IIV polshalik jurnalist Agneshka Pikulitskani so‘nggi vaqtlarda sodir bo‘layotgan voqealarni noto‘g‘ri talqin qilishda va huquqni muhofaza qilish idoralarini obro‘sizlantiradigan ma’lumotlarni nashr etishda aybladi.
2021 yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining o‘sishi 4,8% gacha tiklanishi kutilmoqda. Kambag‘allikni qisqartirish uchun aholining rasmiy bandligi, fuqarolarning daromadlari va iqtisodiy imkoniyatlarni oshirish lozim, deyiladi Jahon banki hisobotida. Ekspertlar 2021 yilda O‘zbekistonning davlat qarzi YAIMning 42 foizini tashkil etishini ham prognoz qilmoqda.
Agrobank filiallaridan birida 5 mln so‘m miqdorda omonat oching va turli xil yutuqlarga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Tayvanda 350 yo‘lovchiga mo‘ljallangan yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib, quladi. 40 nafardan ortiq fuqaro vafot etdi, 61 kishi jarohatlandi. Vagonlar bloklangani sababli 72 kishi poyezdda qolmoqda.
Koronavirusga qarshi vaksinatsiya jarayonlarining ilk kunida respublika bo‘ylab 5 018 nafar fuqaro aholi emlandi. Ulardan asosiy qismni 65 yoshdan yuqori fuqarolar va tibbiyot xodimlari tashkil etdi.
KXDRdagi og‘ir vaziyat tufayli 12 ta davlat elchixonasining yopilgani, Ukraina prezidentining 2020 yil uchun daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyasi, AQSH prezidentining 2 trln dollarlik infratuzilma rejasi va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.
Prezident sog‘liqni saqlash tizimida patronaj xizmatini yo‘lga qo‘yishga oid videoselektor o‘tkazmoqda. Davlat rahbari rahbarlarni ushbu jarayonni nazorat qilishi uchun viloyatlarga mas’ul etib belgiladi. 1 mayga qadar Sirdaryo viloyati tajribasi respublikaning barcha hududlarida boshlanishi kerakligi aytildi.
«Mening fikrim» portalida haydovchilik guvohnomasi yonida bo‘lmay transport boshqargan haydovchilarga jarima qo‘llash tartibini bekor qilish taklif etildi. Uning o‘rniga, hujjatlarni planshet orqali tekshirish mumkinligi aytilmoqda. Taklif Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilishi uchun kerakli 10 mingdan ortiq ovoz to‘plagan.
Dollarning rasmi kursi 13 so‘mga pasaydi va jami 10 472 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham arzonladi.
Navoiy viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Ravshanjon Nasimov Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Shuningdek, Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Botiraliyev Anvarjon Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Qarshida qurilgan arzon uylarning katta qismini hokimiyat ishchilari olganini ma’lum qildi. “Barchasini chaqirib, sharmandasini chiqarib, oddiy fuqarolarga olib berganmiz”, — dedi u.
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori Otabek Nazirov To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi rahbari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri maslahatchisi etib tayinlandi.
Samarqand davlat universitetida dekan o‘rinbosari 1 kurs talabasidan 500 AQSH dollari so‘ragan. Ma’lum bo‘lishicha, u talabaning oraliq nazorat ishini ijobiy hal qilib bermoqchi bo‘lgan.
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksinatsiya jarayoni boshlandi. «Gazeta.uz» Mirobod tumanidagi 1-sonli poliklinikada bo‘lib, vaksinatsiya jarayonini kuzatdi. Bu yerda birinchi bo‘lib bosh shifokor emlandi. Fuqarolar AstraZeneca va xitoy-o‘zbek ZF-UZ-VAS2001 vaksinalaridan birini tanlashlari mumkin.
Mart oyida inflyatsiya 0,8 foizni tashkil qildi. Oziq-ovqat mahsulotlari 1,2 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,6 foizga, xizmatlar esa 0,4 foizga qimmatladi.
3 apreldan Fransiyaning barcha hududlarida to‘rt haftalik jiddiy karantin cheklovlari o‘rnatiladi. Cheklovlarga ko‘ra, barcha ishchilar masofaviy tizimga o‘tkaziladi, barcha bog‘chalar, maktablar va kollejlar uch hafta muddatga yopiladi.
Toshkentda haydovchisi tezlikni oshirib yuborgan Cobalt yo‘lning to‘siq ustidan uchib o‘tib, Lacetti bilan to‘qnashgan. Ikki kishi halok bo‘lgan. YHXBB xabar berishicha, jamoat qoidabuzarning harakatlarini «keskin qoraladi».
Prezident Shavkat Mirziyoyev Tog‘li Qorabog‘ hududining Ozarbayjonga qaytarilganligini «tarixiy adolatni tiklash yo‘lidagi g‘alaba» deya ta’rifladi. O‘zbekiston hududdagi ko‘hna obidalar va madaniyat maskanlarini tiklash ishlariga ko‘mak berishga tayyor
Farg‘ona viloyatidagi Rishton va So‘x tumanini bog‘lab turuvchi Qirg‘iziston orqali o‘tgan yo‘lning ochilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu yo‘nalishdagi chegara nazorat-o‘tkazish punktlari tayyor holatga keltirildi.
Poytaxt Ichki ishlar boshqarmasi yakshanba kuni Toshkent markazida ikki fuqaro kaltaklanganini tasdiqlovchi videoni e’lon qildi. Bir guruh erkaklar ko‘chadan o‘tayotganlarni LGBT tarafdorlari deb qabul qilishgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting