. Xozirda muammo bartaraf etilgan.
Andijon viloyati prokuraturasi viloyat hokimligining «Yagona buyurtmachi xizmati» davlat xaridlarini o‘rganmoqda. Uning rahbari 20 mlrd so‘mlik davlat xaridlarini yutib olgan qurilish kompaniyasining ta’sischisi hisoblanadi. Boshqa ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi holatlari haqida ham xabar qilindi.
Navoiy markazida yangi yil archasi yonib ketdi. Hodisaga yog‘ingarchilik sababli nam tekkan elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lishi mumkin.
Dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 80 mln dan oshdi. COVID-19 dan tuzalganlar soni 45,1 mln dan oshgan bo‘lib, vafot etganlar soni esa 1,75 mln dan ko‘proqni tashqil qilmoqda. Eng ko‘p zararlanganlar AQSH, Hindiston va Braziliya mamlakatlariga to‘g‘ri kelmoqda.
Shavkat Mirziyoyev 2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risidagi Qonunni imzoladi. Qonun bilan 2021 yil uchun respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlari tasdiqlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumani Qipchoq ko‘chasida qurilgan ko‘prikni ko‘zdan kechirdi. Ushbu ko‘prikning uzunligi 772 metr bo‘lib, u Toshkentdagi ikkita yirik ko‘cha — Yangi Sergeli aylanma yo‘li bilan Xalqa yo‘lini bog‘laydi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishini borib ko‘rdi. Ushbu metro yo‘nalishining uzunligi 7 kilometrni tashkil qilib, beshta bekatdan iborat. Ushbu yo‘nalishda kuniga 35 mingtagacha odam qatnashi mumkin. Ushbu yo‘nalish 26 dekabr soat 16:00 dan boshlab xizmat ko‘rsata boshladi.
Toshkent vaqti bilan 15:28 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila O‘zbekistonning bir qator shaharlarida ham sezildi.
Prezident tomonidan imzolangan ayrim kodekslarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonunga ko‘ra, agar tarqatilgan yolg‘on axborot jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid solsa uni tarqatgan shaxs BHMning 100 baravarigacha (22 mln 300 ming so‘m) jarimaga tortilishi mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting