Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida YTH natijasida ikki oiladan olti kishi vafot etgan. Yana 4 kishi jonlantirish bo‘limiga yotqizildi.
Qozon shahridagi maktabda yuz bergan otishma paytida 32 kishiga zarar yetgan. Maktabga ikki nafar o‘smir qurolli hujum uyushtirdi. Ma’lum qilinishicha, o‘q uzilishi va derazadan sakrash oqibatida halok bo‘lganlar bor.
Davlat soliq qo‘mitasi birlashgan kasaba uyushmasi vakillari hamda Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev o‘rtasidagi masala sudgacha olib borilmaslikka qaror qilindi. «Har ikki tomonning ham maqsadi va maslagi birligi, ya’ni mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz turmush farovonligi yo‘lida xizmat qilish ekanligi ta’kidlandi», — deya qayd etdi qo‘mita.
London shahrining amaldagi meri Sodiq Xon shahar rahbarligi uchun saylovlarda 55,2% ovoz yig‘ib, ikkinchi bor London meriga aylandi.
Isroil va falastinliklar o‘rtasida aprel oyidan buyon davom etayotgan to‘qnashuvlar oqibatida 300 dan ortiq kishi jabrlandi. Falastinda 20 kishining o‘limi qayd etilgan. Dushanba kuni kechasi G‘azo sektoridan Isroilga 200 ta raketa zarbalari berildi. BMT bosh kotibi mazkur mojaroni tegishli rezolyutsiyalar, xalqaro huquq va ikki tomonlama kelishuvlar asosida hal etishga chaqirdi.
Yanvar oyidan boshlab yo‘l harakati qoidalari buzilganligi haqidagi videolarni istalgan videoyozuv moslamasidan, shu jumladan smartfonlarda yozib olib, yuborish mumkin. dyhxx.ejarima.uz saytida arizani qanday rasmiylashtirish mumkinligini batafsil tushuntiramiz. Mukofotni xayriya ishlari uchun yo‘naltirish mumkin.
Yanvar-aprel oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 37,4 mingtani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8 242 taga ko‘p (128,3 foizga o‘sgan).
Yangi o‘quv yilidan «O‘zbek tili»ni o‘qitishda 4 ko‘nikmaga tayaniladi. Endi ta’lim tili o‘zga tilda bo‘lgan sinflarda davlat tili — o‘zbek tili ham chet tili kabi o‘rgatiladi. Milliy o‘quv dasturi asosida o‘zga millat vakillari uchun 2-sinf «O‘zbek tili» darsligi yaratildi.
Dekabr oyida akasini pichoqlab, tan jarohati yetgazgan fuqaroga sud hukmi o‘qildi. Marhumning rafiqasi qaynukasi oilani yagona boquvchi ekani, unga nisbatan hech qanday da’vosi yo‘qligi sababli ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlashni so‘radi. Sudlanuvchiga yengilroq jazo tayinlash moddasi bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Toshkent shahrining Yangihayot tumanida transport vositasini boshqarish huquqidan 18 oyga mahrum qilingan shaxs Spark rusumli avtomashinasida yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaroni urib yuborgan. Jabrlanuvchi tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yilda qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni tasdiqladi. Bayramlar vaqtida eng kamida uch kun dam olinadi.
«Sardoba ishi» bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi. «O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj» UK bosh direktori o‘rinbosari 10 yil, yana 4 sudlanuvchi 5 yil, bir nafari 4 yilga qamaldi. 3 kishiga ozodlikni cheklash va jarima jazolari tayinlandi.
«Paxtakor» futbol klubi 2020 yilda eng ko‘p zarar ko‘rgan davlat ishtirokidagi korxonalar o‘ntaligida 8-o‘rinni egalladi. Ijtimoiy tarmoqlarda jamoaning davlat byudjetidan pul olishi so‘raldi. Klub bergan bayonotda buni rad etib, «SFI Management Group» tomonidan moliylashtirilishini qayd etdi. 30 apreldagi hukumat qaroriga asosan jamoaning ulushlari to‘liq Toshkent shahar hokimligiga tegishli. Bu haqida batafsil Og‘abek Samisov maqolasida.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi birjada texnik chigitning boshlang‘ich narxlarini kelishib sun’iy oshirish alomatlari bilan 34 ta paxta klasteriga nisbatan ish qo‘zg‘atdi. Aprelda ular narxi 38 fizga ko‘tarilgan.
«Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida» gi Qonun loyihasi muhokamasi 1 noyabrga qadar uzaytirildi. Bu vaqt davomida mas’ullar tomonidan qonun loyihasi bo‘yicha seminar va anjumanlar o‘tkazilib, alifboga shakliy o‘zgarishlar kiritilishi munosabati bilan talab etiladigan xarajatlar miqdori o‘rganiladi.
Surxondaryolik bloger Otabek Sattoriyga nisbatan sud hukmi o‘qib eshittirildi. U JKning ikkita moddasi bo‘yicha oqlandi, biroq tuhmat va tovlamachilik moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Sud unga 6 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Uning advokati esa apellyatsiya shikoyatini berishini ma’lum qildi.
13 may — payshanba kuni Ramazon Hayiti sifatida nishonlanishi belgilandi. 14 may (juma) hamda 15 may (shanba) kunlari qo‘shimcha dam olish kuni deb e’lon qilindi.
Fransiya delegatsiyasi Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining 8-yig‘ilishida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va delegatsiya rahbari Frank Riyester tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida ikki yilga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini imzoladi.
O‘zbekistonda bir litr o‘simlik yog‘i narxi hafta davomida 0,5 foizga arzonlashib, 19,1 ming so‘mgachani tashkil etdi, deya ma’lum qildi ITIM. Narxlar 9 viloyatda arzonlashgan bo‘lsa, Toshkent va qolgan hududlarda qimmatlashishda davom etmoqda. Moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov avvalroq QQS stavkasining pasayishi xizmat va tovarlarning arzonlashuviga ta’sir qilmasligini ta’kidlagan edi.
Dollarning rasmiy kursi 17 so‘mga qimmatladi va jami 10 529 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham yana ko‘tarildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting