Ijtimoiy tarmoqlarda JIB Yangiyo‘l shahar sudi majlislar zalida sudlanuvchilar qo‘llarini kesib, tartibsizlikni yuzaga keltirgani aks etgan video tarqaldi. IIV mahbuslar lezviya bo‘laklari bilan o‘zlariga tan jarohati yetkazgani, noo‘rin talablarni qo‘yib, ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaganini ma’lum qildi. Viloyat IIBB esa voqeaning kelib chiqish sabablarini o‘rganmoqda.
Rejissyor Zulfiqor Musoqov rahbarligidagi Focus maktabi badiiy filmlar rejissyorligining o‘zbek tilidagi guruhiga arizalar qabulini e’lon qildi.
Shahrisabz shahridagi Hazrati Imom masjidi hovlisida namoz o‘qish ayvonining qurilishi to‘xtatildi. Bunga qurilish haqida tegishli tashkilotlar ogohlantirilmaganligi sabab bo‘lgan. Musulmonlar idorasining Qashqadaryo viloyatidagi vakili ayvon binosi hududdagi tarixiy obidalarga hech qanday zarar yetkazmasligini ta’kidladi.
Dollarning rasmiy kursi 8,37 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 609,91 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz pasaygan.
Ombudsman Feruza Eshmatova boshchiligidagi ekspertlik guruhi 23-son mahkumlarga mo‘ljallangan ixtisoslashgan kasalxonaga bordi. Unga hamrohlik qilgan IIV Jazoni ijro etish departameni tibbiy bo‘limi boshlig‘i Bahodir Yusupovning aytishicha, qamoqxonalarda yil boshidan beri COVID-19`ga chalinish holatlari qayd etilmagan.
Oqdaryo tumanida 1 gektar yer maydonini rasmiylashtirib berish evaziga 50 ming dollar va Nexia-3 avtomashinasi talab qilgan mas’ul shaxslar qo‘lga olingan. Shuningdek, Samarqand viloyatining Pastdarg‘om, Samarqand va Payariq tumanlarida ham noqonuniy yer sotish bilan bog‘liq holatlar aniqlandi.
Nurafshon shahar IIB boshlig‘i, podpolkovnik Navro‘z Omonboyev vafot etdi. Podpolkovnik «Kuchlik» neft baza yaqinida avtohalokatga uchragan.
“Murakkab” bolalarni maxsus muassasalarga joylashtirishni to‘g‘ri deb hisoblovchilar hali ham topiladi. Ba’zida bu qarorlarni ota-onalar qabul qilishadi. “Gazeta.uz” muallifi Yekaterina Soy bir yilini shunday maxsus yopiq muassasalardan birida o‘tkazgan yosh yigit hikoyasini aytib beradi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatidagi 63-sonli maxsus maktab-internatining tarbiyalanuvchilari yuz-ko‘zlari ko‘kargani aks etgan surat va xabarlar tarqaldi. Holat hokimlik tomonidan o‘rganilmoqda, Senat tomonidan nazoratga olindi.
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi 1-bosqichda emlanganlar 1 212 597 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 470 519 nafarni tashkil qilmoqda. Emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari qayd qilmoqda.
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev sentyabr oyidan yaxshi o‘zlashtirgan maktab o‘quvchilariga 500 ming so‘m miqdorida hokim stipendiyasi joriy etilishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, ularning o‘qituvchilariga 1 mln so‘mdan berilishi belgilandi.
Qozog‘istonda Chevrolet Equinox avtomobillari 13 490 000 tenge (331 mln so‘m atrofida) narxida sotilmoqda. UzAuto Motors saytida e’lon qilingan narxlarga ko‘ra, O‘zbekistonda avtomobil narxi 414 mln so‘mga teng deb belgilangan.
Toshkent viloyatida 9 ming 614 ta holatda 1618 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi. Bundan tashqari, yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishidan oldin yetkazilgan zararni qoplash choralari ko‘rilmagani qayd etildi.
15 yalpi majlisda Senat transport to‘g‘risidagi qonun, Saylov kodeksiga va boshqa qonunlarga o‘zgartirishlar, 2030 yilgacha gender tengligi strategiyasi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi va hukumatning davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobot eshitiladi.
Qozog‘iston OAVlarining xabar berishicha, ilgari O‘zbekistonga tegishli bo‘lgan Bog‘is va Xiyobon qishloqlari rasman Qozog‘istonning Turkiston viloyati tarkibiga kiritildi. Chegara uchastkalari to‘g‘risidagi shartnomalar ikki mamlakat tomonidan 2002 va 2004 yillarda imzolangan.
Yangi tayinlovlar, XDP deputatining kaltaklanishi, Turizm va sport vazirligiga ishga taklif qilingan talaba, tez tibbiy yordam xizmatidagi yangiliklar — “Gazeta.uz"ning 25 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.
«Men boshqalarga o‘xshab ko‘p va chiroyli gapira olmayman. Yo ishlash, yoki gapirish kerak. Ikkalasidan bittasi, to‘g‘rimi? Men ishlashni ma’qul ko‘raman», — dedi Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev.
«Biz yaqinda bir model o‘ylab chiqdik. Unga ko‘ra, hokimlik ishchilari umuman hokimlik binosida o‘tirishi noto‘g‘ri deb hisoblaymiz. To‘g‘risini aytsam, o‘zim ham katta bir angarni ichida o‘tirishni xohlayapman», — dedi Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev yoshlar bilan uchrashuvda.
«O‘zagrokimyohimoya» aksiyadorlik jamiyati tugatilib, uning vakolat va vazifalari boshqa tuzilmalarga o‘tkazish taklif qilindi. Xususan, mineral o‘g‘itlar va kimyoviy vositalar bilan ta’minlash erkin bozor tamoyillari asosida to‘liq xususiy sektorga beriladi. Shuningdek, o‘simliklarga kimyoviy ishlov berish xizmatlari ham tanlov asosida tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladi.
Uy-joy masalasida yechim izlab Vazirlar Mahkamasiga borgan mehribonlik uylarining sobiq tarbiyalanuvchilari IIO xodimlari tomonidan kaltaklangani holati Senat nazoratiga olindi. Ushbu holatga tez orada qonuniy baho berilishi aytildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting