AQSH prezidenti va vitse-prezidentining 2020 yil uchun soliq deklaratsiyalari, Kolumbiyadagi namoyishlarda 1,7 mingdan ortiq kishining jarohat olgani, Gruziya, Moldova va Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha memorandum imzolagani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
1 avgustga qadar Sirdaryodagi, 1 noyabrgacha esa Toshkent shahridagi barcha poliklinikalarni to‘liq raqamlashtirish rejalashtirilmoqda. Gulistondagi oilaviy poliklinikani tajriba doirasida xususiy sheriklikka berish ko‘zlanmoqda.
Elektromobillarni sotib olish va (yoki) O‘zbekiston hududiga vaqtinchalik olib kirish uchun yig‘im bekor qilinadi. Qonunchilik palatasi Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida qonun loyihasini qabul qildi.
Prezident tibbiyot sohasiga bag‘ishlangan videoselektorda respublikadan ajratilayotgan mablag‘lar to‘g‘ri sarflanmayotganini tanqid qildi. «Bepul tibbiyot yo‘q, hammayoqda korrupsiya deyapti odamlar», — dedi u. Qolaversa, davlat rahbari sohada o‘zgarish qilish shart bo‘lgan 5 ta yo‘nalishni belgilab bergan.
Samarqand viloyatida fuqaroga 13 ming AQSH dollari evaziga 15 gektar yer maydonini olib bermoqchi bo‘lgan tuman soliq inspektori va fermer qo‘lga olindi.
Ro‘mol o‘ragan qizlarga saylov sababli ularga indashmayotgani, saylovdan keyin «qanaqadir tashkilotlar» ota-onalarini surishtirishini aytgan Chinozdagi 45-maktab direktori bu haqda hech qanday organlardan topshiriq bo‘lmaganini bildirdi. U jamoatchilik va ota-onalardan uzr so‘radi.
Dollarning rasmiy kursi 10,89 so‘mga qimmatladi va jami 10 577 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarilgan.
Toshkentning tuman hokimi «mahfiy» qaroriga binoan tadbirkor yer uchastkasini olib qo‘yilishi munosabati bilan o‘z savdo ob’ektidan mahrum bo‘ldi, deya ma’lum qildi biznes ombudsman. Sud poytaxt hokimiyatiga buzilgan inshoot uchun tadbirkorga tovon puli to‘lash majburiyatini yukladi.
Uzoq davom etadigan ish kuni insult va yurak kasalliklarining kelib chiqishiga, buning oqibatida har yili yuz minglab insonlarning o‘limiga olib keladi. JSST va XMTning ushbu mavzudagi dastlabki tadqiqotlariga ko‘ra, ortiqcha mehnat qilish kasbiy kasalliklar uchun eng muhim xavf omiliga aylangan.
Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi mahallalardan birining raisini haqorat qildi va jismoniy kuch ishlatdi, deb xabar berdi Mahalla vazirligi.
Toshkent shahar hokimligi poytaxtdagi Navoiy, Nukus va Shota Rustaveli ko‘chalarida 300 ga yaqin bino fasadlarini ta’mirlamoqda. «Gazeta.uz» loyiha tafsilotlarini va ko‘p qavatli uylarda istiqomat qilayotgan aholi fikrini o‘rgandi.
Sirdaryo viloyatida yuk mashinasi yo‘lning piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan maktabning 2 sinf o‘quvchisini urib yubordi. Bola olgan tan jarohatlaridan shifoxonada vafot etgan.
Samarqand viloyatida 42 yoshli Turkiya fuqarosi o‘z boshqaruvidagi yuk avtomashinasida piyodani urib yubordi. 39 yoshli piyoda voqea joyida vafot etgan.
Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo kubogida O‘zbekiston sportchilari 14 ta medalni qo‘lga kiritishdi va umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egallashdi.
Poytaxt metrosining Chilonzor va O‘zbekiston liniyalari 21 maydan boshlab yangi jadval asosida ishlaydi.
«Ijtimoiy fikr» so‘rovnomasida ishtirok etganlarning ko‘pchiligi oilada kuch ishlatish mumkin emas deb hisoblaydi. Lekin 10,3 foiz respondentlar «ayol o‘z xatti-harakati bilan erini kuch ishlatishga majbur qilgan hollarda» kuch ishlatish mumkin, deb hisoblaydilar.
O‘zbekistonga xitoy-o‘zbek vaksinasining navbatdagi partiyasi 1 million dozada olib kelindi. Ertaga ushbu vaksinadan yana 500 ming doza vaksina olib kelinishi aytilmoqda.
O‘zbekiston va Jahon banki «O‘zbekistonda suv ta’minoti xizmatlari sektorini rivojlantirish va uni institutsional qo‘llab-quvvatlash» va «Milliy innovatsion tizimni modernizatsiya qilish» loyihalari bo‘yicha bitimlarni imzoladi.
Shavkat Mirziyoyev 14 may kuni Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga tashrifida Andijon viloyatidan noyabr oyida davolanish uchun kelgan 11-sinf o‘quvchisi Roziya Bozorboyeva bilan uchrashdi. Prezident Roziyaning Andijon tibbiyot institutiga kirish orzusiga javoban “Andijon tibbiyot institutiga bugun kirdi!” deya ta’kidladi.
Pastdarg‘om tumanidagi kanalda 17 yoshli qizning murdasi topildi. Qizning yaqinlari uning nomusiga tegib, keyin o‘ldirganini gumon qilishayotganini bildirgan. Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, marhumaning o‘limi, suvga cho‘kishdagi mexanik asfiksiyadan kelib chiqqanini va jinsiy a’zolarida tan jarohatlari aniqlanmaganligi aytilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting