Yoshlar kuni munosabati bilan Enter Engineering 16 dan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar uchun chellenjni o‘tkazmoqda. G‘olib kompaniyaning qimmatbaho sovg‘asi bilan taqdirlanadi.
Surxondaryoning Boysun tumanida bir guruh shaxslar Xalq demokratik partiyasi viloyat kengashi deputatini kaltakladilar. XDP ushbu hodisa bo‘yicha «surishtiruv ishlari boshlanganiga bir yarim oydan oshgan bo‘lsa-da, hamon muayyan bir xulosaga kelinmagani» ni ma’lum qildi.
Yevropaning bir qator yirik aviakompaniyalari, jumladan, KLM (Niderlandiya), Air France (Fransiya), SAS (Shvetsiya), LOT (Polsha), Wizz Air (Vengriya), Air Baltic (Latviya), Singapore Airlines Belarus osmonini chetlab o‘tgan holda parvozlarni amalga oshirmoqda.
Bosh vazir o‘rinbosari, Mass-media fondi rahbariyati, YeI elchisi, Uzbekistan Airports rahbari, Antikorrupsion agentlik direktori va Toshkent hokimi 2020−2021 o‘quv yili bitiruvchilariga o‘z maslahatlari va tilaklarini bildirishdi.
Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarma boshlig‘i sifatida faoliyat yuritayotgan Abdusalom Xo‘jaqulov Sariosiyo tumani hokimi etib tasdiqlandi.
24 may kuni kechqurun Kuala-Lumpurda yer osti tunnelida ikkita metro poyezdi to‘qnashdi. 213 kishi jabrlandi, ulardan 47 nafarida og‘ir jarohatlar qayd etilgan.
DSQ Xavfni tahlil qilish va soliq to‘lovchilarni segmentlash departamenti boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelgan Jaxongir Abdiyev Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimi etib tayinlandi.
Sariosiyo tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan O‘ktam To‘rayev qurilish vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Shoazim Minovarov prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. U Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori hisoblanadi.
«Obod qishloq», «Obod mahalla» va boshqa dasturlar doirasida qishloq va mahallalarda amalga oshiriladigan qariyb 21 trln so‘mlik qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarni onlayn nazorat qilish imkoniyati yaratildi. Qolaversa, dasturlar ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish uchun esa maxsus telegram bot ishlab chiqildi.
Seshanba kuni poytaxtda «Mo‘ynoqqa madad» xayriya velomarofoni o‘tkazilishi munosabati bilan soat 9:30 dan 11:30 gacha ayrim ko‘chalar harakat uchun yopiladi.
Prezident ishtirok etgan yig‘ilishda o‘z faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan maktabgacha ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Qahramon Olimov lavozimidan ozod etildi. Vazirning boshqa o‘rinbosarlari hamda vazirlikning barcha hududiy boshqarmalari boshliqlari o‘z vazifasini bajaruvchi darajasiga tushirildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi marta mamlakat maktablari bitiruvchilariga tabriknoma yo‘lladi. Bu yili qariyb 438 ming nafar o‘quvchi yoshlar yetuklik shahodatnomalarini qo‘lga olishadi.
Litvaning Belarus havo hududi orqali havo qatnovlarni taqiqlagani, Hindistonda zamburug‘ning xavfli turini yuqtirish holatlarining ko‘payib borayotgani, Albert Eynshteyn maktubining 1,2 mln dollarga sotilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Mukofotlangan bosh vazir, Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlanishi, Toshkentdagi kuchli yomg‘ir oqibatlari, Qashqadaryodagi majburiy mehnat, Shavkat Mirziyoyevning ushbu haftadagi ish grafigi — «Gazeta.uz»ning 24 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.
15 iyundan boshlab Uzbekistan Airways Moskvaga reyslarni «Domodedovo» aeroportiga ko‘chirdi. Aviakompaniyaning xabar berishicha, bu qaror qulaylikni ta’minlash va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish darajasini yaxshilash maqsadida qabul qilingan.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov «san’atni harom deb e’tiqod qilish — dinni yaxshi tushunmaslik, hovliqmalikdan» deya ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «dinni yaxshi bilmasdan va tushunmasdan turib, jamoat oldida, minbardan turib dindan gapirish uchun, kamida 25 yillik bilim olgan bo‘lish kerak».
Oktyabrda bo‘lib o‘tadigan prezident sayloviga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganish maqsadida YeXHTning maxsus missiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Missiya bo‘lajak prezident saylovini DIIHB tomonidan kuzatishga zarurat bor yoki yo‘qligini o‘rganadi. «Agar bunga zarurat bo‘lsa, bo‘lajak kuzgi saylovlarda missiyani aynan qaysi formatda joylashtirish kerakligi haqida hulosa beramiz», — dedi missiya vakili Aleksey Gromov.
Toshkent viloyatining Angren shahrida MAN yuk mashinasi va yettita yengil mashinalar ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda 7 nafar fuqaro voqea joyida vafot etdi, 14 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.
O‘zbekiston eng yirik elektron tijorat platformalaridan biri Amazon`da savdo qilishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatiga kirdi. Sotishni boshlash uchun tadbirkorlar ro‘yxatdan o‘tib, o‘z shaxsiy kabinetlarini o‘rnatishlari, tasdiqlovchi hujjatlarni qo‘shishlari, bank hisob-raqami va xalqaro to‘lov kartalarini ochishlari kerak.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting